2-DARS
MA’LUMOTLAR BAZASI TURLARI
9
Gibrid ma’lumotlar bazasi
ning relyatsion va obyektga yо‘naltirilgan ma’lumotlar
bazasi
usullarining birlashishidan hosil bo‘lgan usul hisoblanadi. Bunda jadval ko‘rinishidagi
ma’lumotlar obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari yordamida yaratiladi.
Axborot texnologiyalarining jadallik bilan rivojlanishi natijasida ma’lumotlar bazasi
yaratishning yangi usullari paydo bo‘lmoqda. Bunday usullar
umumiy nom bilan NoSQL deb
atalmoqda va ular ma’lumotlar bazasini yaratishning keng imkoniyatlarini taqdim etmoqda.
Ma’lumotlar bazasini rejalashtirishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
•
hajmi:
ma’lumotlar bazasida qancha ma’lumot saqlanadi?
•
foydalanish huquqi:
yaratilayotgan ma’lumotlar bazasiga har safar bitta kompyuter orqali
kiriladimi yoki unga turli joylardan ko‘plab foydalanuvchilar kirishi talab etiladimi?
Yaratilayotgan ma’lumotlar bazasi kichik bo‘lib, undan birgina foydalanuvchi foydalansa,
u
shaxsiy ma’lumotlar bazasi
hisoblanadi. Masalan, maktabda
turli fanlardan olgan
baholaringizni bitta jadvalda saqladingiz. Demak, u siz uchun shaxsiy ma’lumotlar bazasi
bo‘lishi mumkin.
Server ma’lumotlar bazasi Internetga ulangan maxsus server-kompyuterlarda saqlanadi. Ya’ni
ma’lumotlar bazasiga Internet orqali turli joylardan ko‘plab foydalanuvchilar kirishi mumkin.