Yo’l harakatini tashkil etishning asosiy uslubiy yo’nalishlari tayanch so’zlar va iboralar




Download 20.28 Kb.
bet1/3
Sana11.05.2023
Hajmi20.28 Kb.
#58583
  1   2   3
Bog'liq
YO\'L HARAKATINI TASHKIL ETISH
Mavlonberganova Iroda 3 СЕКЦИЯ, uzbek coders, 3 MI KI-12-19 sirtqi talabasi Raxmonova Fotima, Biz oldingi mavzuda aytganimizdek, inson yashamog’i uchun ovqatl, Soha iqtisodiyoti va menejmenti o`quv qo`llanma 1, 16. Grammatik ma’no uning turlari, 18. So\'zlarni turkumlash tamoyillari, tasnif asoslari., Microsoft Word Document (4), C тайёр, 2-amaliy topshiriq, Ma\'ruza № 8, Tarmoq identifikatsiyasi va autentifikatsiyasi protokollari, Smtp protokollari, sug`orish

YO’L HARAKATINI TASHKIL ETISHNING ASOSIY USLUBIY
YO’NALISHLARI
Tayanch so’zlar va iboralar: tezliklar bo’yicha ajratish; tasmalar bo’yicha ajratish; ixtisoslashtirilgan transport; qo’shimcha tasma; tormozlanish; tezlashish; og’ir yo’l sharoiti; avtomobilь-traktor oqimi; to’xtab turish; harakatni boshqarish; avtomatik boshqarish; boshqarish tasnifi; mexanik kontaktli; induktiv magnitli; impulьslab zondlash; nurlash; fotoelektrik; televizion; maxsus avtomobil; laboratoriya; tishlashish koeffitsienti; mustaxkamlik; ravonlik; g’adir-budirlik; yo’l qoplamasi.
REJA:
1. Yo’l harakatini tashkil etishning asosiy uslubiy yo’nalishlari.
2. Yo’l harakatini operativ tashkil etish va ularga kerakli ma’lumotlarni to’plash. Harakatni tashkil etishning ikkita asosiy usuli mavjud bo’lib, ular transport oqimini tezliklar bo’yicha polosalarga va yo’nalishlarga ajratishdir. Transport oqimini tezliklar bo’yicha polosalarga ajratishda quyidagi ishlar bajariladi:
1. Ko’p polosalik yo’llarda sekin yuruvchi avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar,
mahalliy transport vositalari, tranzit transportlar va velosiped harakati uchun maxsus ixtisoslashtirilgan polosalar ko’zda tutiladi.
2. Yo’lning tik ko’tarilish uchastkalarida sekin harakatlanuvchi avtomobillar uchun
qo’shimcha polosa quriladi.
3. Murakkab chorrahalarda tormozlanish va tezlashish uchun polosalar qilinadi.
4. Yo’lda harakatlanayotgan transport vositalari, piyodalar va yo’lovchilar uchun xizmat
ko’rsatadigan yo’l inshootlari oldida to’xtash, turish uchun polosalar va maydonchalar nazarda
tutiladi.
5. Jamoat transportlari to’xtaydigan bekatlarda tormozlanish va tezlashish polosalari bilan birgalikda avtobuslar to’xtab turishi uchun «cho’ntak» quriladi.
Transport oqimini yo’nalishlar bo’yicha ajratishda quyidagi ishlar rejalashtiriladi:
1. Ajratuvchi polosa yordamida alohida yo’nalishlar bo’yicha yo’l qatnov qismini bitta
yaxlit yo’l poyida joylashtirish, masalan, Toshkent-Termiz yo’lining Jizzaxgacha bo’lgan
bo’lagida, TAHY, Kiev-Barispolь, Moskva-Domodedova va h.k.
2. Yo’nalishlar bo’yicha qatnov qismini alohida yo’l poyida joylashtirish, masalan, Toshkent-CHimkent yo’lida va ko’pchilik chet el yo’llarida.
3. Ko’rinishi tahminlanmagan radiusi kichik egriliklarda yo’nalishlar bo’yicha ajratuvchi xavfsizlik orolchalarini o’rnatish (Toshkent-Dushanba yo’lining Sirdaryogacha bo’lgan egri uchastkalarida Toshkent-Qo’qon, Kushka-Xirot yo’llarida).
4. Aholi yashaydigan joydagi parallel ko’chalarda bir tomonlama harakatni tashkil qilish.
5. CHorrahada kesishadigan yo’llarni har xil sathda joylashtirish.
6. Bir sathda joylashgan chorrahalarda chapga buriladigan avtomobillar kutib turishi uchun xavfsizlik orolchalari (yo’l belgi chiziqi orqali) yordamida kutish polosalarini ajratish. Harakatni tashkil qilish uchun qaysi bir usuldan foydalanishdan qa’tiy nazar, yo’l belgilari, yo’l belgi chiziqlari, yo’l to’siqlari va avtomatik boshqarish texnika vositalaridan foydalanish lozim bo’ladi. Ko’rsatilgan usullardan va texnik vositalaridan foydalanib, u yoki bu yo’l uchastkasida harakatni tashkil qilish natijasida harakat tezligini, o’tkazish qobiliyatini oshirish va xavfsizlikni ta’minlash mumkin.
Harakatni tashkil qilishda bajariladigan ishlar quyidagi talablarni qondirishi kerak:
a) harakat tezligining yo’l uchastkalari bo’ylab asta-sekin o’zgarishi;

