• Kirish
  • U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/242
    Sana07.01.2024
    Hajmi3,88 Mb.
    #131625
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   242
    Bog'liq
    os
    Matematik statistika elementlari, KO’PAYTIRISH Dras Ishlanma MATEMATIKA, Ko’rsatkichli va logarifmik tenglamalar mavzusini o’qitishda axb-www.hozir.org, Alixonto\'ra Sog\'uniy. Tarixi Muhammadiy, OS oz.betinshe, 11-sinf 4-blok,tarix,inf.ka,matem (yozma) @e baza ishreja, Windows OT, 8-sinf dars ishlanma, Яп-янги Аттестация саволлари 2024 й., USMON AZIM SHE’RIYATI, Ichki auditning o’ziga xos xususiyatlari va ichki audit turlari, FAXRIDDIN, 3-amaliy, Kriptografiya2 1amaliy ish
    UDK: 418-371 
    KBK: 32.973 
    Taqrizchilar: B.N.Raximov; 
    X.N.Zaynidinov. 
    Mas’ul muharrir: S.S.Parsiyev. 
    Musahhih: M.X.Axmedova. 
     
     
    ISBN 978–9943–7343-2-6 
     
     
     
     
     
    © «Nihol print» OK nashriyoti, 2021. 



    Kirish 
     
    Operatsion tizimlar har qanday kompyuter tizimining ajralmas 
    qismidir. Shu sababli, operatsion tizimlar kursi har qanday kompyuter 
    ta’limining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu sohada tez o‘zgarishlar 
    ro‘y bermoqda, chunki hozirgi kunda kompyuterlar kundalik 
    hayotning deyarli barcha sohalarida - avtomashinalar ichiga 
    o‘rnatilgan qurilmalardan tortib, hukumatlar va transmilliy 
    kompaniyalar uchun eng zamonaviy rejalashtirishning eng murakkab 
    vositalariga qadar keng tarqalgan. Zamonaviy kompyuter bir yoki bir 
    nechta protsessorlardan, operativ xotiradan, disklardan, printerdan, 
    klaviaturadan, sichqonchadan, displeydan, tarmoq interfeyslaridan va 
    boshqa har xil kiritish/chiqarish qurilmalaridan iborat. Natijada esa 
    ancha 
    murakkab 
    tizim 
    hosil 
    bo‘ladi. 
    Bundan 
    tashqari, 
    komponentlarning barchasini boshqarish va ulardan maqbul 
    foydalanish juda qiyin vazifadir. Shu sababli, kompyuterlar operatsion 
    tizim deb ataladigan maxsus darajadagi dasturiy ta’minot bilan 
    jihozlangan, ularning vazifasi foydalanuvchi dasturlarini va barcha 
    manbalarini boshqarishdir.
    Ushbu o‘quv qo‘llanmada operatsion tizimlarning asosiy 
    tushunchalari, tuzilishi, asosiy funksiyalari, imkoniyatlari, ularda 
    tarmoq xizmatlari va boshqalar ko‘rib chiqilgan. Uning maqsadi 
    zamonaviy operatsion tizimlarning tabiati va xususiyatlarini iloji 
    boricha aniq va to‘liq taqdim etishdir. Bu vazifa bir necha sabablarga 
    ko‘ra qiyin. Operatsion tizimlar o‘rnatilgan ko‘plab kompyuter 
    tizimlari va xilma-xilligi mavjud. Bular ichiga operatsion tizimlar 
    ishlaydigan o‘rnatilgan tizimlar: smartfonlar, bir foydalanuvchili 
    ishchi stansiyalar va shaxsiy kompyuterlar, o‘rta o‘lchamdagi umumiy 
    tizimlar, superkompyuterlar, shuningdek real vaqt tizimlari kabi 
    ixtisoslashtirilgan mashinalar kiradi. O‘quv qo‘llanmada keltirilgan 
    asosiy tushunchalar va algoritmlar ham tijorat, ham ochiq manbali 
    operatsion tizimlarda qo‘llaniladigan tushunchalarga asoslanadi. 
    Bizning maqsadimiz ushbu tushunchalar va algoritmlarni bitta 
    operatsion tizimga bog‘lamagan holda umumiy sharoitda taqdim 
    etishdir. Bundan tashqari biz hozirgi kundagi eng mashhur va eng 
    innovatsion Linux, Microsoft Windows va Android kabi operatsion 
    tizimlarni ko‘rib chiqamiz.



