• 3 fundamental o’zaro tasirlar
  • Magnitoelektrik mexanizmli elektr o‘lchash asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi




    Download 1,27 Mb.
    bet33/59
    Sana22.05.2024
    Hajmi1,27 Mb.
    #250025
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59
    Bog'liq
    Variant 1 Akslanish nazariyasi

    Magnitoelektrik mexanizmli elektr o‘lchash asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi
    Magnitoelektrik mexanizmli asboblari jumlasiga o‘lchov mexanizmi qo‘zg‘almas doimiy magnitdan va qo‘zg‘aluvchan g‘altakdan iborat elektr o‘lchov asboblari kiradi. Asbob o‘zgarmas tok zanjiriga ulanganda g‘altak burila oladi.
    Magnitoelektrik mexanizmning ishlash prinsipi tokli o‘tkazgich bilan doimiy magnit maydoni orasida bo‘ladigan o‘zaro ta’sir hodisasiga asoslangan. Doimiy magnit ramka atrofidagi havo oralig‘ida bir tekis va radial yo‘nalgan magnit maydon hosil qiladi. Asbobni zanjirga ulaganda g‘altakda o‘zgarmas tok paydo bo‘ladi. Ma’lumki, magnit maydondagi tokli o‘tkazgichga elektromagnit kuch ta’sir qiladi; bu kuchning yo‘nalishi chap qo‘l qoidasi asosida aniqlash mumkin. Aylantiruvchi moment Mayl elektromagnit kuchlar qonuni asosida aniqlanadi. Bunda har bir o‘tkazgichga ta’sir etayotgan kuch bu erda:
    V-havo oralig‘idagi magnit induksiya;
    -o‘tkazgichning aktiv uzunligi;
    I-o‘tkazgichdagi tok kattaligi.
    G‘altakning W o‘rami ikkita aktiv tomonga ega. Elkaga qo‘yilgan kuchlar g‘altak kengligi b ning yarmiga teng. Demak, aylantiruvchi moment:

    Agar g‘altak yuzasi bo‘lsa, u holda
    .
    Teskari ta’sir ko‘rsatuvchi moment Mtes tortqilarning yoki spiral prujinalarning buralishidan hosil bo‘ladi va ularning buralish burchagiga proporsionaldir:
    ,bu erda s– prujinaning bikrlik koeffitsienti.
    Momentlar tenglashganda Mayl=Mtes yoki strelka surilishidan to‘xtaydi. Tortqi yoki spiral prujinalarning burilish burchagi bir vaqtda asbob strelkasining surilish burchagi hamdir. Demak, strelkaning surilish burchagi:
    Qo‘zg‘aluvchan qismning burilish burchagi o‘lchanayotgan tokka to‘g‘ri proporsionaldir. Shuning uchun magnitoelektrik asboblarning shkalasi tekisdir, bu esa asbobning afzalligi hisoblanadi.
    3 fundamental o’zaro tasirlar
    Biz yashab turgan olamda kechayotgan turli xil fizik jarayonlarni quyidagi fundamental o‘zaro ta’sirlar orqali tushuntirib berish mumkin. Hozirgi vaqtda elementar zarrachalar orasida bo‘ladigan to‘rt xil o‘zaro ta’sir ma’lum: kuchli o‘zaro ta’sir, kuchsiz o‘zaro ta’sir, elektromagnit ta’sir va gravitatsion o‘zaro ta’sirlar (2.2.rasm). 2.2.-rasm. O‘zaro ta’sirlarning ko‘rinishlari. 41 Kuchli o‘zaro ta’sir. Bunday o‘zaro ta’sirlashuv yadro nuklonlari orasida mavjud bo‘ladi, ularni o‘zaro bog‘laydi. Zarralarni o‘zaro ta’siri ta’sir doimiysi deb ataluvchi kattalik bilan xarakterlanadi. Bu o‘lchamsiz kattalikdir. Bundan tashqari zarrachalar ta’sir sferasining radiusi bilan ham xarakterlanadi. Kuchli o‘zaro ta’sirda o‘zaro ta’sir doimiysi 1 ga va o‘zaro ta’sir vaqti 10-23 sek. ga tengdir. Elektromagnetik o‘zaro ta’sirda ta’sir sferasining radiusi (r=) cheklanmagan, ta’sir doimiysi esa 10-2 atrofida bo‘ladi. Kuchsiz o‘zaro ta’sir ham kuchli o‘zaro ta’sir kabi, yaqin masofada ta’sir qiladi. Ta’sir konstantasi juda kichik 10-14 , o‘zaro ta’sir vaqti esa 10-9 sek. atrofida bo‘ladi. Bu ta’sirlashuv - yemirilishda, elementar zarrachalarning Yemirilishida, neYtrino bilan moddalar orasida bo‘ladigan ta’sirlashuvlarda kuzatiladi. Gravitatsion o‘zaro ta’sirning ham ta’sir radiusi cheklanmagan (r=). O‘zaro ta’sir konstantasi bo‘lsa, nihoyatda kichik 10-39 va ta’sir vaqti esa juda katta (109 sek.) bo‘ladi. Bu ta’sir universal bo‘lsa ham, mikrozarrachalarning o‘zaro ta’sirida, qiymati juda kichik bo‘lgani uchun e’tiborga olinmaydi. Fizik doimiyliklarning vaqt davomida o‘zgarmasligi haqida bir qancha ma’lumotlar mavjud. Fizik doimiyliklarning o‘zgarmaslik darajasi haqida olimlarning bir qancha farazlari mavjud. Masalan, 1937 Yilda Koinotning rivojlanishi va kengayishi tufayli gravitatsion doimiy G ning qiymati kamayishi haqidagi gipotezani ilgari surdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra gravitatsion doimiy G ning qiymati kamayishi yiliga 10-10 ga teng ekan. Dirakning ushbu gipotezasini amalda o‘lchashlar orqali tekshirib ko‘rish imkoni mavjud emas. Massasi fundamental fizik doimiylik sifatida qabul qilingan protonning turg‘unligini o‘rganish bo`yicha ko‘plab eksperimental tadqiqotlar o‘tkazilgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, uning yarim yemirilish davri 1031 yilga teng

    Download 1,27 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




    Download 1,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Magnitoelektrik mexanizmli elektr o‘lchash asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi

    Download 1,27 Mb.