Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish




Download 154,48 Kb.
bet3/12
Sana16.05.2024
Hajmi154,48 Kb.
#238688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
6. Interfaol metodlarni qo\'llash yuzasidan tavsiya

2. Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish (R.Slavin, 1986). Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta talabadan tashkil topadi. O’qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so'ngra talabalarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. Talabalarga berilgan o’quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir talaba topshiriqning ma'lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir talaba o'zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o'rtoqlarini o'qitadi, so'ngra guruh a'zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi.
O’qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.
Talabalarning kichik guruhlardagi o’quv faoliyati o'yin (turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin.
O’qituvchi va talabaning hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda asosiy e'tibor o'zaro munosabatning rivojlanishini o'rganishga qaratiladi, o’qitishni guruhli tashkil qilish jarayoni bayon qilinadi.
Psixolog A.V. Petrovskiy jamoadagi shaxslararo munosabatlar faoliyatdan kelib chiqishini o'rganib, ta'lim jarayonidagi o’qituvchining talabalar bilan hamkorligini tashkil qilish faqat ularni muloqotga ehtiyojini qondirish vositasi emas, balki o’quv materialini o'zlashtirishning ham vositasi ekanligini ta'kidlagan edi.
O'zaro hamkorlikning muhim omili va talabalarning o'zaro munosabati xususiyatini belgilovchi asos o’qituvchi bilan talaba hamkorligining shakllaridir. Hamkorlikdagi o’quv faoliyati o’qituvchi va talaba munosabatlarining va birgalikdagi hatti-harakatlarining alohida turidirki, u o'zlashtirish ob'ektini, bilim faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni ta'minlaydi.
Hamkorlikdagi o’quv faoliyatining maqsadi o'zlashtiriladigan faoliyat va birgalikdagi harakatlar, munosabat va muloqotning boshqarish mexanizmini yaratishdir. Hamkorlikdagi faoliyatning maqsuli talabalar ilgari surgan yangi g’oyalar va o'zlashtirilayotgan faoliyatning mohiyatiga bog’liq maqsadlar va sheriklikdagi shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining yuzaga kelishidir.
Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o’qituvchi bilan talabaning birgalikdagi hatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday hatti-harakat o’qituvchining talabaga ko'rsatadigan yordamidan boshlanadi;
Talabalarning faolligi asta-sekin o'sib borib, butunlay ularning o'zi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi; o’qituvchi bilan talaba o'rtasidagi munosbata esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo'ladi.
Pedagogika – psixologiya fanida hamkorlikning 8 ta shakli mavjud. Ular quyidagilardan iboratdir:
faoliyatga kirish;
mustaqil harakatlar o’qituvchi bilan talaba hamkorlikda bajaradilar;
o’qituvchi harakatni boshlab beradi va unga talabani jalb etadi;
taqlid harakatlari (o’qituvchidan ibrat olgan talaba anna shu namuna asosida harakat qiladi);
madad harakatlari (o’qituvchi talabaga oraliq maqsadni va unga erish usullarini tanlashda yordam beradi va oxirgi natijani nazorat qiladi);
o'zini – o'zi boshqarish harakatlari (o’qituvchi umumiy maqsadni ko'rsatishda oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi);
o'zini – o'zi ko'rsatuvchi harakatlar;
o'zini – o'zi uyushtiruvchi harakatlar.
Interaktivlik – o’qituvchi va talabaning o'zaro ta'siri. hamkorlik faoliyatini takomil bosqichiga o'tish jarayonida o'zaro ta'sir o'tkazish harakatini baholashdan o'z-o'zini baholash darajasiga ko'tarilishi sodir bo'ladi. Ushbu jarayon hamkorlik dinamikasidan dalolat beradigan eng muhim omillardan biri vazifasini o'taydi.

Download 154,48 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 154,48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish

Download 154,48 Kb.