University of management and future technologies gumanitar fanlar kafedrasi fanidan tayyorlangan kurs ishi




Download 47,38 Kb.
Sana20.05.2024
Hajmi47,38 Kb.
#246135
Bog'liq
kirish qismiga malumot


UNIVERSITY OF MANAGEMENT AND FUTURE TECHNOLOGIES GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI «.....» fanidan tayyorlangan KURS ISHI Маvzu:Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda muloqotdagi qiyinchilikni psixologik xususiyatlari Bаjardi: kurs (k/s) guruh, Pedagogika-psixologiya taʼlim yoʻnalishi talabasi Xudayberdiyeva Gulbahor Ilmiy rahbar, k.o'qit. S.Sultanova Kafedra mudiri, p.f.d. Q.B. Qodirov Toshkent - 2024 1
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda muloqotdagi qiyinchilikni psixologik xususiyatlari MUNDARIJA: KIRISH .....................................................................................................................3 I BOB. MAVZUNING ADABIYOTLARDA O'RGANILISHI..............................7 1.1. Maktabgacha yosh davridagi bolalarning nutq kamchiliklari haqida.................8 1.2. Bolalardagi nutq kamchiliklarini tekshirish usullari haqida.........................12 II BOB. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARDA MULOQOTDAGI QIYINCHILIKLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.................................................................................................22 2.1. Maktabgacha tarbiya yosh davrlarida bolalar bilan muloqot shakllari.............22 2.2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda muloqotdagi kamchiliklarni bartaraf etishda didaktik o'yinlardan foydalanish.................................................................25 XULOSA.........................................................................................................30 TAVSIYALAR.............................................................................. 31FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI............................................32 2
KIRISH Mavzuning dolzarbligi:"Biz ta'lim-tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o'zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz"- Shavkat Mirziyoyev.1 Shavkat Mirziyoyev: Davlatimiz rahbari joylarga tashrifi chog'ida yosh avlod tarbiyasini birlamchi va muhim bo'g'ini sifatida maktabgacha ta'lim tizimi yuksaltirish, bog'chalarning moddiy -texnik bazasini mustahkamlash , ularni mohir pedagoglar bilan ta'minlash, bolarlarni maktabga sifatli tayyorlash masalisiga alohida e'tibor qaratmoqda. Joriy yil 30 sentayabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora tadbirlari to'g;risida"gi Prezident qarori bu borada amalga oshiralayotgan ishlarni yangi bosqichga ko'taradi . Maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish borasida Toshkent shahri Yunusobot tumanida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tumanning Bog'ishamol mahallasida joylashgan "Sevinch" nomli 74-maktabgacha ta'lim muassasasi bolalar uchun haqiqiy orzular maskaniga aylandi. Boisi 1976-yili qurilgan maktabgacha ta'lim muassasi joriy yilda tubdan ta'mirlanib, Prezidentimiz tashrifi arafisida foydalanishga topshirildi. 275 o'rinli muassasasining mashg'ulot xonalari bolalar tarbiyasi uchun zarur, bejirim va qiziqarli inventarlarga boy. Oshxona va sport zali qurilgan. Muassasa innovatsion texnologiyalar asosida jihozlangan bo'lib,mamlakatimizdagi ilk "aqlli bog'cha" hisoblanadi. Har bir xonaga domofon o'rnatilgan. Ota- onalar farzandi qaysi guruhga bo'lsa, Shu xonani bog'lovchi tugmani bosganda so'ng tarbiyachi bolani olib chiqib beradi. Binoga kiraverishda qo'yilgan tablodan bolaning o'z guruhiga kirganini ko'rish, har bir guruhdagi mashg'ulotni onlayin kuzatish mumkin. Ichkarida zina va xonalarga ishlangan rangli belgilar, tafakkurga undovchi rasmlar bolalar rang bilish, sanashga o'rgatadi. Yo'l ko'rsatuvchi rangli chiziqlar orqali kichkintoylar o'z guruhini topib boradi. Har bir mashg'ulot xonasida "Ilk qadam" dasturi asosida ishlab chiqilgan multimedia tajriba-sinov dasturiga ega monitorlar o'rnatilgan. Bu dasturdagi turli sohalarga oid 3
suratlar, interfaol o'yinlar yordamida bolalarning bilim va ko'nikmasini shakllantiriladi. Adliya vazirligi buyurtmasi asosida "Sotol systems" kompaniyasida ishlab chiqilgan ushbu dastur onlayn tarzda ishlaydi. Uni ota-onalar ham uyali telefoniga yuklab olib, uyda televizor orqali Shug'ullanishi mumkin Davlatimiz rahbari bog'chada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, tarbiyachilar bilan muloqot qildi. Biz uchun bolalarimizning ma'naviyati' bilimi, sog'ligi eng muhim masala. Shuning uchun davlat tomonidan maktabgacha ta'limga katta e'tibor berilayapti va bu hali boshlanishi. Sizlarning vazifangiz bolalarning ko'zidagi nurni ilg'ab olish, ularga yaxshi tarbiya berish2, dedi Shavkat Mirziyoyev. DavlatimizrahbariToshkentshahridagimaktabgachata'lim muassasalarining holati va ularni rivojlantirishga oid loyihalar haqida ma'lumot berildi. Prezidentimiz bu boradagi taqliflarni ma'qullab, davlat xususiy sheriklik asosida yangi bog'chalar qurish,bolalarni qamrab olishni kengaytirish va kelgusida yuz foizga yetkazish zarurligini ta'kidladi. Shu yerda Janubiy Koreyaning Puchon universiteti rahbarlari bilan vidiokonferensiya orqali muloqot qilindi. Prezdentimiz bog'chaga tarbiyalanuvchilarga sovg'alar berdi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoev tomonidan mazko'r sohadagi islohotlar izchil davom ettirilib, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirish, ularni rekonstruktsiya va modernizatsiya qilishga qaratilayotgan e'tibor zamirida ham kelajagimiz egalarining hech kimdan kam bo'lmay ulg'ayishlari hamda buyuk ajdodlarga munosib voris bo'lib voyaga yetishlarini ta'minlashdek ezgu maqsad mujassam. Tabiatda inson bolasigina ojiz va kattalarning gʻamxoʻrligiga muhtoj boʻlib tugʻiladi. Lekin inson farzandiga berilgan eng katta imkoniyat bu uning oʻrganishga boʻlgan ehtiyojidir. Aytish mumkinki, odam bolasi oʻrganishga "dasturlangan" holda tugʻiladi. Shu tufayli qisqa vaqt ichida u juda koʻp bilimlarni oʻzlashtiradi. Hozirgi kunga kelib aksariyat tugilgan bolalarda quyidagi kabi xususiyatlar ko'plab kuzatilmoqda; an`anaviy tarbiya vositalarini qabul qilmaslik; 4
intuitsiyaning, xavf hissining rivojlanganligi; raqamli texnologiyalarni tez oʻzlashtirishga boʻlgan qobiliyat. Mavzuning o'rganilganligi: Komunikativ ko'nikmalarini rivojlantirishda bir qator olimlar ilmiy tadqiqotlar olib borishga. G'oziev E. G, L. S. Vigotskiy, Klyueva N. N, Filippova Yu. V. 5-7 yoshli bolalarning muloqoti.3 Maktabgacha yosh davrdagi bolarlarning kattalar bilan muloqoti ularda nutqning rivojlanishi hisobiga chuqurlashadi. M.I. Lisina maktabgacha yoshdagi bolani kattalar bilan muloqotining vaziyatdan tashqari harakterini ta'kidlab,uning 2 shaklini ko'rsatgan. Bola 3-4 yoshga to'lganida hamkorlik o'rniga muloqotning bilish shakli shakllanadi. S A. Axundjanov tomonidan "maktabgacha yoshdagi bolaning turli muloqot vaziyatlarida nutqi funksiyalari va va shakllari xususiyatlari"mavzusidagi tadqiqotida aniqlanishicha, bu yosh davrida nutq shakllarining rivojlanishida sujetli-ro'lli o'yinlar jarayonida muloqot bilan birgalikda tengdoshlari bilan mahsuldor faoliyat turlari ham qulay sharoit hisoblanadi. E. Z. Usmanova rahbarligida B.B. Nurullayeva tomonidan "Maktabgacha yoshdagi bolalarni tafakkurini modellashtirish faoliyatining tengqurlar bilan muloqotda rivojlanishi" mavzusidagi ilmiy tadqiqot olib borilgan. B.B. Nurullayevning tadqiqot aniqlanishicha, maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurning modellashtiruvchi faoliyat bu yosh davri intellektual imkoniyatlari to'liq namoyon bo'ladi. Filipovning so'zlariga ko'ra bolalarning tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilishda o'zini tutish normalari va qoidalari haqidagi bilim darajasini baholash uchun suhbat savollari ro'yxati olingan. Kurs ishining maqsadi:maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda muloqotdagi qiyinchiliklarning psixologik xususiyatlarini o'rganish; Kurs ishining predmeti: bolalarda muloqot ko'nikmalarini shakllantirishni o'rganish; Kurs ishining obyekti:Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar; Kurs ishining vazifalari: 5
