|
Vakuumda elektr toki. Metallardan elektronlarning chiqish ishi. Kontaktdagi potensiallarning farqi
|
Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 480,08 Kb. | | #99597 |
Bog'liq Vakuumda elektr toki. Metallardan elektronlarning chiqish ishi.
Mavzu: Vakuumda elektr toki. Metallardan elektronlarning chiqish ishi . Kontaktdagi potensiallarning farqi
.
Oldingi mavzuda bayon etilganidek metallardagi erkin elektronlar odatdagi temperaturalarda ham ma’lum issiqlik harakat tezligiga va kinetic energiyasiga ega bo’ladi. Lekin ular metallni tark etolmaydi. Demak, ularni metallda tutib turadigan qandaydir kuch bo’lmog’i kerak. Elektron metalni tark etishi uchun bu kuchning qarshiligini engishi, ya’ni unga qarshi ish bajarishi zarur. Elektronni metalldan ajratib, vakuumga chiqarish uchun bajarish kerak bo’lgan ishga chiqish ishi deyiladi. Chiqish ishi mavjudligining asosiy sabablari quyidagilardir: 1. Agar elektron biror sababga ko’ra metallni tark etsa, uning o’rnida ortiqcha musbat zaryad vujudga keladi va u Kulon qonuniga muvofiq elektronni o’ziga tortadi (4, a -rasm); 2. Ba’zi elektronlar metalni tark etib, undan atom kattaliklaridek masofaga uzoqlashadi va metall sirtida “elektronlar bulutini” hosil qiladi. Bu bulut panjaradagi musbat ionlarning tashqi qatlami bilan birga, qush qavatli elektr qatlamini hosil qiladi. U go’yoki zaryadlangan yassi kondensatorga o’xshab, maydoni qoplamalari orasida mujassamlashgan bo’ladi va tashqi fazoda elektr maydoni hosil qilmaydi. Elektron bu qush qavatli qatlamdan o’tishi uchun ma’lum ish bajarish kerak (4, b -rasm).
Elektronning metalldan vakuumga ajralib chiqib ketishi uchun sarflanadigan energiyasini elektronning chiqish ishi deyiladi. U bilan bog'liq ikkita sabab mavjud.
1. Agar elektron qandaydir sabab bilan metalldan chiqib ketsa, o'sha joyda ortiqcha musbat zaryad hosil bo'ladi va elektron unga tortiladi.
2. Ayrim elektronlar metallni tark qilib chiqgach uning sirtida to’planib, manfiy zaryadli «elektron buluti»ni yaratadi. Bu bulut sirtqi qatlamdagi kristall panjaraning musbat ionlari bilan birgalikda, maydonni yassi kondensator maydoniga mos keluvchi, ikkilanma elektrik qatlam hosil qiladi.
Shuning uchun elektron, metalldan ajralib chiqish jarayonida uni ushlab qoluvchi, o’sha qatlamlar orasidagi elektrostatik maydon kuchlariga qarshi ish bajarishga majbur bo’ladi:
A = eφ
bundagi φ -potentsiallar farqini sakrab o’zgaruvchi sirt potentsiali deyiladi. Qatlamlar tashqarisida elektr maydoni mavjud emasligi uchun, muhitning potentsiali nolga teng bo’ladi. Metall ichidagi elektronning potentsial energiyasi vakuumga nisbatan manfiy bo’lib, uning miqdori -eφ ga teng. CHiqish ishi elektron volt (eV)larda ifodalanadi:
1eV=1,6∙10-19KIV=1,6∙10-19J
CHiqish ishi metallarning ximiyaviy tabiatiga va ular sirtining tozaligiga bog’liq bo’lib, u turli metallar uchun bir necha elektron-volt qiymati chegarasida o’zgaradi (masalan, qalay uchun 2,2eV). Agar metall sirtini ishqoriy yer metallari (Sa, Sr, Ba) bilan qoplansa, unda chiqish ishi 2eV gacha kamayadi.
