O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV




Download 0.73 Mb.
bet2/93
Sana18.05.2022
Hajmi0.73 Mb.
#21303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’l
практика кундалик, Mashinali o\'qitishga kirish va uning asosiy tushunchalari, algor, payment 0292473707 4.2.2023 16 43, Referat mavzu O’zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquq, Difmanometrli sath o’lchagich ishlash prinsipi-fayllar.org (1), 3-lab, obyekt M1, Vaxidov A.X.Avtomatikaning texnik, акт вып работ врач, Tabiiy resurslar vazirligi 10 apreldan 10 maygacha davom etadiga-fayllar.org, Shomirzayeva Nargiza She rali qizi, Mikroiqtisodiyot, Ekonometrika Kaf 01.Ekonometrika asoslari 20ta, Расмийлаштириш коидалари
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-aprel,
187-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qaroriga
1-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’limning
DAVLAT TA’LIM STANDARTI
1-bob. Asosiy qoidalar
1. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti (keyingi o‘rinlarda davlat ta’lim standarti deb ataladi) davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Davlat ta’lim standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to‘g‘risida” 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 8-maydagi 124-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori;
O‘zDSt 1.0-98. “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar”;
O‘zDSt 1.1-92. “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. O‘zbekiston Respublikasi standartlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari”;
O‘z DSt 1.5-93. “Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni ko‘rib chiqish, tekshirish, o‘zgartirish kiritish va bekor qilish tartibi”;
O‘z DSt 1157:2008. Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi. Tashkiliy-farmoyish hujjatlar tizimi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar.
O‘z DSt 1.8:2009. Asosiy qoidalar. Tavsiyalar.
3. Davlat ta’lim standartini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun majburiydir.

Download 0.73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Download 0.73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Download 0.73 Mb.