Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom




Download 99,26 Kb.
bet5/16
Sana19.01.2024
Hajmi99,26 Kb.
#141064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazi-fayllar.org
Dinora ppt, Optika, 1 2 3 sinf Ona tili va o\'qish savodxonligiМетодик тавсия, 1.KIMYO TAQVIM20, Document 37, 1-ma\'ruza DTTL, AKADEMIK, Texnologiya-Pazandachilik-6-sinf-to-garak-34-soat, I-bob ayollar yelkali yengil kiyimlarini loyihalash va texnik mo, 10-Mavzu Internet xizmatlari va uning dasturiy ta\'minoti, Tadbirkorlik faoliyati imkoniyatlari va uning foydasini aniqlash, Tadbirkorlik etikasi va madaniyati., portal.guldu.uz-«KIMYO» fanidan Laboratoriya mashg’ulotlari uchun uslubiy ko’rsatma, audit, o\'zbek tilining sohada qo\'llanilishi
1.2 Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom
1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”, “Turizm to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF–4861-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PQ–2666-son qaroriga muvofiq turizm faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.


2. Turizm faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hududiy boshqarmalari, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri turizmni rivojlantirish departamentlari (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-oktabrdagi 781-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/781/1984-son)
Turizm faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, litsenziyalovchi organga turizm faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan yuridik shaxs (turizm operatorlari, turizm agentliklari, ekskursiya tashkilotlari, turizm firmalari) (keyingi o‘rinlarda litsenziya talabgori deb ataladi) litsenziya talabgori bo‘lishi mumkin.
4. Turizm faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar turizm xizmatlari ko‘rsatish shartnomasi shartlariga muvofiq turlarni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar, jumladan band (bron) qilish, joylashtirish, tashish, ovqatlanishni tashkillashtirish, shuningdek rekreatsiya, ekskursiya va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi litsenziya talabgorlariga beriladi.
Bunda ekskursiya xizmatlari ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun turizm faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olish talab etilmaydi.
5. Litsenziyalovchi organ litsenziyani quyidagi uch yo‘nalish bo‘yicha beradi:

Download 99,26 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 99,26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom

Download 99,26 Kb.