Unit-3 Mavzu: Rentgen va gamma nurlari nazorati jihozlari. Reja: 1Apparatura va materiallar 2 Nazorat qilish texnologiyasi




Download 463,99 Kb.
bet15/17
Sana23.07.2021
Hajmi463,99 Kb.
#15801
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Radiometrik usul. Bu usul o‘tgan nurlanishning spektral tarkibi yoki oqimi zichligini proporsional (mutanosib) yoki elektr signalga almashtirib, buyumlar ionlovchi nurlanish bilan yoritib ko‘rishga asoslangan. Radiometrik nazorat qilishning istagan sistemasida nurlanish manbai, detektor, axborotga ishlov berish va qayd etish sxemasi mavjul (2.36-rasm). Nurlanish manbalari sifatida asosan gamma-izotoplar, tezlatgichlar va kamdan kam rentgen apparatlari qo‘llaniladi. Nurlanish detektorlari sifatida asosan, fotoelektron ko‘paytirgichli (FEK) ssintillyasion kristallardan, kamroq kameralar va gazrazryadli schyotchikliklar (hisoblagichlar) dan foydalaniladi.

3.26-rasm.Nazorat qilishning ionizatsion usuli sxemasi:

1-nurlanish manbai,2-kollimatorlar,3-nazorat qilinayotgan buyum; 4-ko‘chish yo‘nalishlari, 5-ssintillyasion kristall, 6-fotoelektron ko‘paytirgich, 7-kuchaytirgich,

8- qayd qiluvchi (o‘zi yozar)asbob.


Ssintillyatorlar sifatida rux sulfidi (ZnS), kumushi bilan aktivlashtirilgan kadmiy sulfidi (CdS), kalsiy volframati (CaWO4), kadmiy volframati (CdWO4), yodli seziy (CsI) yodli natriy (NaI) va boshqa lyuminoforlardan foydalaniladi.

Ionlovchi nurlanishning tor (kollimatsiyalangan) dastasi (3.26-rasmga qarang) nazorat qilinayotgan ob’ekt bo‘ylab uning barcha uchastkalarini ketma ket yoritib borib, ko‘chadi. Ob’ekt orqali o‘tgan nurlanish hisoblagichda qayd etiladi, hisoblagichning chiqishda tushayotgan nurlanish intensivligiga proporsional kattalik bilan elektr signal hosil bo‘ladi. Kuchaytirgichdan o‘tgan elektr singal qurilmada qayd etiladi, bu qurilma o‘ziyozar, ossillograf, milliampermetr va hokazo bo‘lishi mumkin. Chokda nuqson mavjud bo‘lganda qayd etuvchi qurilma intensivlikning o‘sishini ko‘rsatadi.

Radiometriyaning afzalliklari: sezgirligi yuqori (0,3 – 3,0%); kontaktsiz nazorat qilishning mumkinligi, nisbatan (radiografiyaga) unumdorligi yuqori.

Kamchiliklari: manba va detektorning ob’ektdan turli tomon bo‘ylab bir hil masofada va bir vaqtda ko‘chish zarurligi; nuqsonning shakli va chuqurligini aniqlashning imkoni yo‘qligi. Sanoatda qalinligi 20 dan 100 mm gacha bo‘lgan po‘lat buyumlarni nazorat qilishda RDR-21 qurilmalar; 70 dan 200 mm gacha bo‘lganlarida – RDR-25; 100mm dan 1000mm gacha – RD-10R qurilmalar va boshqalar qo‘llaniladi.





Download 463,99 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 463,99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Unit-3 Mavzu: Rentgen va gamma nurlari nazorati jihozlari. Reja: 1Apparatura va materiallar 2 Nazorat qilish texnologiyasi

Download 463,99 Kb.