• Ijodiy o‘qish
  • Izlanish
  • Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti




    Download 77,36 Kb.
    bet3/8
    Sana24.01.2024
    Hajmi77,36 Kb.
    #144243
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    oqish kitobi darsligida berilgan maishiy ertaklarni oqitishda ilgor pedagogik texnologiyalarni qollash
    Document 2, 1-Dasturiy injinering mustaqil ish, Amaliyot Shartnoma, №1 Электроника ва схемалар 2 фани (1), TEST ORALIQ rus tili savoli — копия, 1- tema Real waqıt sistemaları haqqında túsinik-hozir.org, 4-Mavzu Vizuallashtirish va maxsus effektlar o’rnatish. Tajriba-hozir.org, Adobe Dreamweaver yordamida xml ma\'lumotlarini ko\'rsatish-hozir.org, Davlat siyosatida ijtimoiy majmua-azkurs.org, arshi mu andislik-i tisodiyot instituti “Axborot texnologiyalar, 1-mavzu. Iqtisodiyot, bozor va iqtisodiy siyosat, OQUV ADABIYOTINING REJA PROSPEKTI, Pul va kredit.Urazboyev, sug\'urta (1) (1)
    Izohli o‘qish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshi va saviyasiga mos bo‘lgan, ularning asta-sekin o‘sishini ta'minlaydigan metod ekanligi uzoq yillik tajribalarda sinaldi.
    Izohli o‘qish ongli, tushunib, o‘ylab o‘qishga o‘rgatadi, u o‘qilayotgan asar matni ustida o‘ylashga majbur qiladi, yozuvchi ifoda etayotgan voqea-hodisalarni his etishni, asar mazmunini o‘zlashtirishni ta'minlaydi. Izohli o‘qishning tamoyillari, o‘qishni hayot bilan bog‘lab tashkil etishni, o‘qishning
    ongli va ta'sirchan bo‘lishi uchun o‘quvchilarning hayot tajribasiga, taassurotlariga asoslanishni, o‘qishni ko‘rgazmali tashkil etishni taqozo etadi. Izohli o‘qish o‘quvchiga bilim berishdan tashqari ularni tarbiyalaydi, o‘qish malakalarini takomillashtiradi. Izohli o‘qish darslarida o‘qitilayotgan asar mazmunini yoritish, lug‘at ustida ishlash, o‘qilgan matnni qayta hikoyalash asosiy ish usullaridan hisoblanadi. Izohli o‘qish tarixiy mavzudagi asarlarni o‘rganishda, asardagi badiiy til vositalarining vazifalari va ma'nolarini ochishda katta ahamiyat kasb etadi.
    Ijodiy o‘qish metodiga ham e'ibor qaratildi. Ijodiy o‘qish asar o‘qib berilgach, o‘quvchilarda hosil bo‘lgan tasavvurni aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan suhbatda, hikoyalardagi lavhalarga sarlavha topishda, reja tuzishda, qayta hikoyalashda, asar mazmuniga mos rasrnlar chizishda, asar yuzasidan ijodiy xarakterdagi yozma ish yozishda o‘quvchilarni faollashtiradi.
    Izlanish metodidan ham foydalaniladi. Bu asar syujeti yuzasidan o‘quvchilarga savol tuzdirishda, qahramonlarga tasvir berishda o‘z ifodasini topagi.
    Dars davomida reproduktiv metoddan ham foydalaniladi. Masalan, o‘qituvchi dastlabki o‘qish darslarida o‘zi asar matnini qismlarga bo‘ladi, yozuvchining aytmoqchi bo‘lgan muhim fikriga o‘quvchilar diqqatini tortib, uni aniqlab ko‘rsatadi, uni sarlavha shakliga keltiradi, yozuvchi voqeani ifodalashda foydalangan so‘z, ibora, ifodalarni aniqlab ko‘rsatadi, ularga yuklatilgan ma'noni o‘quvchilar bilan birga aniqlaydi. Bular o‘quvchilar uchun bir ko‘rsatma vazifasini bajaradi. Shundan so‘ng o‘quvchilar o‘qituvchining yo‘llovchi savollari yordamida bu vazifalarni o‘zlari bajaradilar.
    Pedagogik texnologiyaga asoslangan ta'lim jarayonida o‘qituvchi faoliyati va o‘quvchi faoliyati doirasi aniq belgilanadi, ta'limni tashkil etishning aniq texnologiyasi ko‘rsatiladi.
    Hozirgi ta'lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy vositalardan biri interfaol ta'lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat.
    Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitishning asosiy vazifalaridan biri bilimlarni sistemalashtirish, so‘zlar va ularning grammatik formulasini aniqlash, savodli yozuv ko‘nikmasini hosil qilishdir. Bolalarning savodxon bo‘lishiga erishish uchun birinchidan o‘quvchilar xotirasida so‘zlarning yorqin tasvirini mustahkamlash, ikkinchidan so‘z tarkibi va gap bo‘laklarini hamda tez farqlash qobiliyatini o‘stirish kerak. Bu vazifa morfologiyani o‘rganish jarayonida amalga oshiriladi.
    Barcha fan o‘qituvchilari dars mashg‘ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. Pedagogik texnologiyani qo‘llash natijasida o‘qituvchilarni mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, sog‘lom muloqot, munozara, baxs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib bormoqda. Texnologiyada interfaol usullar ko‘p turli bo‘lib, ularning hammasiga ham har qanday progressiv usullar kabi eng avvalo, oqituvchidan mashg‘ulot oldidan katta tayyorgatlik ko‘nikmasini talab qiladi. Shu mashg‘ulotlarni tashkil qilishda interfaol darsning asosiy xususiyatlarini uning an'anaviy darsga nisbatan ayrim farqlarini ko‘rib chiqish orqali yaqqolroq idrok etish mumkin.



    Download 77,36 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 77,36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti

    Download 77,36 Kb.