• Oraliq kaskad
  • Kuchaytirgichlarning tasniflanishi




    Download 21,87 Kb.
    bet2/6
    Sana15.05.2024
    Hajmi21,87 Kb.
    #235448
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mustaqil ish sxemotexnika

    Kuchaytirgichlarning tasniflanishi. Kuchaytirgichlar turli belgilariga ko‘ra tasniflanadi: kuchaytirish koeffitsiyentlari, kirish va chiqish qarshiliklari, o‘tkazish polosasi (ishchi chastotalar diapazoni), kuchaytirilgan signal buzilish darajasi va boshqalar.
    Har qanday kuchaytirgich piravordida quvvat kuchaytirgich bo‘lishiga qaramasdan, kuchaytiriladigan kattaliklari turiga qarab, ularni kuchlanish, tok va quvvat kuchaytirgichlarga ajratiladi.
    Kuchaytiriladigan kattaliklari turiga muvofiq kuchaytirish koeffitsiyentlari:
    kuchlanish bo‘yicha ;
    tok bo‘yicha ;
    quvvat bo‘yicha .
    Har bir kuchaytirgich o‘zining kirish va chiqish differensial qarshiligi bilan ifodalanadi.
    Kirish qarshiligi signal manbaiga nisbatan yuklama vazifasini bajaradi. Shuning uchun RKIR qanchalik katta bo‘lsa, signal manbai shunchalik kam yuklatilgan bo‘ladi va uning kuchlanishi kuchaytirgich kirishiga yaxshiroq uzatiladi.
    Chiqish qarshiligi kuchaytirgichning yuklatilishga qodirligini ifodalaydi: u qanchalik kichik bo‘lsa, tashqi yuklama shunchalik katta tok olishi va uning qarshiligi shunchalik kichik bo‘lishi mumkin.
    Yuqoridagi ifodalarda kirish va chiqish toklar, kuchlanishlar o‘zlarining o‘zgaruvchan tashkil etuvchilari bilan ko‘rsatilgan, signallar sinusoida ko‘rinishida bo‘lgan holda, ularning ta’sir etuvchi qiymatlari , ga teng bo‘ladi, bu yerda, Um va Im – ularning amplitudalari.
    Agar kaskad kuchlanish bilan boshqarilsa va potensial chiqishga ega bo‘lsa, kuchaytirgich kuchlanish kuchaytirgich deb ataladi va u kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti KU bilan ifodalanadi.
    Agar kaskad tok bilan boshqarilsa va tokli chiqishga ega bo‘lsa, kuchaytirgich tok kuchaytirgich deb ataladi va u tok kuchaytirish koeffitsiyenti KI bilan ifodalanadi.
    Agar RKIR =RG, RChIQ =RYu bo‘lsa, kuchaytirgich quvvat kuchaytirgich deb ataladi va u quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti KR bilan ifodalanadi. Bu holda kirish signali manbai ga teng maksimal quvvat uzatadi, kuchaytirgich esa, yuklamada bo‘lishi mumkin maksimal quvvatni hosil qiladi. Bundan maksimal quvvat kuchaytirish koeffitsiyenti
    Amalda ushbu kattaliklarning logarifmlari bilan ishlash qulay.
    Detsibellarda ifodalangan kuchaytirish koeffitsiyenti KR uchun quyidagi yozuv o‘rinli:
    Elektr quvvat tok YOKI kuchlanish kvadratiga proporsional bo‘lgani sababli kuchlanish va tok kuchaytirish koeffitsiyentlari uchun mos ravishda quyidagilarni yozish mumkin va
    agar alohida kaskadning kuchaytirish koeffitsiyenti dBlarda ifodalangan bo‘lsa, ko‘p kaskadli kuchaytirgichning umumiy kuchaytirish koeffitsiyenti alohida kaskadlar kuchaytirish koeffitsiyentlari yig‘indisiga teng bo‘ladi. KU ning detsibellarda va nisbiy birliklardagi qiyosiy qiymatlari 6.1-jadvalda keltirilgan.



    KU, dB

    0

    1

    2

    3

    10

    20

    40

    60

    80


    KU

    1

    1,12

    1,26

    1,41

    3,16

    10

    100

    103

    104



    Kuchaytirgichlarning chiqish kaskadlari (ChK) yuklamada 0,01÷102 Vt bo‘lgan yetarlicha katta quvvatni ta’minlashi zarur. Buning uchun ChKlari tranzistorlari tok va kuchlanishlarning katta qiymatlarida ishlashi kerak. Demak, kuchlanish manbaining asosiy quvvatini iste’mol qilishi kerak. Shuning uchun FIKni oshirish maqsadida sokinlik rejimida (ya’ni signal bo‘lmagan holda) kaskadning toki nolga yaqin bo‘lishi maqbul.

    Emitter qaytargich turdagi bir taktli ChKlar A sinf rejimida va ularning FIKning kichikligi sababli chiqish quvvatining kichik qiymatlarida ishlaydi.