    Ushbu kitobning mazmuni to‘qqizta asosiy bobdan iborat: 
    Birinchi bob operatsion tizimlar va ularning ahamiyatini 
    o‘rganishga bag‘ishlanadi. Ushbu bobda operatsion tizimlar nima, ular 
    qanday vazifani bajaradi, operatsion tizimlarning tuzilishi va ularning 
    asosiy komponentlari qanday yaratilganligi tushuntiriladi. Ushbu 
    boblarda operatsion tizimning umumiy xususiyatlari va foydalanuvchi 
    uchun operatsion tizimning vazifalari muhokama qilinadi. Bundan 
    tashqari operatsion tizimlarning rivojlanish davrlari, kompyuter 
    tizimlari tuzilishi va ahamiyati masalalari ko‘rib chiqilgan.
    Ikkinchi bobda operatsion tizimda jarayonlarni va protsessorni 
    boshqarish masalalari ko‘rib o‘tilgan. Ushbu bobda zamonaviy 
    operatsion tizimlarning yuragi sifatida jarayon, oqimlar va 
    protsessorni boshqarish masalalari tasvirlangan. Jarayon - bu 
    tizimdagi ish birligi. Bunday tizim bir vaqtning o‘zida ishlaydigan 
    jarayonlar to‘plamidan iborat bo‘lib, ularning ba’zilari operatsion 
    tizimning jarayonlaridir (tizim kodini bajaradiganlar), qolganlari 
    foydalanuvchi jarayonlaridir (foydalanuvchi kodini bajaradiganlar). 
    Bundan tashqari ushbu bobda jarayonlarni rejalashtirish usullari, 
    jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlar, jarayonlarni sinxronlashtirish va 
    berkliklarga ishlov berish usullari muhokama qilinadi.
    Uchinchi bob xotirani tashkil etish va boshqarish usullariga 
    bag‘ishlangan. Ushbu bobda jarayonni bajarilish vaqtida asosiy 
    xotirani boshqarish masalalari ko‘rib chiqilgan. Protsessorni ishlatish 
    va foydalanuvchilarga javob berish tezligini oshirish uchun kompyuter 
    bir 
    necha 
    jarayonlarni 
    xotirada 
    saqlashi 
    kerak. 
    Xotirani 
    boshqarishning turli xil yondashuvlarini aks ettiruvchi juda ko‘p turli 
    xil xotirani boshqarish sxemalari ko‘rib chiqilgan. 
    To‘rtinchi bobda kompyuter tashqi qurilmalarini boshqarishga 
    doir operatsion tizimlarning funksiyalari ko‘rib o‘tilgan. Ushbu bobda 
    zamonaviy kompyuter tizimida ma’lumotlarni saqlash qurilmalari va 
    kiritish/chiqarishni qanday ishlashini tavsiflaydi. Kompyuterga 
    ulanadigan kiritish/chiqarish qurilmalari juda xilma-xil bo‘lgani 
    sababli, operatsion tizim ushbu qurilmalarning barcha jihatlarini 
    boshqarishga imkon beradigan keng funksiyalarga ega ilovalarni 
    taqdim etishi kerak. Kiritish/chiqarish tizimini batafsil ko‘rib 
    chiqamiz, jumladan, kiritish/chiqarish tizimining dizayni, interfeyslari, 