Maktabgacha yosh davridagi bolalarning nutq kamchiliklari haqidagi fikrlarni o'rganish;  Maktabgacha yosh davridagi bolalarning psixologik xususiyatlarini o'rganish;  Maktabgacha tarbiya yosh davrlarida bolalar bilan muloqot shakllarini o'rganish;  Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda muloqotdagi kamchiliklarni bartaraf etishda didaktik o'yinlardan foydalanishni o'rganish; Kurs ishining tuzulishi: Ko'rs ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta paragraf, xulosa, tavsiyalar va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan tashkil topgan. 6
I BOB. MAVZUNING ADABIYOTLARDA O'RGANILISHI 1.1.Maktabgacha yosh davridagi bolalarning nutq kamchiliklari haqida Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Nutqning to'g'ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to'g'ri nutq muhiti va ta'lim- tarbiyaga bog'liq. Nutq tug'ma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanib boradi. Nutq buzilishlarini o'rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yo'lini, bu jarayonning o'ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol o'ynovchi sharoitni bilish lozim. Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilish zarur. Bu esa nutqning rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o'z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bo'ladi. G.L.Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishini ikki davrga ajratadi: 1) tayyorlov davri (2 yoshgacha); 2)nutqningmustaqilshakllanishdavri. A.N.Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga bo'lib ko'rsatadi: 1) tayyorgarlik davri - bola tug'ilgandan bir yoshgacha; 2) bog'chagacha bo'lgan davr - 3 yoshgacha; 3) maktabgacha bo'lgan davr - 7 yoshgacha; 4) maktab davri. Bola tug'ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va yig'idan iborat bo'ladi. To'g'ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin ana shu qichqiriq va yig'i nutq apparatining 3 bo'limini (nafas olish, ovoz hosil bo'lish, artikulyasion) rivojlanishida katta rol o'ynaydi. Ikki hafta o'tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e'tibor bera boshlaydi. Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qo'shiq (alla) ostida tinchlantirish mumkin bo'lib qoladi. Tez kunda bola intonasiyaga e'tibor bera boshlaydi: mayin gapirganda tinchlanadi, keskin intonasiyaga - yig'laydi. 2 oylik atrofida gu-gulash, 3-oyning boshida bo'g'inlarning talaffuzi paydo bo'ladi (aga-aga, ta-ta, ba-bava boshqalar). Bunda tovushlar birikmasi aniq artikulyasiya qilinmaydi. 7
Bola 5 oyligida tovushlarni eshitadi. Atrofdagilarning lablari artikulyasion harakatini ko'rib unga taqlid qilishga harakat qiladi. Bolaning qandaydir aniq harakatlarniko'pmarotabatakrorlashiharakatko'nikmasining mustahkamlanishiga olib keladi. 6 oyligidan boshlab bola taqlid qilish orqali ba'zi bo'g'inlarni talaffuz eta boshlaydi (na-na-na, be-be-be, da-da-da, pa-pa-pa va boshqalar). Ikkinchi yarim yillikda bola ba'zi bir tovushlar birikmasini idrok qila boshlaydi va ularni predmetlar yoki harakatlar bilan bog'laydi (bu, ma, bey). Bola 7-9 oyligida kattalar ketidan turli xil bo'g'inlarni qaytara boshlaydi. 10-11 oyligida so'zlarning o'ziga reaksiya paydo bo'la boshlaydi (vaziyat va gapirayotgan kishiningintonasiyasidanqat'inazar). Ikkinchi davr - bog'chagacha bo'lgan davr (bir yoshdan 3 yoshgacha). Bolada birinchi so'zlar paydo bo'lgandan so'ng, tayyorlov davri tugab, aktiv nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar artikulyasiyasiga e'tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan so'zlarni ko'p marotaba takrorlaydi va o'zi ham so'zlarni talaffuz qiladi. Bola hayotining 2-3 yiliga kelib, uning lug'at boyligi sezilarli darajada boyib boradi. Eng keng tarqalgan ma'lumotga ko'ra, bolalarning lug'at boyligini bog'chagacha bo'lgan davrda o'sishi quyidagi raqamlarni ko'rsatadi: 1 yoshu 6 oyda - 10-15 ta so'z, 2-yilning oxiriga kelib 300 ta so'z, 3 yoshga borganda - 1000 ta so'z. Bola hayotining 3-yiliga kelib, nutqning grammatik tomoni shakllana boshlaydi. Avval bola o'z xohish va iltimoslarini bir so'z bilan ifodalaydi. Keyinchalik 1-2 ta so'zdan iborat sodda jumlalar paydo bo'la boshlaydi. Uchinchi davr - maktabgacha bo'lgan davr (3 yoshdan 6 yoshgacha). Maktabgacha bo'lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyasion jihatdan oson talaffuz etiladigan: lab-lab, lab-til undoshlari - p, b, m, f, v va boshqalarni o'rganadilar. Artikulyasion jihatdan talaffuz etish qiyin bo'lgan: shivirlovchi, sirg'aluvchi (s, z, sh, j, ch) va sonor (r, l), til orqa (k, g) tovushlarini talaffuzini egallashda qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda noto'g'ri qo'llaydilar yoki talaffuz etmaydilar. 8
Bu davrda lug'at boyligining o'sishi davom etadi. Bolaning 4-6 yoshida uning aktiv lug'ati 3000-4000 ta so'zgacha etadi. Lug'at boyligi o'sib borishi bilan birgalikda nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi. Bola hayotining 4 - yiliga kelib, ular o'z nutqlarida sodda va murakkab gaplarni qo'llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa, qo'shma gaplardan erkin foydalana oladilar. 5 yoshli bolalar qo'shimcha savollarsiz hikoya va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega bo'ladilar. Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi. Bola avval unli va undoshlarni, so'ng sonor, shovqinli va sirg'aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi. Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok shakllangan bo'lishi lozim. Bu vaqtga kelib tovushlarni to'g'ri talaffuzining shakllanishi tugallanadi va bola har tomonlama to'g'ri, aniq gapiradi. To'rtinchi davr-maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). Bu davrning o'ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi davrlardagiga nisbatan ongli ravishda ro'y beradi. Bu davrda bolalar tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarini egallaydilar. Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq etakchi rol o'ynaydi. Bola nutqining rivojlanish jarayoni o'z vaqtida to'g'ri kechishi uchun maxsus sharoitlar zarurdir. Buning uchun:  bola ruhiy va jismoniy jihatdan sog' bo'lishi;  normal aqliy qobiliyatga ega bo'lishi;  normal eshitishi va ko'rishi;  yetarli darajada ruhiy aktivlikka ega bo'lishi;  gaplashish ehtiyojiga ega bo'lishi;  to'g'ri nutq muhitiga ega bo'lishi lozim. Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni o'zlashtirib olishga, tevarak-atrof haqidagi bilim va tasavvurini kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy bog'liqdir. Nutq kamchiligi tarbiyachiiya fanida muayyan tilning me'yorlaridan chetga chiqish deb ta'riflanadi. 9