    Chiqish quvvati katta ChKlarda faqat ikki taktli kuchaytirgich kaskadlar V va AV sinf rejimlarida tranzistorlarning ketma-ket ishlatiladi. Bunday kuchaytirgichlar ishlashi bilan ta’minlanadi.
    Komplementar BT (KBT) va injeksiya-voltaik tranzistor (IVT)lar asosidagi V sinfda ishlaydigan ikki taktli kuchaytirgich sxemasi 6.4,a va b-rasmda ko‘rsatilgan: VT1 tranzistor n–p–n, VT2 tranzistor esa - p–n–p tuzilishga ega. Tranzistorlar emitter zanjiriga yuklama RYu ulangan bo‘lib, ikkala sxema kuchlanish qaytargich (emitter qaytargich) rejimida ishlaydi.
    Sxemada absolyut qiymatlari teng + YeM va - YeM ikki qutbli kuchlanish manbalari ishlatilgan. Sokinlik rejimida EO‘larda kuchlanish nolga teng bo‘lgani uchun ikkala tranzistor berk bo‘lib, kuchlanish manbaidan energiya sarflanmaydi.
    Kirishga UKIR ning musbat yarim davri berilganda VT1 tranzistor ochiladi va yuklama orqali IE1 tok oqib o‘tadi. Manfiy yarim davrda VT2 tranzistor ochiladi va IE2 tok yuklamadan qarshi yo‘nalishda oqib o‘tadi. Quvvat kuchaytirilishi faqat tok kuchaytirilishi hisobiga amalga oshib, emitter va baza toklari nisbatiga teng, ya’ni β+1 bo‘ladi. Kuchaytirgichning maksimal FIK η = 78,5 % ni tashkil etadi.
    Afsuski, V sinf kuchaytirgichlar katta nochiziqli buzilishlarga ega. Buzilishlar hosil bo‘lishiga tranzistor kirish VAX boshlang‘ich sohasining nochiziqligi sababdir. Kuchaytirgich uzatish xarakteristikasidagi chiqish signali shaklini ko‘rib chiqamiz (6.5-rasm). Ko‘rinib turibdiki, signalning shtrixlangan sohalari kuchaytirilmaydi, ya’ni signal shakli buziladi. Bunday buzilishlar, ayniqsa, kirish signali amplitudasi U* kuchlanishga yaqin (UKIR ≤ 0,7 V), ya’ni tranzistorlar amalda berk bo‘lganda sezilarli bo‘ladi.

    Kuchaytirilayotgan chastotalar diapazoniga ko‘ra kuchaytirgichlar o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok kuchaytirgichlariga bo‘linadi. Ular kuchaytirgichning o‘tkazish polosasiga ko‘ra farqlanadi. Har bir kuchaytirgich uchun past fP va yuqori fYu chegaraviy chastotalar kiritiladi. Bu chastotalarda kuchaytirish koeffitsiyenti – 3 dBga pasayadi.


    O‘zgarmas tok kuchaytirgich kirish signalini nolinchi chastotadan yuqori chegaraviy chastotagacha bo‘lgan diapazonda kuchaytiradi (0 ≤ f ≤ fYu).
    O‘zgaruvchan tok kuchaytirgichlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
    - past chastota kuchaytirgichlar (PChK) – kuchaytiriladigan chastotalar diapazoni birlarcha gersdan yuzlarcha kilogersgacha;
    - yuqori chastota kuchaytirgichlar (YuChK) – kuchaytiri-ladigan chastotalar diapazoni yuzlarcha kilogersdan megagersgacha;
    - keng polosali kuchaytirgichlar – kuchaytirish diapazoni o‘nlarcha gersdan yuzlarcha megagersgacha;
    - tanlovchi (rezonans) kuchaytirgichlar juda tor chastotalar diapazonida kuchaytiradi.
    Bitta kaskadning kuchaytirish koeffitsiyenti odatda 30 dBdan oshmaydi. Kuchaytirishni kattalashtirish uchun ko‘p kaskadli kuchaytirgichdan foydalaniladi. U ketma-ket ulangan bir necha kaskaddan tashkil topgan bo‘ladi.
    Kaskadlarni raqamlash kirishdan boshlanadi. Birinchi kaskad kirish kaskadi bo‘lib, u kuchaytirgichni kirish signali manbai bilan muvofiqlashtiradi. Kirish signalini minimal so‘ndirish uchun u katta kirish qarshilikka ega bo‘lmog‘i lozim. Oraliq kaskad kirish kaskadiga yuklama bo‘lib, kirish kaskadini chiqish kaskadi bilan muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi. Chiqish kaskadi aksariyat hollarda quvvat kuchaytirgichni tashkil etadi.

    Download 21,87 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 21,87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kuchaytirgichlarning tasniflanishi

    Download 21,87 Kb.