|
Urbanizatsiya, ekologiya va salomatlik, urbanizatsiyaning tarixi
|
bet | 1/4 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,47 Mb. | | #155629 |
Bog'liq 2 5399973595696869646 (копия)
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ВА КОММУНИКАЦИЯЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ВАЗИРЛИГИ МУҲАММАД АЛ-ХОРАЗМИЙ НОМИДАГИ ТОШКЕНТ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ УНИВЕРСИТЕТИ “Энергия таъминлаш тизимлари” кафедраси “ЭКОЛОГИЯ” фанидан Мустақил иш
Бажарди: Исмаилов Зиёдбек
Urbanizatsiya, ekologiya va salomatlik, urbanizatsiyaning tarixi Reja: 1.Urbanizatsiyaning tarixi 2. Urbanizatsiyaning o’ziga xos tomonlari 3. Urbanizatsiya va shovqin-suron, ekologii faktor 4. Shovqin-surondan muhofaza b. Urbanizatsiya va ijtimoiy muammolar Urbanizatsiyaning tarixi
Insoniyat keyingi 100—125 yil davomida manzaralarni, tog’u toshlarni, o’rmonlar va suv havzalari qirg’oqlarini, dengiz va okean qirg’oqlarini va boshqalarni keng ko’lamda o’zlashtirishga muvaffaq bo’ldi.
Tabiiy muhitga texnika va mexanizmlar bostirib kirib bordi, tabiiy manzara ko’rinishlarni oyoq osti qilib, ular buzila boshlandi. Bu esa urbanizatsiyani boshlanishi edi.
1900 yilgacha birorta jamiyat urbanizatsiyalashgan deb nom olmagan. Dunyo, olam hali agrar iqtisodda, asosiy rolni qishloq xo’jaligiga bergan edi. 1900 yilda birgina Buyuk Britaniya urbanlashgan mamlakat edi. 1965 yilga kelib, ya’ni 65 yildan so’ng hamma sanoatlar rivojlangan industrial mamlakatlarda urbanizatsiya jarayonlari rivojlanib ketdi.
Urbanizatsiya deganda nimani tushunmoq zarur? Urbanizatsiya bu evolyutsion jarayon bo’lib, bir kichik territoriyada sanoat korxonalari, transport vositalari, ayniqsa, avtomobil transporti, ma’muriy idoralarning, oliy, o’rta o’quv yurtlar, kollej, litsey va boshqa maskanlar, banklar, madaniy hordiq chiqarish maskanlari, kinoteatrlar, konsert zallari, osmono’par imoratlar, favvorolar va boshqa ijtimoiy, iqtisodiy muammolarni hal etuvchi tashkilotlar, turli idoralar, savdo rastalari, bozorlar, vokzallar va boshqalarning, to’plangan joyi, ayniqsa, odamlarni zichligidir.
|
| |