Nutq kamchiliklari quyidagilar bilan xarakterlanadi: 1.Nutq kamchiligi o'z-o'zidan barham topmaydi, balki vaqt o'tgan sari yanada mustahkamlanib, zo'rayib boradi. 2. Nutq kamchiliklarini kattalarda namoyon bo'lishi ularning yoshiga mos kelmaydi. 3. Nutq kamchiligiga ega bo'lgan kishilar tarbiyachiik yordamga muhtoj bo'ladilar. 4. Og'ir nutq kamchiliklari bolaning nafaqat nutqiga, balki uning umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar ichida tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillar, shuningdek atrof-muhitning tashqi sharoitlari farq qilinadi. Nutqiy nuqsonning turli sabablarini ko'rib chiqishda evolyusion-dinamik yondoshiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelish jarayonini tahlil qilishdan, anomal rivojlanishining umumiy konuniyatlarini va xar bir yosh davrida Nutqning rivojlanish konuniyatlarini hisobga olishdan iboratdir (I. M. Sechenov, L. V. Vigotskiy, V. I. Lubovskiy). Bolalardagi nutqiy nuqsonlarning asosiy sabablari: 1. Embrion rivojlanish davridagi turli xil patologiyalar; 2. Xomiladorlik vaqtidagi toksikozlar, virusli va endokrin kasalliklar, jaroxatlar, qonning rezus-faktorga mos kelmasligi; 3. Tug'ruq vaqtidagi shikastlanish va asfiksiya; 4. Bola rivojlanishining birinchi yilidagi bosh miya kasalliklari (meningit, ensofalit). 5. Miyaning chayqalishi bilan birga sodir bo'ladigan bosh miya jarohatlari. 6. Nasliy faktorlar. 7. Sosial-maishiy sharoitning yomonligi. Bu xolat mikrososial pedagogik qarovsizlikka,vegetativdisfunksiyaga,emosional-irodaviymuhitning buzilishlariga va nutqning rivojlanmay qolishiga sabab bo'ladi. Yuqorida ko'rsatib 10
o'tilgan sabablar, ayrim xollarda ularning birgalikda qo'shilib kelishi nutqning turli tomonlarining buzilishiga sabab bo'lishi mumkin. Hamma nutq buzilishlari kelib chiqishiga ko'ra ikki guruxga bo'linadi: 1. Organik xarakterdagi nutq buzilishlari. 2. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlari. Organik Nutq buzilishlari o'z navbatida ma'lum joyning zararlanishiga ko'ra markaziy va periferik xarakterda bo'ladi. Markaziy buzilishlar: markaziy nerv sistemasini u yoki bu qismlarining buzilishi, zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishlariga: alaliya, afaziya, dizartriya nutq kamchiliklari kiradi. Periferik buzilishlar: artikulyasion apparatning noto'g'ri to'zilishi yoki buzilishi va periferik nerv artikulyasion organlar inervasiyasining buzilishidan kelib chiqadi. Periferik xarakterdagi organik nutq buzilishlariga: rinolaliya, prognatiya, progeniya kiradi. Funksional buzilishlar —bunda nutq jarayonida ishtirok etadigan a'zolar tuzilishida xech qanday o'zgarishlar bo'lmaydi. Funksional xarakterdagi nutq Turli nutq buzilishlarining rivojlanishini oldindan aniqlash katta ahamiyatga egadir. Agarda nutqiy nuqson bolaning maktabga kelgan vaqtida ilk bor aniqlansa, u holda uni tuzatish qiyinchiliklari kuzatilib, uzlashtirishga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Agarda bolaning nutq nuqsoni maktabgacha yoki yasli yoshida aniqlansa, tibbiy va pedagogik tuzatish maktabda to'laqonli ta'lim olish imkonini beradi. Hozirda tarbiyachiiyada nutq buzilishlarining ikkita tasnifi o'rin olgan; bittasi- tibbiy pedagogik, ikkinchisi psixolog-pedagogik yoki pedagogik (R. Ye. Levina bo'yicha). Buzilishlarning ruhiy-lingvistik mezonlar asosida nutqning qaysi turi buzilganiga qarab ikkita guruxga bo'lish mumkin: og'zaki yoki yozma. Og'zaki nutqning buzilishi, o'z navbatida ikkita turga bo'linishi mumkin: 1) bayon qilishning fonasion (tashqi) ta'minlanishi, ular nutqning talaffuz tomonining buzilishi, deb ataladi va 2) bayon qilishning semantik-struktura (ichki) jihatdan ta'minlanishi, ular tarbiyachiiyada nutqning uzluksiz yoki ko'p tovushli buzilishi, deb ataladi. 11
1. Bayon qilishdagi fonasion ta'minlashning zaiflashuvi buzilgan bo'g'inga bog'liq holda tabaqalanishi mumkin: a) tovush shakllanishi, b) bayon qilishning sur'at-oxang jihatdan tashkil etilishi, v) intonasion melodik, g) tovush chiqarishning namoyon bo`lishi. 1.2. Bolalardagi nutq kamchiliklarini tekshirish usullari haqida Maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlari oldiga muhim vazifani- bolalarni maktabda o'qishga psixologik jihatdan tayyorlash, ya'ni boshlang'ich sinflarda muvaffaqiyatli o'qish, boshlang'ich maktabning dasturni to'la o'zlashtirib olish uchun zarur bo'lgan ruhiy sifatlar, bilim, ko'nikma va malakalari tarkib toptirish vazifasini qo'yadi. Bolaning aqliy rivojlanishida og'zaki nutqning vujudga kelishi katta ahamiyatga ega. Tarbiyachi bolaning so'z boyligini aniqlaydi, boyitib boradi va faollashtiradi, bolalarni tovushlarni to'g'ri talaffuz etishga o'rgatadi, og'zaki nutqning turli shakllarigi - monolog (aytib berish, qayta hikoya qilib berish) va dialogga (so'zlashuv yoki savol - javob nutqiga), so'zlarni grammatik jihatdan to'g'ri o'zlashtirish va to'g'ri tuzishga o'rgatadi. Bolalar bog'chasida ham, maktabda ham olib boriladigan tillar ta'lim standartlari, dasturida ko'rsatilgan bilim va malakalarni hosil qilish, shaxsning ba'zi bir xususiyatlarini, hulq-atvorini tarbiyalashga qaratilgan. Dastur talablarini to'laqonli bajarish uchun tarbiyachi va o'qituvchilar o'z tarbiyalanuvchilarining barcha xususiyatlarini, ayniqsa, nutqiy rivojlanishini har tomonlama tekshirib, kamchiliklarini aniqlashlari, bularni bartaraf etish yoki bolani tegishli mutaxassislarga, ular esa tegishli muassasalarga yuborishlari talab etiladi. Tarbiyachiik tekshirishlar ta'lim-tarbiya usullari va prinsiplari asosida olib boriladi va bunda bola har tomonlama tekshirib ko'riladi. Tarbiyachiik tekshirishlar ikki shaklda olib boriladi: induvidual va frontal tekshirishlar. Induvidual tekshirishlar o'quv yilining boshida tarbiyachi yoki 12
o'qituvchining har bir bolani kamida ikki hafta davomida kuzatib borishidan iborat bo'ladi. Frontal tekshirish vaqtida bolalar bog'cha gruppasi yoki sinfda she'r, hikoya aytib beradilar, savollarga javob qaytaradilar yoki rasmga qarab hikoya tuzadilar. Bu vaqtda bolalar nutqining umumiy holati, artikulyasiyasi, nutq sur'ati, tovushlar talaffuzi, ovoz kuchi, sifati kuzatib borilib, ular nutqidagi kamchiliklar aniqlanadi. Shundan so'ng nutqida kamchiligi bo'lgan bolalar alohida ro'yxatga olinadi, gruppaning nutq kartasi tuziladi. Nutqida kamchiligi bo'lgan har bir bola uchun induvidual nutq kartasi to'ldiriladi. Nutq kamchiligiga ega bolani xar tomonlama tekshirish, uning (tug'uruqqacha, tug'uruq vaqtidagi va tug'uruqdan keyingi davri to'g'risidagi, shaxsining rivojlanishi haqidagi zarur ma'lumotlarni bilish zarur. Tekshirishning asosiy bosqichida tarbiyachi bola haqidagi anamnez ma'lumotlarini aniqlash maqsadida ota-onalar bilan suhbat o'tkazadi. Ota-onalar bilan suhbatda tarbiyachi oilada bo'lib utgan alohida ahamiyatga ega hodisalarni va shunga bog'liq holda bolalarning umumiy nutq tarakkiyotining o'ziga xos tomonlarini aniqlaydi. Bolaning tug'uruqkacha, tug'uruq vaqti va tug'uruqdan keyingi davrlardagi rivojlanishining o'ziga xos tomonlari aniqlandi. Bu quyidagi taxminiy tartib asosida olib boriladi: tug'uruqqacha bo'lgan davr. Ona bilan suhbatda tarbiyachi ba'zi nasliy omillarni belgilaydi: ota-onalarning bola tug'ilgunga qadar salomatligining axvoli, ularda asab-ruhiy, teri-tanosil kasalliklari, nutqiy patalogiya bo'lganmi, ota-onadan biri alkogolizm, yuqumli va boshqa kasalliklarga uchraganmi? Shuningdek, bolaning tug'uruqqacha bo'lgan rivojlanishiga oid quyidagi asosiy jihatlar aniqlanadi? - onaning bola tug'ilayotgan vaqtdagi yoshi; onaning homiladorlikning birinchi va ikkinchi yarmida boshdan kechirgan kasalliklari (Qizilcha, gripp, toksoplazmoz, kandli diabet, jigar, buyrak kasalliklari, angina, anemiya); 13
