|
fundamental o’zaro tasirlar
|
bet | 36/59 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #255149 |
Bog'liq Variant 1 Akslanish nazariyasi3 fundamental o’zaro tasirlar
Biz yashab turgan olamda kechayotgan turli xil fizik jarayonlarni quyidagi fundamental o‘zaro ta’sirlar orqali tushuntirib berish mumkin. Hozirgi vaqtda elementar zarrachalar orasida bo‘ladigan to‘rt xil o‘zaro ta’sir ma’lum: kuchli o‘zaro ta’sir, kuchsiz o‘zaro ta’sir, elektromagnit ta’sir va gravitatsion o‘zaro ta’sirlar (2.2.rasm). 2.2.-rasm. O‘zaro ta’sirlarning ko‘rinishlari. 41 Kuchli o‘zaro ta’sir. Bunday o‘zaro ta’sirlashuv yadro nuklonlari orasida mavjud bo‘ladi, ularni o‘zaro bog‘laydi. Zarralarni o‘zaro ta’siri ta’sir doimiysi deb ataluvchi kattalik bilan xarakterlanadi. Bu o‘lchamsiz kattalikdir. Bundan tashqari zarrachalar ta’sir sferasining radiusi bilan ham xarakterlanadi. Kuchli o‘zaro ta’sirda o‘zaro ta’sir doimiysi 1 ga va o‘zaro ta’sir vaqti 10-23 sek. ga tengdir. Elektromagnetik o‘zaro ta’sirda ta’sir sferasining radiusi (r=) cheklanmagan, ta’sir doimiysi esa 10-2 atrofida bo‘ladi. Kuchsiz o‘zaro ta’sir ham kuchli o‘zaro ta’sir kabi, yaqin masofada ta’sir qiladi. Ta’sir konstantasi juda kichik 10-14 , o‘zaro ta’sir vaqti esa 10-9 sek. atrofida bo‘ladi. Bu ta’sirlashuv - yemirilishda, elementar zarrachalarning Yemirilishida, neYtrino bilan moddalar orasida bo‘ladigan ta’sirlashuvlarda kuzatiladi. Gravitatsion o‘zaro ta’sirning ham ta’sir radiusi cheklanmagan (r=). O‘zaro ta’sir konstantasi bo‘lsa, nihoyatda kichik 10-39 va ta’sir vaqti esa juda katta (109 sek.) bo‘ladi. Bu ta’sir universal bo‘lsa ham, mikrozarrachalarning o‘zaro ta’sirida, qiymati juda kichik bo‘lgani uchun e’tiborga olinmaydi. Fizik doimiyliklarning vaqt davomida o‘zgarmasligi haqida bir qancha ma’lumotlar mavjud. Fizik doimiyliklarning o‘zgarmaslik darajasi haqida olimlarning bir qancha farazlari mavjud. Masalan, 1937 Yilda Koinotning rivojlanishi va kengayishi tufayli gravitatsion doimiy G ning qiymati kamayishi haqidagi gipotezani ilgari surdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra gravitatsion doimiy G ning qiymati kamayishi yiliga 10-10 ga teng ekan. Dirakning ushbu gipotezasini amalda o‘lchashlar orqali tekshirib ko‘rish imkoni mavjud emas. Massasi fundamental fizik doimiylik sifatida qabul qilingan protonning turg‘unligini o‘rganish bo`yicha ko‘plab eksperimental tadqiqotlar o‘tkazilgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, uning yarim yemirilish davri 1031 yilga teng
|
| |