|
-DARS
TARMOQLARNING ISHLASH PRINSIPI. IP-MANZILLASH Pdf ko'rish
|
bet | 130/265 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 49,29 Mb. | | #244032 |
Bog'liq 11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adres3-DARS
TARMOQLARNING ISHLASH PRINSIPI. IP-MANZILLASH
TARMOQLARNING ISHLASH PRINSIPI. IP-MANZILLASH
175
MAC-manzil
MAC-manzil tarmoq interfeys kartasi bilan
bog‘liq yagona qiymat bо‘lib, u tarmoq
interfeys kartasini ishlab chiqarish jarayonida
o‘yib yozilgan doimiy manzildir. Texnik va
jismoniy manzil sifatida tanilgan MAC-
manzilni hech qanday sharoitda o‘zgartirish
mumkin emas. Tarmoq interfeys kartasi
ulangan kompyuter, uning MAC-manzilidan foydalangan holda, tarmoq orqali jismonan
aniqlanishi mumkin. Har bir MAC-manzil 12 xonali o‘n oltilik sanoq sistemasidagi raqam
(uzunligi 48 bit) bo‘lib, shundan dastlabki oltita raqam (24 bit) OUI (organizationally unique
identifier – tashkilotning yagona identifikatori) deb nomlangan ishlab chiqaruvchining
identifikatorini o‘z ichiga oladi, keyingi oltita raqam (24 bit) esa ishlab chiqaruvchi tomonidan
kartaga berilgan raqamni anglatadi.
DNS-manzil
Internet ulkan okean bo‘lib, u yerda millionlab veb-saytlar shaklidagi ma’lumotlar mavjud. Har
bir veb-sayt Internetga ulangan serverda saqlanadi, ya’ni har bir serverda IP-manzil mavjud.
Veb-saytga kirish uchun uning IP-manzilini veb-brauzerga kiritish kerak. Ammo har xil veb-
saytlarning IP-manzillarini raqamlar yoki satrlar bo‘yicha eslash juda qiyin, lekin nomlarini
eslab qolish osonroq. Shuning uchun veb-sayt yoki veb-resurs joylashgan har bir kompyuter
serve-
riga uning IP-manziliga qarshi nom beriladi. Bunday nomlar har bir serverga berilgan noyob
IP-manzillarga mos keladigan
domen
yoki
xost nomlari
deb nomlanadi. Domen (ingl. domain)
so‘zini “hudud” yoki “soha” tarzida tarjima qilish mumkin. Shu orqali DNS –
domen nomlari
tizimi
deb yuritiluvchi manzillash usuli yaratilgan.
DNS
(Domain Name System – domen nomlаri tizimi) – domen nomlari haqida
ma’lumot olish mumkin bo‘lgan tizim.
|
| |