|
Variant 15
1 mikroolam konstantalari
|
bet | 49/59 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #255149 |
Bog'liq Variant 1 Akslanish nazariyasiVariant 15
1 mikroolam konstantalari
Elektron elementar zaryadlar qatoriga kiradi va manfiy elektr zaryadiga ega. Elektronning solishtirma zaryadi (zaryad miqdorini massasiga nisbati) birinchi bo‘lib 1897 yilda Tomson tomonidan o‘lchangan. Elektronning turli usullar bilan topilgan solishtirma zaryadini aniqlangan qiymati quyidagiga teng: 1,76 10 , 11 кг кл m e Bunda m – elektronning tinchlikdagi massasi. Elektronning zaryadi katta aniqlik bilan 1909 yilda Milliken tomonidan 1Исматуллаев П.Р. и др. “Физические основы измерений” учебное пособие. ТГТУ 2011. 54 с. 43 aniqlangan. Uning hozirgi qiymati e = 1,60217733-10-19 kl. ni tashkil etadi. Elektronning tinchlikdagi massasi m = 0,91093897·10-27 g ga teng. Elementar zarra magnit momenti nisbiyligi Rt ning uning mexanik momenti M ga nisbati giromagnit nisbiyligi deyiladii, ya`ni elektron uchun 1,7608144 10 . 2 1 1 1 1 c Тл m e M Pm е Magnit oqimining kvanti 2,06783461 10 . 2 15Вб e h Fizik konstantalar tabiat qonunlari yoki moddalar xususiyatlarini ifodalovchi tenglamalar tarkibiga kiruvchi son qiymatlaridir. Fizik konstantalar kuzatilayotgan jarayon yoki moddaning nazariy modellarining matematik tenglamalariga mos keluvchi universial son qiymatlari tarzida ifodalanadi.
2 o’lchash usullari
O’lchov turlari va usullarini metrologiya fani o’rganadi. Metrologiya o’lchovlar, ularning birligini ta’minlash usullari va vositalari va kerakli aniqlikka erishish yo’llari haqidagi fan. Bu eng muhim fanlardan biridir, chunki insoniyat mavjud bo’lganidan beri doimiy ravishda ba’zi o’lchovlarni amalga oshirib kelgan. Misol uchun, dastlab ular barmoqlar yoki toshlarda o’lchagan, keyin boshqa o’lchov vositalari paydo bo’lgan, masalan, abak. O’lchov aniqligiga qo’yiladigan talablar doimiy ravishda o’sib bormoqda, vositalar doimo rivojlanib bormoqda.
3 fundamental fizik doimiylar
Fundamental fizik doimiyliklar – materiyaning xossasini va tabiatning fundamental qonunlarini ifodalovchi tenglamalar tarkibiga kiruvchi doimiyliklardir. Fundamental fizik doimiyliklar kuzatilayotgan hodisalarning nazariy modelini yaratishda ifodalovchi matematik tenglamalardagi universal koeffisientlar ko‘rinishida vujudga keladi. “Doimiylik” so‘zi fizikada ikki xil ma’noni anglatishi mumkin: - ba’zi kattaliklarning soniy qiymati hech qanday tashqi parametrlarga bog‘liq bo`lmaydi va u vaqt davomida o‘zgarmaydi; 35 - ba’zi kattaliklarning soniy qiymatining o‘zgarishi ko‘rilayotgan masala uchun ahamiyatga ega bo`lmaydi. Masalan, geliosentrik doimiylik, Quyosh massasiga bog‘liq bo‘lgan gravitatsion doimiylikka teng bo‘lib, Quyoshning massasi kamayishi bilan uning qiymati ham kamayib boradi. Quyosh massasining nisbiy kamayishi 10-14 ga teng. Geliosentrik doimiylik osmon mexanikasining ko‘plab masalalarida qanoatlanarli tarzda doimiylik sifatida qo‘llaniladi. Shuningdek elektromagnit o‘zaro ta’sirlar intensivligini tavsiflovchi nozik strukturalar doimiysi yuqori energiyalar fizikasida qo‘llanilib, uzatiluvchi impulslarning ortishi bilan ortib boradi (kichik masofalarda), lekin uning o‘zgarishi ko‘plab sohalar uchun? Masalan, spektroskopiyada, oddiy hodisa hisoblanadi. Fizik doimiyliklar ikki guruha bo‘linadi: 1) O‘lchamga ega doimiyliklar; 2) O‘lchamsiz doimiyliklar. O‘lchamga ega doimiyliklarning sonli qiymatlari kattaliklarni o‘lchashlarda tanlab olingan birliklarga bog‘liq. O‘lchamsiz doimliklarning sonli qiymatlari birliklar tizimiga bog‘liq emas va yagona nazariya doirasida sof matematik yo‘l bilan anqilanishi shart. O‘lchamli fizik doimiyliklarning ichida ayrimlarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkinki, ular orasida o‘lchamsiz kombinatsiyalar yuzaga kelmaydi, ularning maksimal soniy qiymati o‘lchashlarning asosiy birligiga teng. Masalan, yorug‘lik tezligi, Plank doimiysi va b. Qolgan barcha o‘lchamli fizik doimiliklar o‘lchamsiz doimiyliklar va fundamental o‘lchamli doimiyliklar ustida bajariladigan turli kombinatsiYalarga bog‘liq. Fundamental doimiyliklar nuqtai nazaridan qaraganda, olamning fizik qiYofasini evolyutsiyasi – bu fundamental doimiyliklarsiz fizikadan (klassik fizikadan) fundamental doimiyliklarga ega fizikaga (zamonaviy fizikaga) o‘tish davridir.
|
| |