|
) float a[5];
2) int m[6];
3) bool b[10]
|
bet | 11/15 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 148,64 Kb. | | #154895 |
Bog'liq 20-topshiriq tayyor1) float a[5];
2) int m[6];
3) bool b[10];
1) a elementlari haqiqiy sonlardan iborat bo`lgan, 5 ta elementdan tashkil topgan
massiv. Indekslari esa 0 dan 4 gacha bo`lgan sonlar
float a[5];
Massiv a[0] a[1] a[2] a[3] a[4]
elementilari qiymati 4 -7 15 5.5 3
2) m elementlari butun sonlardan iborat bo`lgan, 6 ta elementdan tashkil topgan
massiv. Indekslari esa 0 dan 5 gacha bo`lgan sonlar.
int m[6];
Massiv m[0] m[1] m[2] m[3] mas2[4] mas2[5]
elementilari qiymati 2 -17 6 7 13 -3
3) b elementlari mantiqiy qiymatlardan (true, false ) iborat bo`lgan 10 ta elementdan tashkil topgan massiv. Indekslari esa 0 dan 9 gacha bo`lgan sonlar.
Massiv elementlariga murojaat qilish oddiy o`zgaruvchilarga murojaat qilishdan biroz farq qiladi. Massiv elementiga murojaat qilish uning indeksi orqali bo`ladi.
a[1] = 10; a massivining 1 – elementi 10 qiymat o’ zlashtirsin;
cin >> a[2]; a massivining 2 – elementi kirtilsin;
cout << a[3]; a massivining 3 – elementi ekranga chiqarilsin;
Massivni e'lon qilishda uning elementlariga boshlang'ich qiymat berish mumkin va buning bir nechta usuli mavjud.
1) O'lchami ko'rsatilgan massivni to'liq initsializatsiyalash.
int k[5] = { 2, 3, 7, 8, 6};
Bu yerda 5 ta elementdan iborat bo'lgan k massivi e'lon qilingan va massivning
barcha elemantlariga boshlang'ich qiymat berilgan.
2) O'lchami ko'rsatilgan massivni to'liqmas initsializatsiyalash.
int k[5] = { 2, 3, 7 };
Bu yerda 5 ta elementdan iborat bo'lgan k massivi e'lon qilingan va massivning
dastlabki 3 ta elemantlariga boshlang'ich qiymat berilgan.
3) O'lchami ko'rsatilmagan massivni to'liq initsializatsiyalash.
int k[] = { 2, 3, 7, 8, 6};
Shuni takidlash lozimki, agar massiv o'lchami ko'rsatilmasa, uni to'liq initsializatsiyalash shart. Bu xolda massiv o'lchami kompilyatsiya jarayonida massiv elementlari soniga qarab aniqlanadi. Bu yerda massiv o'lchami 5 ga teng.
4) O'lchami ko'rsatilgan massivning barcha elementlariga boshlang'ich qiymat 0
berish:
int k[5] = { 0 };
O'lchami ko'rsatilgan massivning barcha elementlariga boshlang'ich qiymat 0 berish
|
| |