Umumta`lim fanlari bo`yicha sertifikatsiyalash va bilim darajasini baholashning milliy test tizimi




Download 18.02 Kb.
Sana09.09.2023
Hajmi18.02 Kb.
#80951
Bog'liq
Maktab milliy sertifikat
Правила для авторов pdf, ABN 10-mus ish, Chiziqli dasturlash masalasini simpleks usulda yechish rеjа 1, Ekologiya-1, Mavzu Elektron o‘quv-metodik va dasturiy ta’minot Amaliy mashg’, Tlgrm maqola, 7 sinf fizika yechim, Balli qizlar, Документ Microsoft Word (10), Документ Microsoft Word (10) 00, “Ustozga ta’zim”, 11111111111111, Мой дом, 13-mavzu lug`at tarkibining faol va nofaolligi jihatidan tavsif

Umumta`lim fanlari bo`yicha sertifikatsiyalash va bilim darajasini baholashning milliy test tizimi



  • Sertifikat natijalari qanday hisoblanadi?

Sertifikat test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga beriladi.
Test sinovi natijalari ular yakunlangan kundan boshlab yigirma ish kunidan kechikmay Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish (60 va undan yuqori) foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.
Ya’ni sertifikat qaysi fandan olingan bo‘lsa, shu fanning fanlar majmuasidagi o‘rniga qarab mos ravishda maksimal ballning ma’lum foizi beriladi.
Masalan, matematika fanidan sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentning sertifikatdagi o‘zlashtirishi 60 foiz, matematika fanining fanlar majmuasidagi o‘rni birinchi (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,2 ball, 30 ta test topshirig‘iga maksimal 96 ball) bo‘lsa, uning 60 foizi 57,6 ballni tashkil etadi (3,2*30=96 ball, 96*60/100=57,6). Agar abituriyentning sertifikatdagi o‘zlashtirishi 80 foiz bo‘lsa, 76,8 ballni tashkil etadi (3,2*30=96 ball, 96*80/100=76,8).
Sertifikat test sinovidan ijobiy (60 va undan yuqori foiz) natijaga erishgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.

  • Sertifikat olish maqsadida test sinovida qatnashish uchun qanday ro‘yxatdan o‘tishim mumkin?

Talabgor sertifikat olish maqsadida test sinovida qatnashish uchun “Abiturientlar ma’lumotlari va arizalarini ro‘yxatga olish tizimi” (my.dtm.uz sayti) orqali elektron ariza berib ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

  • Ro‘yxatdan o‘tganligimni qanday bilishim mumkin?

Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar kiritilganidan so‘ng talabgor uchun Davlat test markazining rasmiy veb-saytida shaxsiy kabinet yaratiladi.
Talabgor to‘lovni amalga oshirganidan so‘ng ro‘yxatdan o‘tgan va Davlat test markazi bilan ommaviy oferta shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.

  • Ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lov qanday amalga oshiriladi?

To‘lov talabgor tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida amaldagi elektron to‘lov tizimlari orqali ariza berilgan kundan boshlab uch kun mobaynida amalga oshiriladi. To‘lov to‘g`risidagi ma’lumotni talabgor o‘zining shaxsiy kabineti orqali bilishi mumkin.

  • Test sinovini o‘tkazish joyi va sanasini qanday bilishim mumkin?

Talabgor test sinovi o‘tkaziladigan sana va joy to‘g`risidagi ma’lumotni o‘zining shaxsiy kabineti orqali olishi mumkin.

  • Test sinovi natijalarini qanday bilishim mumkin?

Test sinovlari natijalari ular yakunlangan kundan boshlab 20(yigirma) ish kunidan kechikmay Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

  • Ushbu test sinovlarini topshirishim uchun men qaysi o‘quv materiallari yordamida tayyorgarlik ko‘rishim mumkin?

  • Necha ball to‘plasam sertifikat olishim mumkin bo‘ladi?

Sertifikat olish uchun test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plash zarur.

  • Sertifikatning amal qilish muddati.

Sertifikat 3 yil muddatga beriladi.

Sertifikat elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Ha, albatta. Test sinovlari natijalari e’lon qilingandan so‘ng qayta ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan muddatda test sinovlarida ishtirok etishingiz mumkin.
Download 18.02 Kb.




Download 18.02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumta`lim fanlari bo`yicha sertifikatsiyalash va bilim darajasini baholashning milliy test tizimi

Download 18.02 Kb.