homiladorlikning birinchi va nkkinchi yarmida shikastlanishlar, qorin yuzasida lat eyishlar, yurak-tomir kasalliklari, toksikozlar, bolaning tushish xavfi bo'lganmi?; homiladorlik davrida dorilar bilan davolanganmi yoki yo'qmi?; homloadorlik davrida rentgenologik tekshiruvdan o'tganmi yoki qandaydir radioaktiv nurlanish bo'lganmi va boshqalar. Homilddorlik davridagi noqulay omillarni aniqlash tarbiyachiga bu omillarni bolaning keyingi nutqiy taraqqiyotiga bevosita ta'sirini aniqlashda yordam beradi. b) tug'uruq davri. Tarbiyachi ona bilan suhbatda tug'uruq o'tishining tavsifi va o'ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi: tug'uruqning boshlanishi vaqti - o'z vaqtida, homiladorlikning 8 - oyida, 7 - oyida suvning barvaqt ketishi bo'lganmi, tug'uruqning uzoq davom etishi, qisqichlarning qo'llanishi, vakuum-ekstraktorning qo'llanishi, tug'uruq faoliyatining muvofiq ta'minlovchi dorilar qo'llash, homilani qo'lbilanyokikessaroperasiyaniqo'llabajratibolish. Bu suhbatda bolaning tug'ilgan paytidagi holati aniqlanishi zarur: darrov yig'laganmi yoki yo'qmi, ko'k, oq asfiksiya, og'irligi (1500 kg dan ko'p yoki kam), bo'yi, turli shikastlar, sinishlar, qon quyilishi, tug'uruq shishi, boshqa jaroxatlanishlar bo'lganmi?; v) tug'uruqdan keyingi davr. Bolaning tug'ilgandan keyingi davrdagi somatik rivojlanishi haqidagi ma'lumotlarni tarbiyachi ona bilan olib boriladigan suhbat jarayonida aniqlaydi: bolani onaga tug'ilgandan keyin necha soat o'tgach olib kelingan, bola ko'krakni qanday olgan va emgan (faol, faol emas, tezda charchab uxlashi); bola uyg'oq vaqtida o'zini qanday tutar edi: tinch yoki notinch, baqirok, yig'loq va boshqalar; hayotining birinchi yilida - 3 yoshgacha; pnevmoniya: ko'k yo'tal, dispepsiya, dizentriya kasalliklari bilan og'riganmi? Shuningdek, bolada qandaydir tug'ma kasalliklar bor yoki yo'qligi aniqlanadi - yurak porogi, maymoqlik va bosh jaroxatlanishi bo'lganmi? A.R.Luriya ichki nutqni tekshirishda uning tashqi tomon bilan o'zaro bog'liqligini 14
e'tiborga olish kerakligini ta'kidlaydi. A.R.Luriya shu bilan tushuntiriladiki, nutqni eshitishning buzilishi nutq artikulyasiyalari va tashqi nutqning ikkilamchi buzilishiga olib keladi. Artikulyator jarayonlar va ichki nutqning buzilishi nutq tovushlarini idrok qilish va nutq mazmunini tushunish kabi jarayonlarga ta'sir qiladi. Bundan ilgari ichki nutqning murakkabligi haqida L.S.Vigotskiy ham yozgan edi. Uning fikricha, nutqni tushunish - tovush signali bo'yicha reaksiyani bajarishdan ko'ra ko'prok va boshqacharoq narsadir. Fonematik eshitishni tekshirish. Fonematik eshitish bolada bevosita nutqiy aloqa asosida shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bir-biridan bir tovush bilan farq qiladigan so'zlarni ajrata olmaydilar, shuning uchun bolalarga bir tovush bilan farq qiladigan so'zlarni beramiz: gul - ko'l soch - qoch ko'z - tuz oz - och sim - shim baxor - naxor va shu so'zlarga mos rasmlarni topish va ko'rsatish ko'nikmasi aniqlanadi. Tekshirish shundan boshlanadiki, bolaga narsalarning nomi aytiladi va ularni ko'rsatib berish so'raladi. Masalan, tana qismlari - ko'z, peshona, yuz, burun, soch, daxan, qo'l, oyoq va boshqalar. Keyin bolaga uy jihozlarini: stol, stul, shkaf, qandil, ko'zgu; o'yinchoqlardan - qo'g'irchoq, mashina, koptoklarni ko'rsatish taklif qilinadi. So'zlarni tushunishni tekshirishning keyingi bosqichi rasmda tasvirlangan narsalarni tanish ko'nikmasini aniqlashdan iborat bo'ladi. Bunda bolaga turli mavzuli guruxlarga kiruvchi va bir-biridan shakli, rangi, hajmi va son jihatidan farq kiluvchi narsalar tasvirlangan rasmlar ko'rsatiladi. Bu rasmlarda uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, o'yinchoqlar, sabzavotlar, mevalar, idish-tovoqlar, transport, shuningdek yil fasllari tasvirlangan bo'ladi. Bu didaktik material bolalar bog'chasining dastur talablariga muvofiq keladi va ularning yoshiga qarab ajratiladi. Sodda gaplarni tushunishni tekshirish. Bolaga vaziyatli rasmlar ko'rsatiladi va bir qator quyidagi ko'rinishli sodda gaplar aytiladi: «Qiz o'tiribdi», «Qizda qizil 15
koptok bor», «Bola yuguryapti», «Bolada mashina bor», «Kuchuk yuguryapti» va hokazo. Shundan so'ng bola aytilayotgan hodisa tasvirlangan rasmni ko'rsatishi lozim. Bundan tashqari quyidagilarni ko'rsatish so'raladi: olmaxonning momik dumi, Qiz qayerda sakrayapti, yuguryapti, yozyapti, sirpanchiq uchyapti va hokazolar. Keyin bitta gapda kelgan 1,2,3 ta izchil xususiyatlarni bajarishni o'z ichiga oluvchi so'z shaklidagi buyruqlarni bajarish usulidan foydalaniladi. Masalan: «Tur, stol yoniga bor, o'yinchoqlarni ol va polga kuy. Koptokni ol, polga ur va menga ber». So'ng bolalarning grammatik qurilishlarni tushunishlari aniqlanadi. 1. Birlik va ko'plikdagi otlarni tushunish. Bolaga narsalarga oid rasmlar ko'rsatiladi, uni tanishi va ko'rsatish ko'nikmasi aniqlanadi: mashina qaerda, mashinalar qaerda, qo'g'irchoq qaerda, qo'g'irchoqlar qaerda, olma qaerda, olmalar qaerda va boshqalar. 2. Kichraytirish - erkalash qo'shimchasiga ega bo'lgan so'zlarni tushunish. Bolaga narsalarga oid rasmlar beriladi va quyidagilarni ko'rsatish ko'nikmasi aniqlanadi: stol qaerda, o'yinchoqli stolcha qaerda, qoshiq qaerda, qoshiqcha qaerda, quyon qaerda, quyoncha qaerda va hokazolar. 3. Bog'lanishli nutq mazmunini tushunish. Bu bo'limda she'riy va darak gapli matnlar mazmunini tushunish tekshiriladi. Buning uchun bolalarga she'riy matn taklif qilinadi. Nutqi to'liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarning ichki nutqini chuqur tekshirish ruhiy-tarbiyachiik tekshirishning umumiy tartibida bolalarning sust lug'atini va, shuningdek, ular ruhiy faoliyatining ba'zi tomonlari holatini aniqlashga yordam beradi, chunki mantikiy idrok insonning murakkab ixtisosiy perspektiv fikri-mnemik faoliyati bo'lib hisoblanadi. Ichki nutq bolaning kishilar bilan aloqa bog'lanishiga va faoliyatiga ta'sir qiladi, nutqiy va nutqiy bo'lmagan harakatlarnirejalashtirishningqurolibo'libmaydongachiqadi. Bolani bolalar nutq bog'chasiga qabul qilingach, tarbiyachi tomonidan bir oy davomida tekshirish olib boriladi; keyinchalik tekshirish natijalari tuzatish orqali tarbiyachilik ta'sir qilish jarayonida yanada aniqlashtiriladi. 16
