Unit-3 Mavzu: Rentgen va gamma nurlari nazorati jihozlari. Reja: 1Apparatura va materiallar 2 Nazorat qilish texnologiyasi




Download 463,99 Kb.
bet16/17
Sana23.07.2021
Hajmi463,99 Kb.
#15801
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Tomografiya. Bu usulning mohiyati ob’ektning ma’lum chuqurlikdagi yupqa qatlamda (2 mm dan ortiq bo‘lmagan) yoki berilgan qalinlikdagi intervallar (tomografiya qadami) bilan bo‘lingan bir nechta yupqa qatlamlarda joylashgan qismlarning aniq tasvirini hosil qilishdan iborat. Bunga masalan, (3.27-rasm) rentgen trubkasi (A1 A3) va ekranli hamda plyonkali kassetani (O1  O3) fazoviy tebranish markazi O ga nisbatan sinxron ko‘chirish natijasida erishiladi. Natijada tebranish markazi orqali o‘tuvchi tekislikda joylashgan ajratilgan MN qatlamning tasviri hosil qilinadi. Bu tasvir ajratilgan qatlamning geometrik nuqtalari o‘rnidan iborat bo‘lib, ularning soyalari plyonkaga nisbatan xarakatsizdir. SHunday qilib, tomografiyada tasvirning dinamik noaniqliligi effektidan foydalaniladi. Bu usulda nurlanish manbai va plyonkaning obektga nisbatan sinxron xarakati tahlil qilinmayotgan nuqsonlarning yoki tasvirlari radiografiyaning odatda qabul qilingan usulida bir birining ustiga va nuqson tushadigan tasvirlarni yuvib tashlashga va nuqson yoki qatlamni aniqlash uchun talab qilinadigan tasvirni ancha aniq ajratib ko‘rsatishga imkon beradi. Ajratilayotgan qatlamning eng kichik qalinligi nuqsoning enining (tasvir tekisligidagi diametrning) tahminan ikki barobarini tashkil etadi va 1,5 mm ga teng. Tasvirni standart qayd etuvchisi sifatida kuchaytiruvchi lyuminissent ekran bilan qo‘shilgan RM-1 ekran plyonkasi hizmat qiladi.

3.27-rasm.Tomografik tasvirning paydo bo‘lish sxemasi:

1-rentgen trubkasi, 2-nazorat qilish ob’ekti, 3-plyonkali kasseta.
Hozirgi paytda hisoblash tomografiyasidan keng foydalaniladi. Uning ishlash ob’ektni kollimatsiyalangan nurlanish dastasi bilan qatlamlab ko‘ndalang skanerlashda bu nurlanishni ob’ekt orqasida detektorlar bilan o‘lchashda, tanlangan qatlamga tegishli o‘lchov ma’lumotlari yig‘indisi displey ekrandagi yarimtonli tasvir bo‘yicha tahlil qilishida va yasashda tasvir olish prinsipiga asoslangan.

Agar ob’ektni skanerlash ob’ektni to‘liq yopib turuvchi elpig‘ichsimon shakldagi dasta bilan amalga oshirilsa, u xolda nurlatgich-detektorlar sistemasi ob’ekt atrofida 3600 ga uzluksiz aylanadi. Nurlanish 1 – 5 mks uzunlikdagi impulslar orqali uzatiladi, 250 – 500 ta detektor bilan o‘lchanadi. Detektorlardan axborotlar analogli-raqamli almashtirishlardan so‘ng mini EXM ga uzatiladi. Hisoblash tomografiyasining odatdagi soyali usuldan prinsipial farqi shundan iboratki, bunda tadqiqot natijalari miqdoriy shaklda taqdim etiladi; hosil qilinayotgan tasvir yarim soyalarga ega emas; o‘lchash aniqligi yuqori bo‘lgani tufayli tomogrammada mavjud axborot hajmi, boshqa teng sharoitlarda, odatdagi rentgenogrammadagidan tahminan 100 marta ko‘p. Tomografiyaning muhim afzalligi zichlik bo‘yicha ajrata olishi yuqori 0,2 % gacha. Radiografiya uchun bu ko‘rsatkich 10 – 20% ga teng.




Download 463,99 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 463,99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Unit-3 Mavzu: Rentgen va gamma nurlari nazorati jihozlari. Reja: 1Apparatura va materiallar 2 Nazorat qilish texnologiyasi

Download 463,99 Kb.