Kiritish/chiqarishni xotirada tasvirlanishi Har bir kontrollerda bir nechta registrlar bor, ularning yordami
bilan markaziy protsessorga murojaat qilish mumkin. Ushbu
registrlarga yozish orqali operatsion tizim qurilmaga ma’lumotlarni
taqdim etish, ma’lumotlarni olish, yoqish, o‘chirish yoki boshqa
amallarni bajarishni buyurishi mumkin. Ushbu registrlardagi
ma’lumotlarni o‘qib, operatsion tizim qurilmaning joriy holati, yangi
buyruqni qabul qilishga tayyor yoki yo‘qligini bilib olishi mumkin.
Ko‘plab
qurilmalarda
boshqaruv
registrlaridan
tashqari,
operatsion tizim ma’lumotlarni o‘qishi va yozishi uchun ma’lumotlar
buferi mavjud. Masalan, kompyuterlarning ekranda piksellarni
ko‘rsatadigan eng keng tarqalgan usuli bu video xotira. Buni video
xotira o‘zining buferida (ma’lumotlar tasviri yoziladigan operatsion
tizim dasturi) taqdim etadi. Protsessor boshqaruv registri va qurilma
ma’lumotlar buferi bilan birgalikda ishlashining ikki xil yo‘li mavjud.
Birinchisi har bir registr kiritish/chiqarish portiga - 8 yoki 16 razryadli
sonlarni berish taklif etiladi. IN REG, PORT kabi maxsus K/Ch
buyruqlaridan foydalanib, markaziy protsessor PORT boshqaruv
registridan ma’lumotlarni o‘qiy oladi va natijani REG registrida
saqlaydi. Xuddi shunday, OUT PORT, REG buyrug‘i yordamida
markaziy protsessor o‘zining REG registrini PORT boshqaruv
registriga yozishi mumkin.
Masalan:
IN REG, PORT
Boshqaruv registr PORT qurilmasida protsessor REG registri
quyidagi buyruqlar yozuvini o‘z ichiga oladi:
134
OUT PORT, REG
Ko‘plab birinchi kompyuterlar, meynfreymlar (ko‘proq IBM 360
va uning barcha eski versiyalari) shunday ko‘rinishda ishlagan. Bu
holatda
xotira
va
kiritish/chiqarish
sohasi
4.2a-
rasmda
ko‘rsatilgandek farqli manzil maydonlariga ega bo‘ladi.
4.2- rasm. Xotira va kiritish/chiqarish maydoni bo‘linishi variantlari:
a) xotira va kiritish/chiqarish maydoni qismlari; b) kiritish/chiqarishni
xotirada tasvirlanishi; v) aralash variant.
Boshqa kompyuterlarda kiritish/chiqarish registrlari odatiy xotira
manzil maydonidan foydalanadi (4.2b-rasm). Bunday tashkillash-
tirilish kiritish/chiqarishni xotirada tasvirlanishi deb ataladi. U birinchi
bo‘lib kichik kompyuter (mini kompyuter) PDP-11da foydalanilgan.
Har bir boshqaruv registri xotira bilan bog‘lanmagan xotira noyob
manzilini beradi. 4.2v-rasmda boshqaruv registri uchun alohida
kiritish/chiqarish porti va ma’lumotlar buferi xotirasida tasvirlashda
foydalaniladigan aralash sxema keltirilgan. Qurilma ma’lumotlar
buferi 640 Kbayt dan 1 Mbaytgacha zahiralangan manzil
diapozonidan, va kiritish/chiqarish porti birinchi 64 Kbayt joyni
oladigan Pentium protsessorlariga asoslangan tizimda qo‘llaniladigan
arxitekturaga o‘xshaydi.
Protsessor barcha holatlarda uni manzilini shina liniyasi
manziliga kiritadi, so‘ng boshqaruv liniyasi bo‘yicha o‘qish signalini
beradi. Xotiraga murojaat qilishdan kiritish/chiqarish maydoniga
murojaat qilishning farqi ikkinchi liniya signalini talab qilishida.
Xotiraga murojaat qilinganda xotira so‘rovga javob qaytarishi kerak.
Kiritish/chiqarish muhitiga murojaat qilinganda qurilma javob
Turli xil manzil
maydoni
0xFFFF…
Xotira
Kiritish/chiqarish
porti
0
a
Bir manzilli
maydon
Ikki manzilli
maydon
b
a
v
a
135
qaytaradi. Har bir xotira moduli va har bir kiritish/chiqarish qurilmasi
manzillari solishtiriladi, xizmat ko‘rsatiladigan manzil diapozonida
shinaga yozadigan yagona manzil muhiti mavjud (4.2b-rasm). Agar
diapazon oralig‘ida bo‘lsa qurilma so‘rovga javob qaytaradi.