• E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
  • Uchun rahmat! Mavzu: Shape va Label komponenti. “Svetafor xabari” loyihasi




    Download 2,35 Mb.
    Sana01.02.2024
    Hajmi2,35 Mb.
    #150012
    Bog'liq
    ustama taqdimot


    E’TIBORINGIZ
    UCHUN RAHMAT!
    Mavzu: Shape va Label komponenti. “Svetafor xabari” loyihasi.
    Har qanday ilova qandaydir ma’lumotlarni foydalanuvchi uchun ilova oynasiga yoki boshqa usulda chiqarib berishi kerak. Buning uchun bir qator boshqarish obyektlari yaratilgan bo‘lib, ulardan eng soddasi Label (nishon, belgi, yozuv) obyektidir. Bu obyekt obyektlar panelining standart bo‘limida beshinchi bo‘lib joylashgan.
    Bu obyekt ilova oynasi obyekti Formning ajdodi bo‘lgani uchun uning ko‘plab xossalarini meros qilib olgan. Masalan, Label obyektining Width (kenglik), Height (balandlik), Left (chap), Top (yuqori)lar mos ravishda obyekt egallagan joyning kengligi, balandligi, undan oynaning chap va yuqori chegarasigacha bo‘lgan masofalarni aniqlaydi.
    Label ning asosiy xossasi Caption (Sarlavha) dir. U bu obyekt ekranga qanday matn satrini chiqarishini aniqlaydi.
    Label obyektining ham boshqa obyektlar kabi o‘z nomi bo‘lib, u Name nomli xossasida saqlanadi. Bu xossadan obyektga va uning xossalariga murojaat qilganda foydalaniladi. Shu sababli, uni ilova ishlayotganida o‘zgartirish muammolar paydo qilishi mumkin. Obyektlarning Name xossasi faqat bu obyektlar ilova oynasiga qo‘yilayotgan paytda o‘zgartiriladi.
    Obyektlar ilovaga qo‘yilishi bilan (buni yana obyektning nusxasi yaratilganda ham deyishadi) unga avtomatik tarzda nom beriladi. Masalan, Label obyektining nusxalariga navbatma-navbat Label1, Label2, Label3 nomlar beriladi. Oldingi ilovalardagi Form1, Button1 nomli obyektlarni esga oling.
    Obyektning Name xossasining qiymati boshqa xossalariga murojaat qilish uchun qo‘sh nomlarni yaratishda ishlatiladi: obyekt_nomi.xossa_nomi. Masalan, Form1.Width, Button1.Caption, Label1.Left. Bu borada muammolarga uchramaslik uchun hozircha faqat avtomatik berilgan nomlardan foydalanib turamiz.
    • Svetofor ilovasini ishlab chiqing. Qizil va yashil shiroqlar 5 sekund, sariq chiroq 1 sekund yonsin. Chiroqlar o‘chganda kul rangga o‘tsin.
      • Ilova Oynasini yarating va unga Timer obyektini joylang.
      • Ilova kodi oynasiga o‘tib, var Form1:TForm1; operatorini toping va undan keyin var i:integer; operatorini kiriting;
      • Timer obyektini ikki marta bosib, uning protsedurasiga quyidagi operatorlarni kiriting:

      • procedure TForm1.Timer1Timer(Sender: TObject); begin
        i:=i+1;
        if i mod 12 =1 then begin light_off;
        canvas.brush.Color:=clRed; canvas.Ellipse(20,20,70,70); end;
        if i mod 6 =0 then begin light_off;
        canvas.brush.Color:=clYellow; canvas.Ellipse(80,20,130,70);end; if i mod 12 =7 then
        begin light_off; canvas.brush.Color:=clGreen; canvas.Ellipse(140,20,190,70); end; end;

    Bu protseduradan oldin light_off protsedurasini kiriting:
    procedure light_off; begin
    form1.canvas.brush.Color:=clBlue; form1.canvas.Rectangle(10,10,200,80); form1.canvas.brush.Color:=clGray; form1.canvas.Ellipse(20,20,70,70); form1.canvas.Ellipse(80,20,130,70); form1.canvas.Ellipse(140,20,190,70); end;

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
    Download 2,35 Mb.




    Download 2,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uchun rahmat! Mavzu: Shape va Label komponenti. “Svetafor xabari” loyihasi

    Download 2,35 Mb.