|
Universitet informatsion tizimida foydalanuvchilar faoliyati jurnalini tashkil etish
|
bet | 40/50 | Sana | 25.01.2021 | Hajmi | 1,81 Mb. | | #13068 |
SQLni IBM kompaniyasi tomonidan qo’llab quvvatlanishi
SQL IBM kompaniyasining ilmiy xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, hozirda uning dasturiy ta’minot paketlarida keng qo’llanilmoqda. IBM kompaniyasining barcha asosiy kompyuterlar oilasi SQL ni qo’llab quvvatlaydi: masalan, shaxsiy kompyuterlar uchun PS/2 sistemasi, UNIX bazasidagi o’rta darajadagi AS/400 sistemasi RS/6000 sistemasi hamda katta EXMlar uchun MVS va VM operatsion sistemalari barchasi SQL tilini qo’llab quvvatlaydi.
SQL ga kirish.
SQL ni batafsil o’rganishga kirishdan oldin bu tilning umumiy tomonlari va u bilan ishlashni prinsiplari bilan tanishib olsak. Ushbu bo’limda tilning muhim xususiyatlari misollar orqali ko’rsatiladi.
Oddiy berilganlar bazasi.
Bu erda keltirilgan misollar kichik savdo kompaniyasining oddiy relyatsion berilganlar bazasi asosida olinganUnda buyurtmalarni qayta ishlovchi unchalik katta bo’lmagan dasturni realizatsiya qilish uchun zarur bo’lgan axborotlar saqlanadi.
Berilganlar bazasi quyidagi axborotlardan iborat: Tovarlarni klientlarga sotuvchi kompaniya xizmatchilarni xaqida axborotlar.
Xizmatchilar ishlaydigan ofislar haqidagi ma’lumotlar. Kompaniya tovarlarini sotib oluvchi mijozlar haqida ma’lumotlar
Klientlar tomonidan berilgan buyurtmalar xaqida axborotlar.
Bu berilganlar bazasi realllikning modeli xisoblanadi. Bazada saqlanayotgan ma’lumotlar ushbu real mavjudliklarni ifodalaydi:
Kompaniya xodimlari;
Ofislar;
Mijozlar;
Buyurtmalar;
Har bir mavjudlik o’ziga mos jadvalda ifodalanadi. SQL yordamida berilganlar bazasiga so’rov berish ham reallikdagi hodisalarni ifodalaydi:
Klientlar buyurtma beradilar, ularni bekor qiladilar yoki o’zgartiradilar. Kompaniya boshligi xizmatchilarni ishga qabul qiladi va ishdan bo’shatadi. SQL yordamida bu ma’lumotlar bilan qanday ish bajarilishini ko’rib chiqamiz.
Ma’lumotlarni o’qish.
Birinchi bo’lib ofis joylashgan shahar ko’rsatilgan va ofisni yil boshidan toki joriy vaqtgacha sotish hajmi ko’rsatilgan ofislar ro’yxati bilan tanishsak. Berilganlar bazasidan ma’lumotlarni o’qish SELECT operatori orqali amalga oshiriladi.
|
| |