Ushbu qo’llanma Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o’quv -uslubiy kengashi qaroriga binoan chop etilmoqda




Download 375.5 Kb.
bet1/14
Sana18.10.2023
Hajmi375.5 Kb.
#88433
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
C тайёр
Mavlonberganova Iroda 3 СЕКЦИЯ, uzbek coders, 3 MI KI-12-19 sirtqi talabasi Raxmonova Fotima, YO\'L HARAKATINI TASHKIL ETISH, Biz oldingi mavzuda aytganimizdek, inson yashamog’i uchun ovqatl, Soha iqtisodiyoti va menejmenti o`quv qo`llanma 1, 16. Grammatik ma’no uning turlari, 18. So\'zlarni turkumlash tamoyillari, tasnif asoslari., Microsoft Word Document (4), 2-amaliy topshiriq, Ma\'ruza № 8, Tarmoq identifikatsiyasi va autentifikatsiyasi protokollari, Smtp protokollari, sug`orish

C++
Hоzirgi kunda Respublikamizdagi oliy o’quv yrtlarida «Informatika va ахborot texnologiyalari» yo’nalishi talabalariga o’quv rejasiga ko’ra turli хil dasturlash tillarini o’rgatish mo’ljallangan. Ular оrasida С++ tili o’zining imkoniyatlari va qo’llanilashi ko’lamiga qarab yuqori o’rinlarda turadi. Мutaxasislarning fikriga ko’ra С++ tili Assамbler tiliga eng yaqin bo’lib, tezlik jihatidan Assамblerdan 10% orqada qolar ekan.
Ushbu qo’llanmada С++ algoritmik tili to’g’risida boshlang’ich ma’lumotlar berilgan bo’lib, yangi mavzular orasida ba’zi oddiy dasturlar ham keltirilgan. Bu dasturlarni takomillashtirishni o’quvchilarning o’zlariga xavola qilamiz. Buning uchun ular С++ tili muhitida ishlashni o’rganishlari va qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishlari kerak.
Qo’lalanma oson tilida oddiydan murakkabga qarab borish tamoyili asosida yozildi. Ushbu qo’llanma С++ tilida dasturlashni boshlovchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, undan barcha bosqichdagi talabalar, magistrantlar, aspirantlar va tilni mustaqil o’rganayotganlar foydalanishlari mumkin.
Ushbu qo’llanma Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o’quv –uslubiy kengashi qaroriga binoan chop etilmoqda.


KIRISH
C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa o'z navbatida B va BCPL tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun mo'ljallangan edi. Ken Thompson
o'zining B tilida BCPL ning ko'p hossalarini kiritgan va B da UNIX operatsion sistemasining birinchi versiyalarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til bo'lgan. Yani o'garuvchilarning ma'lum bir tipi bo'lmagan - har bir o'zgaruvchi kompyuter hotirasida faqat bir bayt yer
egallagan. O'zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, yani butun sonmi, kasrli sonmi yoki harfdekmi, dasturchi vazifasi bo'lgan.
C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratoriyasida, DEC PDP-11 kompyuterida qo'lladi. C o'zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko'p muhim tomonlarini o'z ichiga olish bilan bir qatorda o'zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga bog'langan tildir. Lekin yahshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa bo'ladi.
1983 yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi. Va 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo bo'yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi. Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi o'zgarishlar yoki umuman o'zgarishlarsiz juda ko'p kompyuter platformalarida ishlaydi.
C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko'p qo'shimchalarni o'z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob'ektlar bilan dasturlashga imkon beradi.
Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoda. Buni ta'minlash uchun ob'ektli dasturlash g'oyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi, programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob'ektlat orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi.
C++ dan tashqari boshqa ko'p ob'ektli dasturlshga yo'naltirilgan tillar paydo bo'ldi. Shulardan eng ko'zga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda joylashgan ilmiy-qidiruv markazida (PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir. Smalltalk da hamma narsa ob'ektlarga asoslangan. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga o'hshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob'ektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob'ektli dasturlash falsafasi paydo bo'lganiga ham yigirma yildan oshayapti.
C++ funksiya va ob'ektlarning juda boy kutubhonasiga ega. Yani C++ da dasturlashni o'rganish ikki qismga bo'linadi. Birinchisi bu C++ ni o'zini o'rganish, ikkinchisi esa C++ ning standart kutubhonasidagi tayyor ob'ekt/funksiyalarni qo'llashni o'rganishdir.

Download 375.5 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 375.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ushbu qo’llanma Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o’quv -uslubiy kengashi qaroriga binoan chop etilmoqda

Download 375.5 Kb.