Bolaning muloqotga kirishini tekshirish. Nutqi to'liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalar bilan birinchi uchrashuvda tarbiyachi bolaning muloqotga qanday kirishishini aniqlaydi: (oson, qiyin yoki xayiqib, qo'rqib, negativizm). Bolaning o'z tengdoshlari bilan qanday Nutqiy aloqaga kirishi tekshiriladi: boshqalar bilan oson nutqiy aloqa o'rnatiladi, tez-tez yoki kamdan- kam urishadi, nutqiy aloqaga kirishishida tashabbuskor yoki sust Nutqiy aloqaga kirishishi turg'un. Nutqdan tashqari bo'lgan motorikani tekshirish. Tarbiyachi bolaga so'z qoidalarini va taqlid bo'yicha quyidagi vazifalarni bajarishni taklif qiladi: vazifa bo'yicha ikkala oyoqda yoki bir oyoqda yugurish, sakrash; yurish, yugurish, sakrashda ogoxlantirish bo'yicha to'xtash; bir oyoqda, so'ng ikkinchi oyoqda sanoq ostida turish; tarbiyachiga koptokni otish va uni ilib olish; polda yotgan «xalqa» ichiga ikkala oyoq uchida sakrab kirish va undan sakrab chiqish; bayroqchalarni ushlagan holda qo'lni quyidagi buyruqlarga amal qilib harakatlantirish: oldinga, orqaga, yuqoriga, pastga; cho'kkalab o'tirgan holda polda koptokni u ko'ldan bu ko'lga yumalatish, so'ngra koptokni ko'tarib, o'rindan turish; yugurish vaqtida koptokni otish va ilib olish; lentani tugun qilib, so'ng « bantik» qilib bog'lash va boshqalar. Bola motorikasini tekshirish natijasida tarbiyachi quyidagi ma'lumotlarni oladi: oyoq, qo'llar muvofiqligi (to'g'ri, noto'g'ri, umuman yo'q); tana muvozanatini sezish, bolaning o'z gavdasini to'tishi, harakatlarni bajarish darajasi (to'liq, noto'liq); bir harakatdan ikkinchi harakatga o'tishi (o'z vaqtida, sekinlashgan, yo'q harakatlarni bajarish mustaqilligi (tuliu yoki tarbiyachi yordamida); chapaqaylik, yuz harakatlari me'yorda, samimiy va yuz naylarining giperkineziyasi, sinkeziyasi, ya'ni asosiy harakatlar bilan birga bajariladigan qo'shimcha harakatlar - bir oz yaqqol ifodalangan. Bolaning motor faolitini 17
tekshirish natijalarini quyidagi parametrlar bo'yicha umumlashtiramiz. Me'yorli motorika: harakatlarning statik muvofiqlashuvi shakllangan: topshiriq bo'yicha yoki erkin ravishda kerakli holatni aniq belgilay oladi; harakatlarinng dinamik muvofiqlashuvi shakllangan: harakatlar aniq, ishonch bilan bajariladi, motor faolligining turli xil ko'rinishlari bilan o'zaro bog'langan (yugurish, sakrash, chapak chalishda); ko'l barmoqlari va mayda ko'l harakatlari to'la shakllangan: yuz ishoralari ifodali va emosional. Motor harakatlari buzilishlariga quyidagilar kiradi: harakatninghaddantashqarifaolligi,qo'zg'aluvchanlikva muvofiqlashmagan harakatlarning bo'lishi; motor zo'riqishi, harakatlarning cheklanganligi va muvofiqlashmagan harakatlar, harakatlarning beso'naqay va sustligi; yuzdagi samimiylikning bir oz yoki yaqqol ifodalanganligi, panja barmoqlari va mayda ko'l harakatlarining etarli rivojlanmaganligi. Artikulyasion apparatni tekshirish metodikasiga asosan tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarning sababi bo'lgan artikulyasion a'zolar to'zilishida yaqqol ifodalangan to'zilishda quyidagilarga e'tibor beriladi: Lab:(qalin, yupka, yuqori labning kalta bo'lishi, labdagi yoriqliklar); Til:(makroglossiya, tilning ingichka bo'lishi, til tagidagi yuganchaning kalta bo'lishi); Jag': (progeniya, prognatiya); Tishlar: (yo'q bo'lishi, orasi ochiq bo'lishi, yon ochiq tishlar); Qattiq tanglay: (baland, yassi, tor va yoriqlar bo'lishi); Yumshoq tanglay: (kalta, ikkiga bo'lingan, yo'q bo'lishi); Artikulyasion apparat to'zilishini baxolash me'yori: Artikulyasion apparatning me'yorda bo'lishi; Artikulyasion apparat to'zilishida kamchiliklar, buzilishlarning bo'lishi. 18
So'ngra Artikulyasion apparat harakatchanligi tekshiriladi. Bunda lab, pastki jag', til, yumshoq tanglay mashqlaridan foydalaniladi. Masalan, lab mashqlari: ko'lgi holatiga keltirish - tinch holat; oldingi chuchchaytirish - tinch holat; ko'lgi holatiga keltirish, oldinga chuchchaytirish - tinch holat. Pastki jag' uchun mashqlar: og'izni katta ochish, og'izni ochiq holda bir, ikki (6 sekundgacha) ushlab turish - og'izni yopish; og'izni katta ochish, pastki jag'ni ung va chap tomonga harakatlantirish - tinch holat. Til mashqlari. Tilni keng holatda ko'rsatish - og'izni kirgizish, tilni keng holatda pastki lab ustiga qo'yish, yuqori lab tomon ko'tarish - tilni og'izga kirgizish, og'izni ochish va navbatma-navbat tilni keng va tor holda ko'rsatish; tilni tor holda tutib, yuqori labni yalash, shu holda pastki labni yalash, tilni tor holda tutib, uni og'izning chap va ung burchaqlariga harakatlantirish; og'izni ochish, tilni surib qattiq tanglayga tekkizish va kuch bilan tortib olish. Bu mashqlar bir necha marta kaytariladi. Yumshoq tanglay mashqlar. Tilni pastki lab ustiga kuygan holda esnash, yo'talish ko'rinishidagi mashqlar: «a» unlisini avval cho'zib, keyin bo'lib-bo'lib talaffuz qilish, «a» unlisini qattiq tezlikda talaffuz qilish. ashqlar taqlid asosida va so'z qoidasi bo'yicha bajariladi. Artikulyasion apparak a'zolarining harakatchanligini tekshirish jarayonida harakatning bor yoki yo'qligi, harakatning bajarilish darajasi (to'liq, noto'liq) va bajarilish sifati (gipo yoki gipertonus, qo'zg'aluvchanlik); harakatni aniq bajarish ko'nikmasi; Artikulyasion a'zolarni ko'rsatilgan vaziyatda uzoq vaqt ushlab tura olish; bir harakatdan ikkinchi harakatga ohista o'tish; harakatlar tezligi; sur'ati me'yorda (sekinlashgan, tezlashgan)aniqlanadi. Artikulyasion apparat harakatchanligini baxolash me'yori: 1.harakatni aniq, to'liq, me'yorda bajaradi. 2.bir harakatdan ikkinchi harakatga uta oladi. 3.harakatni bajarishda bir qator kamchiliklar kuzatiladi. 4.bir harakatdan ikkinchi harakatga qiyinchilik bilan o'tadi. 19
harakatni tarbiyachi yordami bilan bajaradi, mustaqil o'zi bajara olmaydi. Bir harakatdan ikkinchi harakatga juda qiyinchilik bilan utadi. Tovushlar talaffuzini tekshirish. Tovushlar talaffuzining holati tarbiyachiik praktikada umumiy qabul qilingan quyidagi tartib bo'yicha tekshiriladi. Bolaga narsalarga oid rasmlar ko'rsatiladi, bunda rasmdagi narsalarni ifodalovchi so'zlar ichida tekshirilayotgan tovush uch o'rinda kelishi kerak: so'zning alohida talaffuzida,bo'g'inlarda,so'zlardavajumlalardatekshiriladi. O'zbek tilida so'zda undosh tovushlarning mos kelishi: Sirgaluvchi tovushlar (s, z, s); Shipillovchi tovushlar (sh, j, ch); Sanor tovushlar (l, r, ng); Til orqa, chuqur til orqa tovushlar (k, g, x, k, g, x); Jarangli tovushlar (v, b, d); Unli tovushlar (a, o, u, u). Rasmlarni tanlash me'yorlari: maktabgacha yoshdagi bolalarning tushunishi uchun mos bo'lishi; idrok tasvirlangan so'ratga nisbatan qiziqishni va ijobiy hissiyotli munosabatni uygotish; hayotiy vaziyatlarning aks ettirilishi. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar xususiyati bo'yicha biz quyidagi shakllarni belgiladik: a) tovush yo'qligi; b) tovushning almashtirilishi; v) tovushlarning nutqda mustaxkam bo'lmasligi (bunda tovush ba'zi so'zlarda to'g'ri talaffuz etiladi, ba'zi so'zlarda esa boshqa tovushlarga almashtiriladi); g) tovushni buzib talaffuz etish. Fonematik tahlil. Sintez va fonematik tasavvurlarni tekshirish. Bu foaliyatni tekshirish bola nutqining barcha tomonlari - lug'at, fonetik ukuv, grammatik to'zilishni rivojlantirish rejasida olib boriladigan tarbiyachiik ish uchun zarurdir. 20
Fonematik tahlilni tekshirish. Bunda bolalarning quyidagi kobiliyatlarini aniqlash zarur: so'z boshidagi tovushni aniqlash; so'z ichidan kerakli tovushlarni aniqlash; juft tovushlarni bir-biridan ajratish: b-p, t-d, s-z, sh-j; tovushning so'zdagi urnini aniqlash: masalan, so'zda uchinchi bo'lib qanday tovush kelyapti; tovushning so'zdagi ketma-ketligini aniqlash; so'zdagi tovushlar sonini aniqlash: masalan, so'zda nechta tovush bor. Fonematik sintezni tekshirish. Bunda bolalarning quyidagi kobiliyatini aniqlash zarur: nomlari oppozision tovushlar bilan boshlanadigan narsalarga oid rasmlarni ikki qatorga ajratish. Masalan, s-sh, ch-s, r-ya va boshqalar. Nutq prosodik komponentlarining holati: sur'at: me'yorda, sekinlashgan, tez; oxang: me'yorda yoki aritmiya; ovoz: me'yorda, bo'g'iq, xiqildoq, zaif, past; ovoz yo'g'on-ingichkalilik: yumshoq, qattiq; ovozning tez va qattiqligi: qattiq, yumshoq, yo'q; nafas: me'yorda, tezlashgan, sekinlashgan; nafas olish chuqurligi: me'yorda, yuzaki. 21
