Uv rejasida "Texnologiya" fanining qo’yilishi va uning tarixiy taraqqiyoti




Download 68,85 Kb.
bet1/13
Sana06.12.2023
Hajmi68,85 Kb.
#112297
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Uv rejasida Texnologiya fanining qo’yilishi va uning tarixiy t-fayllar.org


Uv rejasida "Texnologiya" fanining qo’yilishi va uning tarixiy taraqqiyoti

Mavzu. Maktab o’quv rejasida “Texnologiya” fanining qo’yilishi


va uning tarixiy taraqqiyoti

Tayanch sozlar: Davlat talim standarti, malaka talablari, oquv reja, talim 

mazmuni, umumiy kompetensiyalar, texnologiya fanini organish bosqichlari. 

Maktab o’quv rejasining mazmuni


Ta‟limning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. Ta‟limning mazmuni
deganda o„quvchilarni o„qish jarayonida egallab olishi lozim bo„lgan hamda
tizimga solingan bilim, malaka va ko„nikmalarni aniq doirasi tushuniladi.
Ta‟limning mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi:
1. Itimoiy ishlab chiqarishni eng zarur ehtiyojlari, ijtimoiy tuzimni xususiyatlari.
2. Davlatning xalq ta‟limi va muayyan turdagi o„quv yurt oldiga qo„yadigan
maqsad hamda vazifalari;
3. O„qitish qoidalaridan kelib chiqadigan va o„quvchilarning imkoniyatlarini (yosh
imkoniyatlar va boshqalar) e‟tiborga oluvchi didaktik talablar.
Ta‟lim mazmuni, o„quv rejasi, dasturi va darsliklarida ifodalangan.
O„quv reja. Oʻqitiladigan fan, uning boʻlimlari, oʻqitilish tartibi hamda har bir
fanning yil davomida oʻqitilishi, ularning oʻquv yili va haftasida qancha miqdorda
oʻtilishi kerakligini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat. Oʻzbekistonda
Oʻquv rejasi tegishli vazirliklar tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. Bir tipdagi
oʻquv yurtlari uchun oʻquv rejasi yagona va majburiydir. Shu bilan birga, har bir
oʻquv yurti oʻquv rejasini belgilangan miqdorda oʻzgartirishi mumkin.
Shuningdek, mamlakatdagi tayanch oliy oʻquv yurtlari uchun oʻziga xos oʻquv
rejasiga ega boʻlishga ruxsat etilgan. Oʻquv rejasining umumiy va majburiyligi ta‟lim tizimi bosqichlarining uzluksizligini, jamiyatning barcha
a‟zolariga ilm olishning bir xil imkoniyatlarini ta‟minlaydi. O„zbekiston
Respublikasida ta‟lim tizimi barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilganligi
uchun ham o„quv rejasida ta„limning insonparvarlashuviga alohida e‟tibor
berilgan. Oʻquv yurtlarining oʻquv rejasi muayyan qismlardan iborat boʻlib, ularda
oʻquv yurti oʻquvchisi, talabasi yoki tinglovchisida shakllantirilishi lozim boʻlgan
ilmiy, ma‟naviy, kasbiy sifatlar hamda amaliy koʻnikma va malakalar hisobga
olingan.
O’quv rejasi - barcha umumta’lim maktablarida so’zsiz amal qilinishi lozim
bo’lgan davlat hujjatidir. Unda sinflar bo’yicha o’rganilishi kerak bo’lgan o’quv
fanlari va o’sha fanlar uchun ajratilgan o„quv soatlari ko„rsatilgan bo„ladi.
Maktabning yagona o„quv rejasi xalq ta‟limi tomonidan tasdiqlanadi.
O„quv rejasida o„qitiladigan fanlar, o„qitish uchun ajratilgan soatlari ko„rsatilgan
bo„ladi. O„quv rejasini tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi.
1. O„quv rejasi o„quv-tarbiya ishining maqsad va vazifalariga asoslanadi.
Maqsad - ilmiy bilimlar berish, olgan bilimlarni hayotda qo„llay olishga o„rgatish.
2. Maktablarning birligi o„z qoidalariga asoslanadi. (ya„ni: boshlang„ich maktab -
1-4 sinflar, to„liqsiz maktab-5-9 sinflar, umumiy o„rta ta‟lim maktabining 10-11
sinflarining o„zaro bog„liqligi). To„liqsiz va o„rta maktablarda o„quvchilarga bir
butun tugal bilim beriladi.
O„quv rejasiga kiritilgan fanlarning hajmi qaysi sinfda o„qitilishi, ajratilgan soati,
o„quvchilararning yosh va bilim saviyasiga qarab beriladi. Fanning hajmi, og„ir-
yengilligi, didaktik-ahamiyati ham e‟tiborga olinadi.
O’quv rejasiga kiritilgan fanlar, birinchi navbatda, umuminsoniy tarbiyaning
maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgandir. Unda ta‟limning ilmiyligi
g„oyaviylik hamda O„zbekistonning kelajagiga munosib barkamol insonning
tarbiyalab, voyaga yetkazish nazarda tutiladi. Shuning uchun ham unda tabiat va
jamiyat haqidagi ilmiy bilimlar, ishlab chiqarish asoslari, san’at va jismoniy
tarbiya, sog„lom avlodning ma’naviy qiyofasi asosiy o„rinni egallaydi.
Texnologiya fanining o„quv rejadagi o„rni
Umumiy o„rta ta‟limning tayanch o„quv rejasida tahlillar asosida texnologiya fani

jadvalda sinflar kesimida haftalik umumiy soatlar bilan belgilab berilgan bo„lib, bu


davlat ta‟lim standartlariga asosan o„quvchilarning yosh va individual xususiyatlari
hisobga olinib tuzib chiqilgan.
Umumiy o„rta ta‟lim maktablari uchun tayanch o„quv rejasi davlat ta‟lim
standartining tarkibiy qismi bo„lib, u ta‟lim sohalarini me‟yorlashga hamda
maktabning moliyaviy ta‟minotini belgilashga asos bo„ladigan davlat hujjatidir.
Tayanch o„quv rejasi o’quv predmeti bo„yicha beriladigan ta‟lim mazmunini
o‘quvchiga etkazish uchun ajratilgan o„quv soatlarining miqdorini ifodalaydi.
U har bir sinfda muayyan o„quv predmeti bo„yicha davlat standartlariga muvofiq
beriladigan ta‟lim mazmunini aniqlashga asos bo’ladi.


Download 68,85 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 68,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uv rejasida "Texnologiya" fanining qo’yilishi va uning tarixiy taraqqiyoti

Download 68,85 Kb.