• 27-MAVZU: Zamonaviy axborot tarmoqlari va din omili 1.1. Mashg’ulotni olib boorish texnologiyasi
  • O’quv mаshg’ulоtining mаqsаdi
  • 1.2. Mashg’ulotning texnologik xaritasi
  • 1-ilova Bахs-munоzаrаgа qаtnаshuvchilаrni bаhоlаsh mеzоnlаri
  • Yangi mavzu bayoni: MAVZU: Zamonaviy axborot tarmoqlari va din omili Reja
  • Ijodiy faoliyat (3 ilova)




    Download 1,58 Mb.
    bet104/110
    Sana14.01.2024
    Hajmi1,58 Mb.
    #137293
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   110
    Bog'liq
    Tarbiya fanidan o\'qitish materiallari 60

    Ijodiy faoliyat (3 ilova)

    Tariqatni siz qanday tushunasiz?



    Tariqat

























    27-MAVZU: Zamonaviy axborot tarmoqlari va din omili


    1.1. Mashg’ulotni olib boorish texnologiyasi

    Dars vaqti: 2 soat

    Talabalar soni 30 nafagacha

    Mashg’ulot shakli

    Nazariy, amaliy

    Ўқув машғулот режаси

    1. Zamonaviy axborot tarmoqlari
    2.Din omili



    O’quv mаshg’ulоtining mаqsаdi: Zamonaviy axborot tarmoqlari va din omili” to’g’risidа yaхlit tаsаvvurni shаkllаntirish, bilim va ko’nikmalarni chuqurlashtirish



    Pedagogik vazifalar:

    O’quv faoliyati natijalari:



    Zamonaviy axborot tarmoqlari va din omili haqida ma'lumot

    Zamonaviy axborot tarmoqlari va din omili izоhlаb bеrаdilаr.

    O’qitish metodlari

    BBB usuli. Baholash mezonlari

    O’qitish shakillari

    Jamoaviy.

    O’qitish vositalari

    Doska, ma’ruza matni, tarqatma materiallar.

    O’qitish sharoiti

    O’quv xonasi.

    Qaytar aloqaning usul va vositalari

    Og’zaki nazorat, savol-javob.


    1.2. Mashg’ulotning texnologik xaritasi

    Ish bosqichlari

    Faoliyat mazmuni

    O’qituvchi

    Talaba

    1-bosqich. Mavzuga kirish qismi.
    (15 daqiqa)

    Tashkiliy qism:
    O’quvchiar bilan salomlashadi
    O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekchiradi
    Yo’qlama qiladi
    Baholash mezonlarini yetkazadi (1-ilova)

    O’tgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimlarini suhbat shaklidagi savollar bilan jonlantiradi


    Yangi mashg’ulot rejasi, uning maqsadlari va rejalashtirilgan natijalarini aytadi hamda ularni o’rganishning ahamiyatini izohlaydi.



    Tinglaydilar


    Tinglaydi va savollarga javob beradi.
    Tinglaydi va mavzuni yozib oladi



    2-bosqich. Asosiy qism.
    (55 daqiqa)

    2.1 Yangi mavzuning bayoni
    Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar (2-ilova)
    2.2 Ijodiy faoliyat (3-ilova)
    2.6 Mavzuni mustahkamlash uchun savollar (4-ilova)



    Talabalar berilgan savollarga javob beradilar va yozib oladilar

    O’z mustaqil fikirlarini yozishadi


    O’z mustaqil fikirlarini bildirishadi

    Aqliy hujum





    3-bosqich. Yakuniy qism.
    (10 daqiqa)

    3.1. Mavzuning yakuniy qismi bo’yicha xulosa qilinadi

    3.2 Talabalarning faoliyati tahlil qilinadi va baholanadi


    3.3 Uyga vazifa beriladi. O`tilgan mavzuni o`qib kelish, mavzuga oid savollarga javob topish (5-ilova)



    Tinglaydilar va savollar beradi

    Berilgan vazifani yozib olishadi.



    1-ilova
    Bахs-munоzаrаgа qаtnаshuvchilаrni bаhоlаsh mеzоnlаri

    Bаhоlаsh mеzоnlаri vа ko’rsаtkichlаri

    Mа’ruzаchilаrning ismi vа shаrifi

    1

    2

    3

    4

    1.

    Mа’ruzаning mаzmuni: (1,5)
















    - mаvzugа to’g’ri kеlаdi (0,5)
















    - kеtmа-kеt, mаntiqаn vа аniq bаyon etildi (0,5 bаll)
















    - аniq хulоsа chiqаrildi (0,5)













    2.

    Mа’lumоtlаrni tаqdim etishdа vоsitаlаrdаn fоydаlаnildi (ko’rgаzmа) (0,4)













    3.

