|
SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI Pdf ko'rish
|
bet | 46/265 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 49,29 Mb. | | #244032 |
Bog'liq 11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adresSUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
I BOB.
BIG DATA VA DATA MINING
70
Saralangan ma’lumotlar asosida foydali axborotlarni yaratish
Bu bosqich ko‘proq inson intellekti bilan bog‘liq. Ma’lumotlarni saralash foydalanuvchiga bir
qancha muhim ma’lumotlarni taqdim etadi. Foydalanuvchi esa shu ma’lumotlar asosida o‘z
faoliyatini amalga oshiradi va samaradorlikka erishadi.
Misollar
1. Facebook ( va boshqa Internet gigantlari) foydalanuvchilar shaxsiy
ma’lumotlarini to‘playdi. To‘planayotgan ma’lumotlar hajmi vaqt
o‘tgan sayin ko‘payib boradi. Ma’lumot qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha
ko‘p foydali ma’lumotni saralash mumkin. Ushbu ma’lumotlardan
foydalanish huquqiga ega bo‘lgan kompaniyalar, jismoniy shaxslar
va Facebook ma’lumotlar to‘plamidan foydalilarini ajratadi. Ajratilgan ma’lumotlarni kichikroq
ma’lumotlar bazasida saqlaydi. Saqlangan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali foydalanuvchilarning
do‘stlari va do‘stlarining do‘stlari, yashash manzili, yozishmalar tahlili, tarmoqdagi harakatlari
kabilarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu ma’lumotlar keyinchalik profil egasining
hozirgi emotsional holatini aniqlashi, uning holatidan kelib chiqib, xabarlarni lentaga saralashi,
do‘stlarni taklif qilishi, reklama yoki tijoriy takliflarni berishi mumkin.
2. Data Mining orqali telekanal faoliyatini tahlil qilish quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:
•
tomoshabinlar soni;
•
kanalni kunning qaysi vaqtida ko‘proq foydalanuvchi ko‘rishi;
•
tomoshabinlarning demografik joylashuvi.
Bu ma’lumotlar televideniye rahbariyatiga kelajakda qaysi film yoki ko‘rsatuvni qaysi vaqtda
qo‘yishi, reklama narxlarini vaqtga qarab belgilashida yordam beradi. Bu orqali kelajakda
televideniye kanali muxlislarining soni oshishiga erishish mumkin.
Bugungi kunda Data Mining texnologiyasidan Google, Instagram, Facebook, Uber, Netflix kabi
gigant kompaniyalar faol foydalanishmoqda.
|
| |