|
Impulsli modulyatsiya turlari
|
bet | 19/21 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 56,17 Kb. | | #133866 |
Bog'liq Uolsh almashtirishi haqida tushuncha bering-fayllar.org73..Impulsli modulyatsiya turlari.Modulyatsiyalanadigan impulslar ketma-ketligi chastotasi V.A. Kotelnikovning uzluksiz signallarni diskretlash haiqdagi teoremasi asosida aniqlanadi, bunda impulslar takrorlanish chastotasi modulyatsiyalovchi analog signal maksimal chastotasi dan kamida ikki barobar katta bo‘lishi shart.Turli parametrlari modulyatsiyalangan impulslar ketma-ketliklari vaqt diagrammalari 7.4-rasmda keltirilgan.Impuls amplitudasi modulyatsiyasi (IAM), bunda impulslar ketma-ketligi amplitudalari uzatilayotgan xabarga mos ravishda o‘zgaradi. Impulslar amplitudasi modulyatsiyalanganda impuls amplitudasi quyidagicha o‘zgaradi:.IAM signallar ikki xil bo‘lishi mumkin: a) birinchi tur IAM-I, bunda impulslar oniy qiymatlari modulyatsiyalovchi xabarga mos ravishda o‘zgaradi;b) ikkinchi tur IAM-II, bunda impulslar amplitudasi uning davomiyligi da o‘zgarmas bo‘lib, modulyatsiyalovchi signalning takt nuqtasidagi qiymatiga mos keladi (14.5v-rasm).Impuls davomiyligi modulyatsiyasi (IDM), bunda uzatilayotgan xabarga mos ravishda impulslar (kengligi) davomiyligi o‘zgaradi. Impulslar davomiyligi modulyatsiyalanganda impulslar kengligi quyidagicha o‘zgaradi:,bunda, – impulsning bir tomonga maksimal kengayishi.IDM ikki turli bo‘lishi mumkin (14.5g-rasm):a) impulsning takt chizig‘iga nisbatan faqat bir tomonga – orqa tomonga ga uzatilayotgan xabar signali amplitudasiga mos ravishda kengayishi;b) impulsning takt chizig‘iga nisbatan har ikki tomonga uzatliyotgan xabar amplitudasiga mos ravishda ga kengayishi (old va orqa frontning bir hilda surilishi);
74.Veyvlet almashtirishi haqida tushuncha bering.Davriy bo‘lmagan chastota-vaqt tahlili umumiy muammosini yechish uchun Veyvlet almashtirishdan foydalaniladi (wavelet transform), u nostasionar signallarni tahlil etish vositasi hisoblanadi. Veyvlet almashtirishdan signallarni filtrlashda, shovqinlarni yo‘qotishda, sinulyarlik joyini topish va ularning taqsimlanishini aniqlash kabi masalalarni yechishda foydalanish mumkin.Fure almashtirishida signal qiymati darajasi ko‘rsatkichida mavhum bo‘lgan hissa (vesovoy) koeffitsienti bo‘lsa va argument garmonik shaklda bo‘lib chastotaga bog‘liq bo‘lsa, ya’ni sinusoidal tashkil etuvchi bo‘lsa, Veyvlet almashtirishda xususiy hissa koeffitsientlari qiymati sifatida Veyvlet funksiyalardan foydalaniladi.Hamma Veyvlet funksiyalar asosiy (bazaviy) Veyvlet funksiyasidan olinadi. Ba’zi hissalar bo‘lishini ta’minlash uchun bir qator asosiy (bazaviy) funksiyalardan foydalaniladi. Talab etiladigan xossalarga ega bo‘lish uchun Veyvlet funksiya tebranishlar shaklida bo‘lib, doimiy tashkil etuvchisi bo‘lmasligi kerak, spektri ma’lum bir kichik polosada joylashgan bo‘lishi, kichik vaqt ichida nolga teng qiymatgacha kichiklashishi va aksincha, kichik vaqt oralig‘ida o‘zining eng katta qiymatiga ega bo‘lishi kerak. Bu xususiyat Veyvlet almashtirish bir qiymatli bo‘lishiga kafolat beradi.
|
| |