|
Узбекистон Республикаси Олий ва Урта Махсус
|
bet | 7/15 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 148,64 Kb. | | #154895 |
Bog'liq 20-topshiriq tayyorfor (i=0; i<=3; i++)
for (j=0; j<=3; j++)
cin >>a[i][j];
Agar ularni klaviaturadan kiritish kerak bo’lsa, ya`ni cin operatori yordamida tashkil etilsa, quyidagicha kiritiladi:
undan tashqari massiv elementlarini e`lon qilish bilan birga ularni initsalizatsiya ham qilish mumkin:
int a[3][3] = {{1,2,3},{4,5,6},{7,8,9}};
Natijalar chiroyli kurinishda bo’lishi uchun chikarish operatorini kuyidagicha kilib tashkil etish kerak:
for (int i=0; i<3; i++)
{ for (int j=0; j<3; j++)
cout <<”a[“<getch ( );
}
1-misol. A va B matritsalari berilgan. Quyidagi formula orqali yangi C matritsasini hosil qiling:
Cij = Aij + Bij; bu yerda i=1,3; j=1,2;
24,3 -4,15 0,1 -4,8
A = 0 18,4 B = 6,82 7,1
8,86 -15,75 -2,8 10,4
# include
# include
using namespace std;
int main ( )
{ float a[3][2] = { {24.3, -4.15 }, {0, 18.4},
{8.86, -15.75}},
b[3][2]={{0.1, -4.8},{6.82, 7.1},{-2.8, 10.4}};
float c[3][2];
int i, j;
cout<<"\n";
for (i = 0; i < 3; i++)
{ for (j = 0; j < 2; j++)
{ c[i][j] = a[i][j] + b[i][j];
cout <<" c["<
cout <
getch ( );
}
Massivlar haqida
C# dasturlash tilida kompyuter xotirasiga bir o’zgaruvchi yordamida bir nechta qiymatlarda foydalanishga to’g’ri keladi. Bir o’zgaruvchi bilan bir nechta qiymat ustida amallar bajarish uchun berilgan ma’lumotlar bir turga mansub bo’lishi kerak. C# dasturlash tilida bir o’zgaruvchi yordamida bir nechta qiymatlardan foydalanish uchun massiv degan turdan foydalaniladi. Dasturlash tillarida ro’yxat yoki jadval ko’rinishidagi ma’lumotlarni massiv deb atashadi. Massiv so’zining ma’nosi o’lcham, o’lchov demakdir. Massivning barcha elementlari bitta turga mansub bo’lib, ular bitta nom bilan nomlanadi va bir-birlaridan nomerlari (indekslari) bilan farq qiladi.
Dasturda ikki asosiy tur ma’lumot strukturalari mavjuddir. Birinchisi statik, ikkinchisi dinamikdir. Statik deganimizda xotirada egallagan joyi o’zgarmas, dastur boshida beriladigan strukturalarni nazarda tutamiz. Statik massivlar elementlar soni oldindan ma’lum bo’lgan va initsializatsiyalangan (qiymat belgilangan) massivlar hisoblanadi. Dinamik ma’lumot tiplari dastur davomida o’z hajmini, egallagan xotirasini o’zgartirishi mumkin. Dinamik massivlar esa elementlari soni oldindan ma’lum bo’lishi va uni initsializatsiyalash (qiymat belgilash) shart emas. Statik massivlarning kamchiliki shundaki, agar ularning o’lchamini oldindan juda katta olinsa-yu, uning ko’p qismi keraksiz qolib ketsa, u holda xotira behuda sarflanishiga olib keladi. Shu muammoni hal qilish maqsadida massivlar C# tilida asosan dinamik tarzda e’lon qilinadi. Massivlar dasturlashda eng ko’p qo’laniladigan ma’lumot tiplaridir. Massivlar hotirada ketma-ket joylashgan, bir tipdagi o’zgaruvchilar guruhidir. Alohida bir o’zgaruvchini ko’rsatish uchun massiv nomi va kerakli o’zgaruvchi indeksini yoziladi.
|
| |