II BOB. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARDA MULOQOTDAGI QIYINCHILIKLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI 2.1. Maktabgacha tarbiya yosh davrlarida bolalar bilan muloqot shakllari Olimlarning ta'kidlashlaricha bola psixologik jihatdan me'yorida rivojlanishi uchun ona uni kun davomida kamida 30-35 marotaba qoʻlga olishi kerak ekan. Shuni aytish joizki, aynan onaning bolaga qoʻl tekkizib turishiga boʻlgan ehtiyoj butun umr davomida saqlanib qoladi va tarbiya vositalaridan biri sifatida ehtirof etiladi. Mutaxassislar vaqti - vaqti bilan bolaning boshini silash yoki yelkasidan qoqib qoʻyish u bilan boʻladigan ishonchli muloqotni ta'minlab turuvchi vosita ekanligini ehtirof etishadi. Millatimizda bu tajriba azaldan ma'lum boʻlgan, keksa avlod vakillari boʻlgan otaxonlarimiz, ayniqsa buvijonlarimiz farzand bilan muloqotda albatta bu qoidaga amal qilishgan. Bola predmetlarga boʻlgan qiziqishini avvalo kattalarga murojaati orqali bildiradi. Kerakli yordamni nutqni qoʻllash orqali oladi. Bu yerda kattalar bolaga qanday talablar qoʻyishlari muhim oʻrin tutadi. Kattalar agar bola bilan kam muloqotda boʻlsalar, uning nutqi rivojlanishdan orqada qolishi mumkin. Muloqotga boʻlgan ehtiyoj bolada oʻz-oʻzidan rivojlanmaydi, balki predmet faoliyati boʻyicha kattalarning muloqoti orqali oʻsadi.Kattalar tomonidan boʻladigan toʻgʻri muloqot chaqaloqda muloqotga boʻlgan ehtiyojni shakllantiradi. Bolaning muloqoti reaktiv (passiv) yoki aktiv (faol) shaklda boʻladi. Bolaning kattalar bilan qiladigan muloqoti dastlab kattalarning yuziga va koʻzlariga qarashdan boshlanadi. Bir yarim-ikki oylikda bola kattalarning jilmayishiga oʻzining kulgusi bilan javob qaytaradi. Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanishi ikki xil yoʻl orqali amalga oshiriladi: kattalar nutqini tushunishi hamda bolaning shaxsiy faol nutqi shakllanishi orqali. Bola bilan onaning muloqoti faqatgina soʻzlar bilan emas, balki mimika, imo-ishora, pantomimika, ohang va vaziyat kabilar orqali amalga oshiriladi. Bular harakatga signal boʻlib xizmat qiladi. Bola 3 yoshgacha atrofidagi narsalarni ushlab koʻrib, ogʻziga solib, ochib oʻrgansa, unda nutq paydo boʻlgandan keyin bilimlarni egallash jarayoni yanada 22
tezroq, samaraliroq kecha boshlaydi. Dunyoda qoʻl bilan ushlab boʻlmaydigan, koʻz bilan koʻrib boʻlmaydigan soʻz va iboralar borki uni faqat "ikkinchi signallar tizimi" hisoblangan nutq orqaligina tushunish mumkin. (Rus psixolog olimi A. Pavlovning "ikkinchi signallar tizimi" boʻyicha tadqiqotlarining asosiy mohiyati shundaki, predmetdan kelayotgan signal "birinchi signal" boʻlsa, soʻz orqali oʻsha predmetning obrazini tasavvur qilish orqali "ikkinchi signal" yaratiladi. Masalan, olmani koʻrganda u haqidagi tasavvur ongimizda namoyon boʻlgani kabi, "qipqizil olma" degan soʻzlar ham ongimizda xuddi shu tasavvurni paydo qiladi). Olimlar bu davrni "savollar davri" deb atashadi. Har tomonlama sogʻlom rivojlanayotgan bola albatta savol berishi lozim. Xoʻsh, savol tugʻiladi: moboda bola savol bermasa-chi? Mutaxassislar fikricha, agar bola savol bermasa, tarbiyachilarning oʻzi savol bera boshlashi zarur ekan. Bola qachon savol beradi? Agar u muammoga, jumboqqa duch kelsa. Faylasuflardan biri: "bolaning aqliy rivojlanishi savol berish va hayratlanishdan boshlanadi", - degan ekan.Lekin aynan shu joyda tarbiyadagi ikkinchi muammo boshlanadi, ya'ni savolga javob beruvchi tarbiyachilarning bilim darajasi, saviyasi. Bola savolga qanchalik aniq, mukammal javob olsa, uning dunyoqarashi shunchalik keng rivojlanadi. Shuning uchun, ota-ona hamda tarbiyachilar barcha fanlar yuzasidan toʻlaqonli bilimlarga ega boʻlishlari lozim. 3 yoshga toʻlganda bola kattalar bilan munosabatlarga bemalol nutq orqali kirisha oladi. Bu yoshdagi bolalar hamma kiyimini oʻzi kiyishgaharakatqiladi. Oʻz ehtiyojlarini soʻzlar orqali bayon qila oladi. Chunki nutqni toʻla egallaydi. Bola kattalarning koʻrsatmasiga binoan hatti - harakatlarini toʻgʻri yoʻnaltirishga oʻrganadi. U kattalarning oʻzaro muloqotini jon qulogʻi bilan eshitadi, tushunishga harakat qiladi. Bu davrda bolalar ertak, hikoya, shehrlarni eshitishni juda yaxshi koʻradi. Bu bolaning tashqi olamni bilishiga katta tahsir koʻrsatadi. Bola ijtimoiylashuv jarayonida turli tahsirlarni (shu jumladan tarbiyaviy tahsirni) passiv holda holda qabul qilmaydi, balki, sekin-asta ijtimoiy tahsirning obhektidan uning faol subhektiga aylanib boradi. Bolalik davrida insonning oʻzligi shakllanadi, oʻzi haqidagi tasavvuriga poydevor qoʻyiladi. Bola oʻzida ehtiyojlar mavjudligi tufayli 23
faollik koʻrsatadi, tarbiyaviy jarayonda ushbu ehtiyojlarni hisobga olinishi bolada faollikni rivojlanishiga yordam beradi.Bordi-yu tarbiyachilar oʻz «tarbiyaviy faoliyatlarini» amalga oshirishlari uchun bola faolligini cheklashga harakat qilib, uni doimo «tinch oʻtirish»ga majbur qilsalar, bu bilan ular har tomonlama yetuk, uygʻun tarzda rivojlangan shaxsni emas, balki ijtimoiy moslashuvga qobiliyatsiz, nochor va passiv shaxsni shakllantirishga muvoffaq boʻladilar. Bola faolligining doimiy boʻgʻilishi natijasida u ijtimoiy munosabatlarga moslasha olmaydigan, asabiy boʻlib shakllanadi yoki (mahlum individual xususiyatlarga, masalan, kuchli asab tizimi tipiga ega boʻlganda) faollik turli muqobil yoʻllar orqali yuzaga chiqadi(masalan, nima man etilgan boʻlsa, shuni yashirin amalga oshirishga harakat qiladi). Bola ulgʻayar ekan, maktabda unga singdirilayotgan baho mehzonlari (jamiyatda qabul qilingan normalar, qoidalar) koʻchada oʻrtoqlari bilan muomalada qabul qilingan baho me'zonlaridan keskin farq qilsa, bu uning shaxsiyatida ichki ziddiyatlar paydo boʻlishiga olib keladi. Ota-ona va bolalar munosabati oʻzaro muloqot asosida quriladi.Kichik yoshdagi bolalar bilan boʻlgan muloqotda uchraydigan kamchiliklardan yana biri, bolaning kattalar tiliga emas, balki kattalarning bola tiliga taqlid qilishidir. Ayrim ota - onalar ataylab tillarini chuchitib, bola nutqiga moslashadi. Bu narsa bolalar nutqida turli defektlar paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. 3 yoshli bolalarda birinchi "inqiroz" davri boshlanadi. Bunda bola oʻz "men"ligini oilada tasdiqlashi zarur. Bu davrda bolalarda «hamma ishni oʻzim qilaman», "men oʻzim", - degan tushunchalar shakllanadi. Ular qaysar, injiq boʻlib qoladilar. Ota-onalar bu yoshdagi bolalarga tarbiya berishda undagi bu xususiyatlarni hisobga olishlari lozim. Bolalarning yetakchi faoliyati maktabgacha davrda oʻyin boʻlib hisoblanadi. Kattalar oʻyinchoqlar tilidan bola bilan muloqotda boʻlishlari muhim ahamiyatga ega. Oʻyin orqali bolalarda sezgi, idrok, xotira, fikrlash, fantaziya kabi ruhiy jarayonlar, shuningdek, harakter hislatlari, qobiliyat turlari, temperament (mijoz) tiplari rivojlanadi. Bolalarning nutqini, muloqotini rivojlantirishda kattalar muhim ro'l oʻynaydilar. Bu davrdagi bolalar oʻyini ham oʻziga xos boʻladi. Bolalar oʻyinda 24