    Rеglаmеntgа riоya etdi (0,1)
















    Jаmi:













    Bаhоlаsh mеzоnlаri vа ko’rsаtkichlаri




    1

    2

    3

    4

    (2-ilova)
    .
    Yangi mavzu bayoni:


    MAVZU: Zamonaviy axborot tarmoqlari va din omili


    Reja:

    1. Zamonaviy axborot tarmoqlari


    2. Din omili
    Radio, televideniye, telefon, internet kabi axborot tarmoqlari orqali uzatilayotgan ma’lumotlar turli ko‘rinishga ega. Ular orasida matn, surat, video, turli belgilar tizimi va boshqalar mavjud. Kinematografiya bugungi kunda ma’lumot uzatishning eng intensiv usuliga aylandi. Kino nafaqat ma’lumot uzatish, balki tarbiyalash, mafkura, dunyoqarash va e’tiqodni shakllantirish vazifasini bajarmoqda. Yurtimizda mustaqillik yillarida yosh avlodni yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan ko‘plab filmlar yaratildi. Ular, asosan, alloma ajdodlarimiz hayoti, ilmiy faoliyati, fikriy-ma’rifiy merosini xalqimizga yetkazib berishga, zamondoshlarimizning o‘z Vatani, xalqi, insoniy qadriyatlarini himoya qilishdagi ko‘rsatgan qahramonliklarini yoritib berishga bag‘ishlangan. Mazkur kinofilmlarni ko‘rgan tomoshabinlar ulardan estetik zavq, ilm-ma’rifat bilan birga xayrli ishlarga shijoat va kuch-g‘ayrat oladilar. Ammo guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, barcha kinofilmlar har doim ham insonlarga ilm-ma’rifat tarqatish, yaxshi ishlarga undash, umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etishga xizmat qilmayapti.

    Bugungi kunda kino olami va ularning insonlar ongiga ta’siri ortib bormoqda. Kinoning odamlarga ijobiy ta’siri bisyor. Ammo «parda ortida» ular bilan bog‘liq bo‘lgan qator salbiy jihatlar ham mavjud. Chunki tomoshabin kinoni ko‘rib o‘tirar ekan, uning umumiy ma’nosini tushunishdan tashqari, botiniy ma’no ham kasb etishini, to‘g‘risi, ko‘pchiligimiz tasavvur qilmaymiz. Eng qizig‘i, voqea va hodisalar tomoshabinning ongiga xuddi real voqelikda bo‘layotgan hodisalardek kirib keladi. Asta-sekin, ya’ni kino voqealarining davomida tomoshabin xayoliga ham kelmaydigan holatlarni shunaqa ideallikda gavdalantiradiki, natijada u kinodagi voqelikka ishonib ketadi. Agar 3D formatidagi filmlar bo‘lsa, filmning ishtirokchisiga aylanadi. Texnika taraqqiyotidan salbiy maqsadlarda foydalanadigan kimsalar ham bor. Ular hali dunyoqarashi to‘liq shakllanmagan bolalarning ongini zaharlashga urinishadi. Masalan, ayrim multfilmlarning asosiy mazmuni yovuz hislatga ega pastkash, xudbin odamning to‘g‘ri yo‘lga qaytishi, mehribon odamga aylanishi haqida bo‘lsa-da, lekin tub ma’nosida bolada buzg‘unchilik, hayosizlik, yovuzlik qilishga osongina kirishib ketishga moyil bir qancha jihatlar bo‘lishi ko‘zga tashlanadi. Yana shunaqangi filmlar borki, ularni ko‘rgan bolalarda suitsidga moyillik kuchayadi,


    ular xayolparast bo‘lib qoladilar.


    Hozir g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuchliroq bo‘lib borayotgan davrdir. Yuzdan ortiq xalqaro kanallar oynayi jahon hamda global tarmoq orqali mafkuraviy xurujlar bilan tahdid solib turgan davrda yashamoqdamiz. Internet virtual, ammo obyektiv hodisadir. Uning hayotimizga kirib kelishiga to‘siq qo‘yib bo‘lmaydi. Shuningdek, virtual messenjerlar orqali tarqatiladigan mafkuraviy tahdidlarga hech qanday chegara to‘sqinlik qila olmaydi. Internet orqali ijobiy ma’lumotlar bilan birga inson xulq-odobiga salbiy ta’sir etuvchi axborotlar ham uzatilayotgani aniq. Axborot vositalaridan g‘arazli maqsadda foydalanish, aholi ongiga salbiy ta’sir o‘tkazish orqali siyosiy va iqtisodiy hukmronlikka erishishga urinish axborotlar urushi deyiladi. Axborotlar urushi shaxs yoki mamlakatning tinchligiga tahdid solgan holda, unga bosim o‘tkazishda namoyon bo‘ladi. Axborotlar urushi ijtimoiy, siyosiy, etnik va boshqa tizimlarning o‘z manfaatlari yo‘lida bir-birlariga ochiq va yashirin maqsadli ta’sirlarini ham qamrab oladi. Masalan, jangarilar o‘zlarining qabih maqsadi yo‘lida internetdan ustalik bilan foydalanmoqda. Buzg‘unchi guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan insoniyatga qarshi jinoyatlar ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, internet orqali ko‘p namoyish etilmoqda.


    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi «Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 10-sonli qarori bilan «O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi hamda «Diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomlar tasdiqlandi. Ushbu nizomlar O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish tartibini, diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan o‘tkazish tartibi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish va tarqatishga mo‘ljallangan diniy mazmundagi materiallarning davlat dinshunoslik ekspertizasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
    Savol va topshiriqlar
    1. Axborot deganda nimani tuhundingiz? Axborotning qanday salbiy va ijobiy tomonlari mavjud?

    2. Inson ongi uchun kurashda axborotlarning o‘rni nimada?


    3. Nima deb o‘ylaysiz, inson axborot iste’moli madaniyatiga ega bo‘lishi shartmi?


    4. Kinofilmlarning inson hayotiga ta’siri qanday?


    5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi «Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 10-sonli qarori bilan «O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi hamda «Diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomlar qanday harakatlarni tartibga solar ekan? Mazkur nizomlarning matnlarini olib o‘qing va mazmunini tushuntirib bering.




    Download 1,58 Mb.
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   110




    Download 1,58 Mb.