|
Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 104/265 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 49,29 Mb. | | #244032 |
Bog'liq 11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adresTAYANCH TUSHUNCHALAR
Ishchi stansiya kompyuterlari mijozlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan bо‘lib, kirish va
chiqish moslamalariga ega. Ular server resurslaridan foydalanuvchi mijozlar, masalan, hisob-
kitob jadvallarini yaratuvchi buxgalter yoki veb-saytlarni ishlab chiquvchi dasturchilar bo‘lishi
mumkin. Shu sababli ishchi stansiyadagi har bir kompyuter
mijoz
deb ataladi.
Ishchi stansiyalardagi kompyuterlar tarmoq serveri deb nomlangan markaziy kompyuterga
ulanadi. Server tarmoqdagi barcha kompyuterlar o‘rtasidagi aloqani boshqaruvchi asosiy
kompyuter hisoblanadi.
Serverlar tarmoq resurslarini boshqarish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zlarining server
vazifalaridan boshqa vazifalarni bajarmaydi.
Serverning asosiy vazifasi tarmoq orqali ulangan boshqa kompyuterlarga xizmat
ko‘rsatishdan iborat. Ma’lumotlarni tezroq qayta ishlash, Linux va Windows Server kabi
maxsus operatsion tizimlardan foydalanish uchun server, odatda, oddiy kompyuterga
nisbatan ko‘proq tezkor xotira qurilmasi, tezligi yuqori protsessor va hajmi katta qattiq
disklarga ega bo‘ladi. Ular, asosan, uzluksiz quvvat tizimlari (UPS)ga ulanadi.
Serverlar, odatda, faqat bir turdagi vazifalar uchun ishlatiladi, masalan:
• elektron pochta serverlari elektron pochta xabarlarini yuboradi, qabul qiladi va har bir
foydalanuvchi elektron pochta ma’lumotlari (elektron pochta manzili, foydalanuvchi nomi va
paroli)ni saqlaydi. Elektron pochta serverlari mahalliy, masalan, korxonalar foydalanadigan
yoki Gmail kabi global bo‘lishi mumkin;
• veb-serverlar – World Wide Web joylashgan qism. Veb-server bilan o‘zaro aloqada bo‘lish
uchun Google Chrome yoki Internet Explorer kabi veb-brauzerdan foydalanish mumkin. Veb-
serverlarga murojaat etilganda, u veb-sahifalarni yetkazib beradi;
|
| |