turli rollarni oʻynaydilar. Oʻyin qoidalariga rioya qila boshlaydilar. Muloqot shakllari bola hali guruh boʻlib oʻynamasidan avval, ya'ni oʻz- oʻzi bilan oʻynaganidayoq shakllanadi. Bu davrda bola oʻyin oʻynaganida koʻproq oʻzining hatti-harakatlariga ehtibor beradi. Oʻzaro munosabatlar orqali bola boshqa bola bilan muloqotga kirisha boshlaydi. 4 yoshli bolalar esa koʻproq boshqa bolalar bilan muloqotda boʻlishga harakat qiladilar. Bu bosqichda bolalar bir-birlari bilan oʻyinchoqlarini almashtiradilar, bir-birlariga yordam bera boshlaydilar. Hamkorlikda oʻynaladigan oʻyinda bolalar birbirlarini tushunishga, bir- birlariga yordam berishga oʻrganadilar. Endi bola oʻzi oʻynamasdan boshqa bolalar bilan oʻynashga harakat qiladi. Oʻyin oʻynaganda bolalar koʻpincha boshliq boʻlishga harakat qiladilar. Kim oʻyinni tashkil qilsa u doimo boshliq boʻlgisi keladi. Shunda konflikt (nizolar) kelib chiqadi. Oʻyindan qoniqmagan bola "men oʻynamayman, sen bilan,"- deb noroziligini bildiradi. Kichik va oʻrta maktabgacha yoshdagi bolalarda soʻz boyliklari oʻyin faoliyati orqali ortib boradi. Mashgʻulotlar orqali bolalarda nutq rivojlanib boradi. Chunki mashgʻulotlarda bolalar she'r yodlaydilar, ertaklar eshitadilar. Oʻyin vaziyati bolalarda nutq munosabatlarini rivojlantiradi. 2.2 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda muloqotdagi kamchiliklarni bartaraf etishda didaktik o'yinlardan foydalanish Bolalar o'sib, ulg'aygani sari ularning nutqi ham rivojlanib boradi. Bu davrda ba'zan nutqning ma'lum darajadagi buzilishlari kuzatilishi mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi boalalarda uchraydigan nutq kamchiliklaribartaraf etish yuzasidan xilma - xil yo'nalishda tadqiqot ishlari olib borilgan. Jumladan, Rossiyada R.Ye. Levina, L.F. Slirova, V.A. Kavshikov, Ukrainadi Ye.F. Sabotovich, O'zbekistonda L.R. Mo'minova, Ye.A. Boboeva tomonlaridan tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Biz o'z tadqiqotimizda Ushbu muammolar echimini echishga harakat qildik. Biz bolalar nutq faoliyatiga o'yinlarning qay darajada ta'sir etishni turli xil o'yinlar orqali sinab ko'rishga harakat qildik. Nutq buzilishlari bola shaxsining shakllanishiga, bilish faoliyatining rivojlanishiga 25
salbiyta'siretadi. Ma'lumki nuqsonli bolalar bilan muloqotga kirishish uchun, pedagogga pedagogik mahorat juda kuchli bo'lmog'i lozim. Chunki ko'pgina nuqsonlo bolalar (o'zlaridagi nuqsonlari sababli) o'zgalar bilan muloqotga kirishishni istashmaydi, istashsa ham qiynalishadi. Insonlar bir birlari bilan muomilaga kirishar ekan, ularning asosiy ko'zlagan maqsadlaridan biri o'zaro bir biriga ta'sir ko'zsatish, ya'ni fikr- g'oyalariga yaxshi ta'surot qoldirishdir.Ammo ko'pgina nuqsonli bolalarning fikr doirasi kuchsizroq bo'lib, ega bo'lgan fikrlarini ham nutqida aniq bayon ettirishga (nuqsonlari sababli) qiynalishadi. Shuning uchun pedagog birinchi bo'lib nuqsonli bolalarga psixologik ta'sir bu- turli vositalar yordamida bolalarning fikrlari, hissiyotlari va xatti harakatlariga ta'sir ko'rsata olishi darkordir. Ma'lumki nutq - bu so'zlashuv o'zaro muomala jarayoni bo'lib, uning vositasi -so'zlar hisoblanadi. Manologik nutqda, diologik nutqda ham odam o'zidagi barcha so'zlar zaxirasidan foydalanilib, eng ta'sirchan so'zlarni topib, sherigiga ta'sir ko'rsatishni xohlaydi. Hutqida nuqsoni bor bola esa ko'pgina hollarda shu nuqsonini yashirishi natijasida muloqotda kirishishni istamaydi, kirishsa ham tor doiradagi insonlar (oila a'zolari, bog'cha opasi va bir necha yaqin do'stlari) bilan muloqotga kirishadi. Shu sabab ularning so'zlar zaxirasi kam, davragirlik xislatlari sust bo'ladi. Ertaliklarga ham o'zlariga berilgan sherni qiynalib aytishadi. Ba'zi hollarga bunaqa bolalar nutqning paralingivistik ta'sirning bazi bir omillari nutqni susaytiruvchi, past tovushida ifodalash, to'xtashlar, duduqlanish, yutal, til bilan amalgam oshiriladigan harakatlar, nidolardan foydalanadi. Muloqot jarayonidagi harakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir birlariga ta'sir ko'rsatmoqchi bo'lishganda, dastavval nima deyish, qanday so'zlar vositasida ta'sir etishini o'ylar ekan. Muloqotning qanday kechishi va kimning ko'proq ta'sirga ega bo'lishi sheriklarning rollariga ham bog'liq. Ta'sirning tashabbuskori- bu shunday sherikki, unda ataylab ta'sir ko'rsatish maqsadi bo'ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqoridagi ta'kidlangan vositalardan 26
foydalanadi. Shunday ekan, suhbat jarayonida bola o'zini tashabbuskor etib his qilishi, ya'ni bola suxbatda o'zini asosiy rolda ekanligini sezishi kerak, buning uchun pedagog diologni shu maqsadda tuzishi lozim.eng avvalo bola bilan ishonchli munosabat o'rnarishi kerak.Suxbat jarayonida bola uni yaxshi ko'rishlarini va u to'g'risida g'amxo'rlik qilishlarini his eta olishi juda muhimdir. Pedagogning muloqot jarayonida o'yin, nutqiy mashqlar, barmoqlar teatri, qisqa saxna ko'rinishlarini o'ynash, rasmli topishmoqlar, ta'limiy o'yinlar, barmoqlar gimnastikasi va qofiyali so'zlar o'yinidan foydalanishi muloqotning ijobiy o'tishiga yordam beradi. Bola tomonidan berilgan bilimlarning o'zlashtirilishi uning hotirasiga ham bog'liqdir. O'yin inson faoliyatining ko'rinishlaridan biridir. Tadqiqotchilar o'yinning qadrini bola xulqini shakllantirishdagi kishining muomala chog'idagi xatti - harakatini aniqlab olishdagi ahamiyatini ta'kidladilar. O'yin bola hayotining uzviy qismidir. Bolalarning o'yin dunyosi boy va xilma - xildir. Nutq kamchiligiga ega bo'lgan bolalar bilan olib boriladigan mashg'ulotlarda o'yin usullari hamda elementlaridan foydalanish samarali natija beradi va shu sababdan keng qo'llaniladi. Shu sababli o'yin faoliyatidan keng foydalanish orqali bolaga har tomonlama ta'sir etish mumkin. O'yin bolaning aqliy rivojlanish vositasidir. O'yin vaqtida xilma - xil aqliy jarayonlar faollashadi, o'yinning vazifa va shartlari esa diqqatni to'plash, analizatorlarni farqlash, taqqoslash, umumlashtirish jarayonlarining faollashuvini talab etadi. Bir xildagi harakat va so'zlarning ko'p takrorlanishi bola ongida narsa va hodisalar haqidagi mustahkam bog'lanishlar hosil qiladi, muayyan fikr, xatti - harakatlarning tarkib topishiga yordam beradi. "O'yin - sinchkovlik va qiziquvchanlik olovini o't oldiruvchi uchqundir", degan edi V. A. Suxomlinskiy. O'yin bolalarning har tomonlama kamol topishida kata ahamiyatga ega bo'lib, o'yin vaqtida bolalarning sezgi, idrok, tafakkur, hayol, xotira, diqqat, iroda, xissiyot va boshqa ruhiy jarayonlari ishtirok etadi. O'yinlar bolalarning aqliy faoliyatini o'stirishga, ularning fikriy tashabbuskorligini oshirishga xizmat qiladi. Bolalarning xis tuyg'ularini shakllantirishga, ayniqsa, ularning sezgi a'zolari (ko'rish, sezish, tinglash va .b) faoliyatini faollashtirishga 27
yordam beradi. Didaktik o'yinlar xilma - xil materialllar asosida tashkil qilinadi. Masalan: qo'g'irchoqlar, o'yinchoqlar, rang - barang rasm va kartochkalar, turli geometrik shakllar, tabiiy materiallar shular jumlasidandir. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg'ulotlarda didaktik o'yinlarning ag'amiyati katta, bu o'yinlarni keng qo'llash bola tafakkuri, idroki, zehni, xotirasi, irodasi, bilim olishga bo'lgan qiziqishi va ehtiyojining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bolada atrof olamni bilishga bo'lgan qiziqish ortadi, ziyrakligi, ixtiyoriy diqqati, topqirligi tashabbuskorligi mustahkamlanadi. Bolalarda o'yin orqali, kattalarning xatti - harakati orqali voqe'likka munosabat shakllanadi, dunyoqarash, aqliy, axloqiy va jismoniy tomondan tarbiyalanadilar. O'yinlar o'z mazmuniga ko'ra bir necha turlarga bo'linadi: Didaktik o'yinlar; dramalashtirilgan o'yinlar; syujetli - roli; harakatli o'yinlar. Didaktik o'yinlarda bolalarning aqliy jixatdan o'stirish uchun kerakli bo'lgan muhim sifatlar hosil bo'ladi. O'yinlar bolalarning yoshiga va ruhiy rivojlanishiga qarab tanlanadi. Ta'limiy o'yinlar orqali bolada mustaqillik, faollik, ijodkorlik masalaga ongli yondoshish malakasi o'stirib boriladi. O'yin ko'rgazmalilik, oddiydan murakkabga o'tish usullari orqali olib boriladi. Tarbiyachi va logopedlar ta'limiy o'yinlarni o'tkazish davomida bola harakatini faollashtiradi, mustaqil harakat qilish qobiliyatini shakllantiradi, o'yindan to'g'ri foydalanilsa bolaning tafakkuri, nutqi, xotirasi ya'ni, aqliy tarbiyasiga asos solinadi. Ta'limiy o'yinlar orqali bolalar eshitish, ko'rish, sezish a'zolari orqali turli narsalar va ularni yasashda ishlatiladigin materiallarning xossalarini, ularni bir - biriga taqqoslashni, guruhlarga ajratishni o'rganadilar. Ta'limiy o'yinlar guruhlardaquyidagixildao'tkaziladi. O'yinchoqlar bilan o'ynaladigan o'yinlar-"Ayiqlarga nima kerak?", "Jajji oyoqchalarimiz", "Zumrad uchun ko'ylaklar". Stol ustiga qo'yib o'ynaladigan o'yinlar- "Nima qaerda yuradi?", "Men aytgan narsani ko'rsat", "Kimning qo'lida nima bor?". Og'zaki usuldagi ta'limiy o'yinlar- "Qo'g'irchoq Lolaxonni cho'miltiramiz", "Qo'g'irchoq Lolaxon mehmonga keldi", "Ajoyib xaltacha", "Shaklini top", "Rangini top" kabi o'yinlar kiradi. 28
