I BOB.  MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA




Download 49,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/265
Sana19.05.2024
Hajmi49,29 Mb.
#244032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   265
Bog'liq
11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adres

I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
4
1-dars. MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA 
TUSHUNCHA
Bugungi kunda insonlarning ijtimoiy va iqtisodiy hayoti ma’lumotlar bazalari bilan 
chambarchas bog‘liq. Masalan, o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar maktab ma’lumotlar 
bazasida elektron jadval ko‘rinishida saqlanadi. Unda o‘quvchilarning id raqami, ismi, 
familiyasi, yoshi, sinfi, manzili, baholari va ota-onasi haqida ma’lumotlar jamlanadi. Bundan 
o‘qituvchilar yoki ota-onalar o‘quvchilar haqida kerakli ma’lumotlarni olishda foydalanadi. 
Shuningdek, banklar kompyuterlarida mijozlar haqidagi ma’lumotlar bazasini ko‘rish mumkin. 
Telegram, Facebook, Twitter, Skype kabi tarmoqlar foydalanuvchilar ma’lumotlarini o‘z 
ma’lumotlar bazasida saqlaydi. Davlat esa fuqarolarining barmoq izlariga asoslangan 
ma’lumotlar bazasiga ega va uni doimiy yangilab boradi. Har bir shaxs ma’lumotlar bazasi 
Qadim zamonlarda odamlar ma’lumotlarni qoya toshlarda rasm ko‘rinishida qoldirish orqali
keyingi avlodlarga yetkazgan. Bu orqali ularni ma’lum bir xatarlardan himoya qilishga harakat 
qilgan. Keyinchalik yozuv turlari paydo bo‘lib, u axborotni aniqroq tasvirlash vositasi sifatida 
insonlar tomonidan foydalanila boshlangan. Kitob, gazeta, jurnal kabilarning paydo bo‘lishi 
esa odamlarning yanada bilimli bo‘lishiga olib kelgan. 
Kishilik jamiyatining aqliy jihatdan rivojlanishi yangi texnologiyalarning yaratilishiga, bu orqali 
axborotlardan foydalanishning samarali usullarni qo‘llashga olib kelmoqda. Jumladan, 
ma’lumotlar bazasi axborotlardan foydalanishdagi samarali usullardan biri hisoblanadi.
Ma’lumotlar bazasi 
– kompyuter xotirasidagi tartibga solingan ma’lumotlar to‘plami. Unda 
foydalanuvchi ma’lumotlar bazasiga ma’lumotni osonlik bilan kiritishi, tahlil qilishi va 
boshqarishi mumkin. Ma’lumotlar bazasining asosiy maqsadi ma’lumotlarni tartibli saqlash 
orqali undan samarali foydalanishdan iborat. 
SQL
 
( ingl. Structured Query Language) 
– oldindan sxemalashtirilgan va o‘zaro 
bog‘langan jadvalli ma’lumotlar bazasi uchun mo‘ljallangan so‘rov tili. Bugungi kunda 
SQL ma’lumotlar bazasi turi sifatida ham qo‘llanilmoqda.
NoSQL 
– hujjat fayllari va grafik tasvirlarni sun’iy intellekt asosida tahlil qiluvchi 
va undan samarali foydalanuvchi vosita. Uning yaratilishiga sabab bazada 
ma’lumotlarning oldindan belgilangan sxema yoki qandaydir bog‘liqlik asosida 
yaratilmasligi. 

Download 49,29 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   265




Download 49,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB.  MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA

Download 49,29 Mb.
Pdf ko'rish