75
Bu holda o‘rtacha kutish vaqti = (0 + 6 + 3 + 7)/4 = 4. Endi
o‘sha jarayonlarga uzilishli SJF algoritmini qo‘llaymiz va o‘rtacha
kutish vaqti qanday o‘zgarishini tahlil qilamiz. Algoritmning
qo‘llanishi natijasi 2.21- rasmda tasvirlangan.
2.21- rasm. Jarayonlar uzilishli SJF algoritmi bo‘yicha jarayonlarni
rejalashtirish sxemasi
Bu holda tizimga qisqaroq jarayon tushishi momentida
jarayonning uzilishi prinsipi bir necha marta qo‘llanadi: 2 momentda
1- jarayon uziladi va qisqaroq 2- jarayon bajarila boshlanadi, 4
momentda 2- jarayon uziladi va qisqaroq 3- jarayon bajarila
boshlanadi.
Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, jarayonlarning uzilishi
prinsipining qo‘llanishi tufayli protsessordagi jarayonning uzluksiz
bajarilishi davrlari yonma-yon bo‘lishi va boshqa jarayonlarni
bajarilishi davrlarini bilan o‘rin almashishi mumkin.
Bu holda o‘rtacha kutish vaqti = (9 + 1 + 0 +2)/4 = 3, ya’ni
kutilganidek, u jarayonlarni uzilishi prinsipi qo‘llanilmasligiga
qaraganda kichik bo‘ldi.