Eshitish va ko'rish a'zolarini faollashtirish uchun "Xilini top", "Qaysi daraxtning mevasi?", "Nimaning pati", "Mevasini top", "Onasini top", "Mevalar va barglar", "Domino", "Yovvoyi va uy xayvonlari", "Ishlash uchun nima zarur", "Bu uychada kanday xayvon yashaydi","Bu kim yoki nima?" singari O'yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu o'yinlar orqali bolalarda meva va sabzavotlar, hayvonlar va parrandalar, yil fasllari, kiyim - kechak va boshkalar, kabi tasavvurlar boyitilib, kengaytirilib, ko'rish va eshitish, esda saqlab qolish xususiyatlari rivojlantirilib boriladi. Katta guruhlarda o'ynaladigan "Ayting biz topamiz", "Topgan topag'on", "Oshqovoq pishdi", "Loy o'yini", "Bog'bonlar" o'yinlari orqali bolalarda mehnatga muhabbat ruhi tarbiyalanib boradi. Mazkur o'yin jarayonida nutq muhim ahamiyat kasb etadi: u orqali bolalar fikr, his tuyg'u va kechinmalar bilan almashinishadi, o'zaro do'stona munosabatlar o'rnatishadi. Nutq bolalarga tevarak - atrofdagi hayot voqealari va faktlariga bir xil munosabatda bo'lishga yordam beradi. Nutqida nuqsoni bo'lgan bolalar Bilan olib boriladigan didaktik o'yinlar so'z va gaplarni tahlil qilishga, so'zlarda tovush va harflarning o'rnini aniqlash, jumlalarni to'g'ri tuzishga o'rgatadi. XULOSA Xulosa qilib aytganda pedagoglar bolalarga kichik maktab yoshidan boshlab turli muloqot shakllarini qo'llagan holda ogʻzaki va yozma nutqni oʻstirish bilan birga nutq madaniyatini va muloqotga kirishishni ham oʻrgatib borishlari zarur hisoblanadi. Odamning aqliy faoliyati - bu umumiy ham maxsus aqliy harakatlar xilma- xil sistemalarining katta miqdoridir. Ko'pgina vazifalarni hal etishda qo'llaniladigan keng ko'lamdagi aqliy harakatlarni shakllantirish ayniqsa muhimdir. Bunday harakatlarga tahlil, qiyoslash, umumlashtirish kiradi. Ham umumiy, ham maxsus aqliy harakatlarni egallash aqliy faollik va mustaqillikning rivojlanishini ta'minlaydi. Aqliy faoliyatning moslashuvchanligi va jo'shqinligini, hodisalarni xilma-xil aloqalar va munosabatlarda ko'ra bilishni shakllantirishga yordam beradi. «Aqliy mehnat madaniyati» tushunchasiga aqliy faoliyatning 29
umumiy tartibliligi, rejaliligi, vazifani qabul qilish va o'rtaga qo'yish, uni hal etish usullarini tanlash, ishlab chiqilgan harakat rejasini izchil amalga oshirish natijalarini baholash mahorati kirar ekan demak, aqliy mehnat madaniyati aqliy faoliyatning maxsus malakalari va ko'nikmalarini, kitob bilan ishlash ko'nikmalarini egallash darajasi, ilmiy bilish usullari va metodlarini, turli yordamchi vositalardan foydalanish bilan ham bog'liqdir. Aqliy tarbiya vazifalaridan har biri maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashni tashkil etishda hisobga olish lozim bo'lgan bir qancha vazifalarni o'z ichiga oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat. Boladagi qiziquvchanlik va aqliy faollikning qay darajada rivojlanganligini bolaning aqliy ko'rsatkichining yuqoriligida ko'rish mumkin. Shunday qilib maktabgacha ta'limning pedagogik jarayonda o'yin jarayonida, maktabgacha yoshidagi bolalarni aqliy rivojlanishiga katta ahamiyat qaratish lozimdir. TAVSIYALAR Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda muloqotda qiyinchilik yuzaga kelishi odatda tabiiydir. Bu qiyinchiliklar o'rtacha muhokama va muqobil muloqotda ko'p payt qayd etiladi. Yosh bolalar o'zlarini ifodalashda, qiziqishlarini bayon etishda, do'stlar bilan muloqotda bemorlikka olib kelishda yoki o'z-o'zlarini aniqlashda qiyinchilikda yashaydigan paytdir. Quyidagi tavsiyalar, yosh bolalar uchun muloqotda qiyinchilikni kamaytirishga yordam bera olishi mumkin: Bolaning dunyoqarashini tushunish va uni tahlil qilish. Har bir bola uchun individual yondashuvdan foydalanish muhimdir. Yosh bolalarning qanday qilib ehtiyojlarini aniqlash, ularni tushunish, qo'llash va ularga oldinga harakat qilishga undash juda muhimdir. Bolalarning o'zlarini ifodalashida, tushunishida yoki o'zgarishlarga undalganda sabr qo'llash juda muhimdir. Ularni yaxshi eshitish va tushunish uchun vaqt berishingiz, ularndagi muammolarni hal etishga yordam bering. Yosh bolalarning o'z fikrlarini bayon qilishiga imkon berish, ularni qo'llash va ularga o'zlarini ifodalashda ko'mak berish. 30
Muloqot va faoliyatlar orqali bolalarga o'zlashtirishga yordam berish. Turli faol va nofaol o'yinlar orqali bolalarni shakllantirish Yosh bolalarga do'stlar bilan muloqot qilish, ularning o'zlarini ifodalashini o'rganishga yordam bera oladi. Bu, ularning o'zlarini qanday tushunishlarini va bayon qilishlarini tushunishga yordam beradi. Agar bolalarda psixologik muammo bo'lsa, mutaxassisdan yordam olish juda muhimdir. Bolaning yoshiga va muammo turligiga qarab, professional yordamni izlash mavjud bo'ladi. Muloqotdagi qiyinchiliklarni kamaytirish uchun sabr, sodda va o'zgaruvchan qarorlar, vaqt va e'tibor juda muhimdir.Ota-onalarning va maktab o'qituvchilarining kuchli qo'llash va qo'llanishlari ham yosh bolalarni muloqotda qo'llashda juda muhim ahamiyatga ega. 31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI: 1.Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2017. 2.Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutqi. - Toshkent: O'zbekiston, 2016. 3.O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 yil, 6-son, 70-modda. 4.Vohidov. M. "Bolalar psixologiyasi" T.,1999. 5.Davletshin. M va boshqalar" Yosh va pedagogik psixologiya "T., 2002 6.Nishonova.Z ,Alimova.G "Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi" T.,2006 7.Shomaxmudova R.Sh., Mo`minova L.R. «Bog`cha va kichik maktab yoshidagi bolalar talaffuzidagi nuqsonlarni tuzatish». T., 2000 y. 8.Norboshyeva. M.O "Bolalar psixologiyasi" T., 2002 9.G'oziеv E.G. Psixologiya Toshkеnt «Univеrsitеt» 1994 10.G'oziеvE.G.Psixologiya.Toshkеnt,«O'zMU»,2002. G'oziеv E. G. Tafakkur psixologiyasi. Toshkеnt. 2002 11.G'oziеv E.G'. O'quvchilarda umumlashtirish usullarini shakllantirish va ularning aqliy taraqqiyoti. Toshkеnt. 2001. 12.G'oziyev E. Ontogenez psixologiyasi. Monografiya. - Toshkent: Noshir. 2011. Internet manbalari: 1. www.prezident.uz 2. www.wto.org 3. www.wikipedia.org 32
Download 47,38 Kb.




Download 47,38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



University of management and future technologies gumanitar fanlar kafedrasi fanidan tayyorlangan kurs ishi

Download 47,38 Kb.