|
Universitetining jizzax filiali
|
bet | 1/4 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 33,35 Kb. | | #159032 |
Bog'liq kiberxavfsizlik amali1
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI
«KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASHTIRISH» kafedrasi
“ KIBERXAVFSIZLIK”
FANIDAN
1-AMALIY ISH
Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining Kiberxavfsizlik to‘g‘risida Qonuni: 6-bob. Muhim axborot infratuzilmasi obyektlari
Bajardi: “Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 30-21- guruh talabasi Abdualimov Akbar.
Tekshirdi: Baratov J.
Jizzax-2023
6-bob. Muhim axborot infratuzilmasi obyektlari
25-modda. Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari
Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining normativ-huquqiy, tashkiliy va texnik jihatdan himoya qilinishini tartibga solish bo‘yicha yagona chora-tadbirlar majmuini yaratish;
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarida hamda resurslarida, muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida kiberxavfsizlikni ta’minlashga doir talablarni belgilash;
muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini samarali ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashish.
26-modda. Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalashtirish
Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalashtirish muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan toifalarga muvofiqligini aniqlash, shuningdek toifalashtirish natijalariga doir ma’lumotlarni tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Muhim axborot infratuzilmasi obyektlari quyidagi toifalarga bo‘linadi:
yuqori darajadagi muhim axborot infratuzilmasi obyektlari;
o‘rta darajadagi muhim axborot infratuzilmasi obyektlari;
past darajadagi muhim axborot infratuzilmasi obyektlari.
Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalashtirish mezonlari vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
|
| |