b) haydovchiga sutkaning har qanday vaqtida harakatlanishi uchun yo’lning oldingi uchastkalari yo’nalishi aniq va ravshan bo’lishi;


v) transport vositalarining tez va xavfsiz harakatlanishi;
g) transport vositalarini maksimal darajada o’tkazish;
d) ekologik jihatidan qulay bo’lishi;
e) piyodalarning qulay va xavfsiz harakatlanishi;
j) iqtisodiy jihatdan tejamkor bo’lishi.
Og’ir yo’l sharoitiga quyidagi yo’l bo’laklari kiradi:
- chorraha va yo’lning to’xtash joylari;
- rejadagi kichik radiusli egriliklar;
- tikka ko’tarilish va tushish joylari;
- ko’rinish tahminlanmagan uchastkalar;
- aholi yashaydigan joylar;
- avtomobil-traktor harakati kuzatiladigan uchastkalar;
- tor ko’priklar, yo’l o’tkazgichlar, estakadalar mavjud joylar.
Bunday og’ir yo’l sharoitlarida quyidagi tamoyillarga asosan harakat tashkil qilinadi:
1. Yo’l sharoitiga va transport vositalarining harakat rejimiga asosan yo’l belgilarini, yo’l
belgi chiziqlarini, yo’l to’siqlarini va yo’naltiruvchi qurilmalarni o’rnatish.
2. Planirovkani o’zgartirish.
3. Avtomatlashtirilgan boshqarishga o’tish (yashil to’lqin bilan boshqariladigan svetofor
ob’ektlarini o’rnatish, boshqarishni muvofiqlashtirish va boshqalar).
4. Ba’zi bir uchastkalarda tig’iz soatlarda harakat miqdorini kamaytirish.
5. Bir tomonlama harakatni tashkil qilish.
6. Jamoat va yuk tashuvchi avtomobillarning optimal marshrutini tuzish.
7. Haydovchilar yo’lning oldingi uchastkalarini ko’rishlarini yaxshilash.
8. Qo’shimcha polosa belgilash.
9. Ba’zi bir transport vositalarining o’tishini tahqiqlash.
10. Transport vositalarini ularning tezliklariga qarab polosalarga bo’lish.
11. Transport vositalarini yo’nalishlariga qarab bo’lish.
12. Tormozlanish va tezlashish polosalarini qurish.
13. Yer usti, osti va yo’l ustidan piyodalar o’tish joyini belgilash.
14. Xavfsizlik orolchalarini qurish.
15. Piyodalar uchun yo’lakchalar qurish.
16. O’zgaruvchan sxema bo’yicha harakatni boshqarish.

Download 20.28 Kb.
  1   2   3




Download 20.28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yo’l harakatini tashkil etishning asosiy uslubiy yo’nalishlari tayanch so’zlar va iboralar

Download 20.28 Kb.