    shuningdek tizimning ichki tuzilishi va funksiyalarini ham 
    o‘rganamiz.
    Beshinchi bob fayl tizimi va fayllarni boshqarish jarayoniga 
    bag‘ishlanadi. Fayl tizimi operatsion tizimning fayllarni boshqarish 
    uchun javobgar bo‘lgan qismidir. Fayl tizimi ma’lumotlarni saqlash, 
    ma’lumotlar va dasturlarga kirish mexanizmini ta’minlaydi. Ushbu 
    bobda operatsion tizimlarda fayl tushunchasi, fayl tizimlari, tuzilishi 
    va tashkil etilishi, fayllarni fizik tashkil etish, ularni o‘qish va yozish 
    usullari, fayl turlari va atributlari, fayllarni boshqarish va ular ustida 
    amallar bajarish, fayllarni himoyalash va ularga murojaatlarni 
    boshqarish masalalari ko‘rib chiqilgan.
    Oltinchi bobda kompyuter tarmoqlarini qurish va boshqarish 
    masalalari ko‘rib o‘tilgan. Kompyuter tarmoqlari zamonaviy AKT 
    sohasida keng tarqalgan. Kompyuter tarmoqlari bu ma’lumotlar 
    bazalari, veb va mobil ilovalar, taqsimlangan tizimlar va boshqa 
    ko‘plab dasturlarning asosidir. Tarmoqning asosiy tamoyillarini 
    yaxshi tushunish yanada ishonchli va samarali dasturiy mahsulotlarni 
    yaratishga yordam beradi. Ushbu bobda kompyuter tarmoqlari, 
    ularning turlari, asosiy tushunchalari, kompyuter tarmoqlarining 
    tuzilishi va ularni qurish topologiyalari, ma’lumotlar kommutatsiyasi 
    va marshrutlash mexanizmi, kompyuter tarmoqlari arxitekturasi va 
    protokollari, operatsion tizimning tarmoq funksiyalari va turlari 
    masalalari ko‘rib chiqilgan. 
    Yettinchi bob operatsion tizimlarning tarmoq xizmatlarini 
    o‘rganishga bag‘ishlangan. Kompyuter tarmoqlarida tarmoq xizmati - 
    bu tarmoq ilovalari darajasida va undan yuqori darajada ishlaydigan 
    dastur bo‘lib, u ma’lumotlarni saqlash, boshqarish, taqdim etish, aloqa 
    yoki boshqa imkoniyatlarni ta’minlaydi, ular ko‘pincha dastur 
    darajasidagi tarmoq protokollariga asoslangan mijoz-server yoki 
    "peer-to-peer" arxitekturasidan foydalanib amalga oshiriladi. Ushbu 
    bobda mijoz-server arxitekturasi tuzilishi va asosiy tushunchalari, 
    tarmoq operatsion tizimlari va ularning asosiy tarmoq xizmatlari, 
    tarmoq kompyuterlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari
    tarmoq fayllarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari, domen 
    tizimi va internet xizmatlarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqilgan. 
    Sakkizinchi bobda operatsion tizimlarda xavfsizlik masalalari 
    ko‘rib o‘tilgan. Ushbu bobda kompyuter tizimlarining himoyasi va 
    xavfsizligi uchun zarur bo‘lgan mexanizmlar muhokama qilinadi. 



    Operatsion 
    tizimdagi 
    jarayonlar 
    bir-birining 
    harakatlaridan 
    himoyalangan bo‘lishi kerak va bunday himoyani ta’minlash uchun 
    biz faqat operatsion tizimdan tegishli avtorizatsiyani olgan jarayonlar 
    fayllar, xotira, protsessor va boshqa tizim manbalari bilan ishlashini 
    ta’minlashimiz kerak. Himoya bu dasturlar, jarayonlar yoki 
    foydalanuvchilarning kompyuter tizimining resurslariga kirishini 
    boshqarish mexanizmidir. Ushbu mexanizm kiritilishi kerak bo‘lgan 
    boshqarish vositalarini, shuningdek, bajarish vositalarini aniqlashni 
    ta’minlashi kerak. Xavfsizlik tizimda saqlanadigan ma’lumotlarning 
    yaxlitligini (ma’lumotlar va kodlar), shuningdek tizimning fizik 
    resurslariga ruxsatsiz kirishdan, ma’lumotlarni yo‘q qilish yoki 
    o‘zgartirishdan himoya qiladi.
    To‘qqizinchi bob amaliyotda operatsion tizimlardan foydalanish 
    haqidagi bilimlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu bobda biz Linux, 
    Windows va Android operatsion tizimlarini ko‘rib chiqamiz. Linux va 
    Windows operatsion tizimlari tuzilishi, ularning imkoniyatlari va 
    ularda jarayonlarni boshqarish, xotirani boshqarish, qurilmalarni 
    boshqarish, fayllarni boshqarish, ularda qo‘llaniladigan fayl tizimlari 
    va ularning imkoniyatlari, fayllarga kirish usullari va ularda 
    xavfsizlikni boshqarish, shuningdek, Android operatsion tizimi 
    tuzilishi, uning qo‘llanilish sohasi va imkoniyatlari, fayl tizimi 
    tuzilishi va Android Debug Bridge dan foydalanish masalalari 
    muhokama qilingan. 




    Download 3,88 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   242




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev

    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish