|
Urganch davlat pedagogika instituti
|
bet | 10/12 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 154,48 Kb. | | #238688 |
Bog'liq 6. Interfaol metodlarni qo\'llash yuzasidan tavsiyad) «FSMU» texnologiyasi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni xal etishda, bahs-munozaralar o'tkazishda yoki o’quv – seminarii yakunida (tinglovchilarning o’quv-seminari haqidagi fikrlarini bilish maqsadida), yoki o’quv rejasi asosida biron bo'lim o'rganib bo'lingach qo’llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya tinglovchilarni o'z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o'z fikrini boshqalarga o'tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda o’quvchi-talabalarni, o’quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o'rgatadi.
Maqsad. Ushbu texnologiya tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o'z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
(F) – fikringizni bayon eting.
(S) – fikringiz bayoniga biron sabab ko'rsating.
(M) – ko'rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring.
(U) – fikringizni umumlashtiring.
e) «Sinkveyn» texnologiyasi
Sinkveyn (axborotni yig’ish) – (frantsuzcha besh ma'nosini bildiradi) o'rganilayotgan materialni puxta anglash uchun qo'llanadigan interfaol usullardan biri bo'lib, unda tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) yiqilgan holda turli variantlarda va turli nuqtai nazar orqali ifodalanadi. Murakkab g’oya, sezgi va hisobotlarni birnechagina so'zlar bilan ifodalash malakasini shakllantiradi, kritik fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Sinkveyn – mavzuga tegishli besh qatorli so'zlar to'plami:
1 - qatorda mavzu bitta so'z bo'lib, ot bilan ifodalanadi (kim?, nima?)
2 - qatorda 2 ta so'z – sifat (qanday?, qanaqa?)
3 - qatorda funktsiyani anglatuvchi uchta so'z (fe'l)
4 - qatorda 4 ta so'zdan iborat fikr (sezgi)
5 -qatorda mavzu mohiyatini takrorlaydigan, unga o'xshash 1 ta so'z yoziladi.
Muz yorish. Talabalar, talabalar orasidagi notanish ish, noqulay ishni yo'g’otish maqsadida guruh, auditoriya kichik guruhlarga bo'linib o'zlari haqida gapirib berish taklif qilinadi. Shu bilan yaxshi muloqot o'zaro hakamlikka sharoit yaratiladi. Yoki biror noma'lum narsa haqida o'z bilganlari bilan hamkorlashib to’g’ri xulosa qilinadi.
O’qitishning samaradorligini oshirishda o’quv jarayonida «Blits o'yin», «Chorraha», «Muomala texnologiyasi», turli ish o'yinlari texnologiyasi kabilardan ham foydalanish mumkin. Masalan, «Agar men … bo'lsam», «Men shunday qilgan bo'lardim» kabilar.
Yuqorida misol tariqasida keltirilgan ushbu zamonaviy metodlar, treninglarda qo’llanilgan texnologiyalar talabalarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga yordam beradi.
|
| |