1797 yilda A.Volta ikki metall o’zaro kontaktlashsa, ulardan biri musbat ikkinchisi esa manfly zaryadlanishini aniqladi. Natijada metallar orasida kontakt potentsiallar farqi deb yuritiluvchi potentsiallar farqi vujudga keladi. Agar Al, Zn, Sn, Pb, Sb, Bi, Hg, Fe, Си, Ag, Au, Pt, Pd kabi metallar, ko’rsatilgan ketma- ketlikda kontaktlashtirilsa. unda bar bir metall o’zidan keyingi istalgan metall bilan musbat zaryad namoyon etib kontaktlashadi. Bu qatorniVolta qatori deb yuritiladi. Volta tajribaga tayanib quyidagi ikki qonunni aniqladi:
Kontakt potentsiallari farqi о’zaro tegishuvchi metallami faqat ximiyaviy tarkibiga va temperaturasiga bog’liq bo‘ladi.
О’zaro ketma-ket ulangan bir xil temperaturali turli о’tkazgicblardan tasbkil topuvchi tizimning kontakt potentsiallari ayirmasi oraliq о’tkazgichlarning ximiyaviy tarkibiga bog’liq emas, balki faqatgina ikki chetdagi metallarning bevosita ulanishidan hosil bo’luvchi kontakt potentsiallar ayirmasigagina teng bo’ladi. Turli metallarda chiqish ishining turlicha bo’lishi buning birinchi bosh sababi hisoblanadi. Elektronlarning, chiqish ishi kichik bo’lgan metalldan chiqish ishi katta bo’lgan metallga o’tishi oson bo’lgani uchun birinchi metall musbat, ikkinchisi esa manfiy zaryadlanib qoladi. Ularning chegarasida-ichida kuchli elektr maydoni bo’lgan, turli ishorali zaryadlarning qo’sh qatlami hosil bo’ladi. Bu maydon elaktronlarning bundan buyon, birinchi metalldan ikkinchisiga o’tishiga to’sqinlik qilib, teskari jarayonga esa yordamlasha boshlaydi. Natijada bu ikki jarayon orasida dinamik muvozanat yuzaga keladi, qo’sh qatlam orasidagi kuchlanganlik (potentsiallar farqi) o’zining maksimal qiymatiga erishadi.
Agar 1-metalldan chiqish ishi A1, 2-metalldan chiqish ishi A1 (A2>A1) bo’lsa, toki potentsiallar farqi: ga tenglashmaguncha 1-metalldan 2-siga o’taveradi.
Endi elektronlar chiqish ishlari bir xil (A1=A2) bo’lgan, ammo erkin elektronlar kontsentratsiyasi har xil bo’lgan (n2< n1) metallar kontaktini ko’rib chiqaylik. Ravshanki, n21 bo’lsa, erkin elektronlarning birinchi metalldan ikkinchi metallga ortiqcha o’tishi (diffuziyasi) boshlanadi. Natijada birinchisi musbat, ikkinchisi manfiy zaryadlanib, ular orasida yana potentsiallar farqi hosil bo’ladi. Uning qiymati erkin elektronlar konsentratsiyasiga bo’g’liq bo’ladi:
Ko’rib o’tilgan ikki sababning natijaviy ta’siri ostida birinchi va ikkinchi metallar orasidagi kontakt potensiallar farqi quyidagicha ifodalanadi:
yoki
Olinagan ifodani kontaktlangan uch xil metall uchun umumlashtirib ko’raylik. 6.5-rasmdan ravshanki, Kirxgofning II qoidasiga binoan, tizimning to’liq kontakt potentsiallar ayirmasi kontaktlangan qismlardagi kontak potcntsiallar ayirmalarining yig’indisiga teng:
Demak, uch va undan ortiq xildagi metallar kontaktga keltirilsa, tizimning to’liq kontakt potentsiallar ayirmasi, oraliqdagi metallarning tabiatiga bog’liq emas ekan. Bu farq ikki chekkadagi metallarning tabiati bilan belgilanar ekan.
6.5-rasm.
|
| |