• 3 fundamental o’zaro tasirlar
  • o’lchash vositalari,ularning elementlari va parametrlari




    Download 1,27 Mb.
    bet40/59
    Sana22.05.2024
    Hajmi1,27 Mb.
    #250025
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59
    Bog'liq
    Variant 1 Akslanish nazariyasi

    2 o’lchash vositalari,ularning elementlari va parametrlari
    Ma’lumki, o‘lchashni biror-bir o‘lchash vositasi yordamisiz bajarib bo`lmaydi. O‘lchash vositalarining esa xilma-xil turlari mavjuddir. Ular tuzilishiga ko‘ra sodda yoki murakkab, aniqligi katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari me’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi. O‘lchash amalida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniqlanishi aynan mana shu o‘lchash vositasining to‘g‘ri tanlanishiga va ishlashiga bog‘liq. O‘z DSt 8.010.2:2003 “O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 2-qism. O‘lchash vositalari va ularning parametrlari” standartiga ko‘ra: O‘lchash vositasi – metrologik tavsiflari me’yorlangan (MTM), o‘lchami (belgilangan xatolik chegarasi) ma’lum vaqt oralig’ida o‘zgarmas deb qabul qilinadigan, kattalikning o‘lchov birligini qayta tiklaydigan va (yoki) saqlaydigan, o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan texnik vosita. O‘lchash vositasining mohiyati, birinchidan, kattalikning o‘lchov birligini saqlashi (yoki qayta tiklashi); ikkinchidan, saqlanadigan birlik o‘lchamining o‘zgarmasligidan iborat. Bu muhim omillar o‘lchashlarni bajarish imkoniYatini ta’minlaydi (o‘lchov birligi bilan taqqoslaydi), ya`ni texnik vositani o‘lchash vositasiga aylantiradi. O‘lchash vositalarining turlari quyidagi sxemada ifodalangan (1.3 – rasm). 1.3 – rasm. O‘lchash vositalarining turlari. 15 Agar o‘lchashlar jarayonida birlik o‘lchami normada belgilangandan ortiq o‘zgaradigan bo‘lsa, talab etilgan aniqlikdagi natijani bunday o‘lchash vositasi bilan olib bo`lmaydi. Demak, texnik vosita birlikning o‘lchamini vaqt oralig’ida Yetarli darajada o‘zgarishsiz saqlay olgandagina o‘lchash uchun ishlatilishi mumkin.

    3 fundamental o’zaro tasirlar

    Biz yashab turgan olamda kechayotgan turli xil fizik jarayonlarni quyidagi fundamental o‘zaro ta’sirlar orqali tushuntirib berish mumkin. Hozirgi vaqtda elementar zarrachalar orasida bo‘ladigan to‘rt xil o‘zaro ta’sir ma’lum: kuchli o‘zaro ta’sir, kuchsiz o‘zaro ta’sir, elektromagnit ta’sir va gravitatsion o‘zaro ta’sirlar (2.2.rasm). 2.2.-rasm. O‘zaro ta’sirlarning ko‘rinishlari. 41 Kuchli o‘zaro ta’sir. Bunday o‘zaro ta’sirlashuv yadro nuklonlari orasida mavjud bo‘ladi, ularni o‘zaro bog‘laydi. Zarralarni o‘zaro ta’siri ta’sir doimiysi deb ataluvchi kattalik bilan xarakterlanadi. Bu o‘lchamsiz kattalikdir. Bundan tashqari zarrachalar ta’sir sferasining radiusi bilan ham xarakterlanadi. Kuchli o‘zaro ta’sirda o‘zaro ta’sir doimiysi 1 ga va o‘zaro ta’sir vaqti 10-23 sek. ga tengdir. Elektromagnetik o‘zaro ta’sirda ta’sir sferasining radiusi (r=) cheklanmagan, ta’sir doimiysi esa 10-2 atrofida bo‘ladi. Kuchsiz o‘zaro ta’sir ham kuchli o‘zaro ta’sir kabi, yaqin masofada ta’sir qiladi. Ta’sir konstantasi juda kichik 10-14 , o‘zaro ta’sir vaqti esa 10-9 sek. atrofida bo‘ladi. Bu ta’sirlashuv - yemirilishda, elementar zarrachalarning Yemirilishida, neYtrino bilan moddalar orasida bo‘ladigan ta’sirlashuvlarda kuzatiladi. Gravitatsion o‘zaro ta’sirning ham ta’sir radiusi cheklanmagan (r=). O‘zaro ta’sir konstantasi bo‘lsa, nihoyatda kichik 10-39 va ta’sir vaqti esa juda katta (109 sek.) bo‘ladi. Bu ta’sir universal bo‘lsa ham, mikrozarrachalarning o‘zaro ta’sirida, qiymati juda kichik bo‘lgani uchun e’tiborga olinmaydi. Fizik doimiyliklarning vaqt davomida o‘zgarmasligi haqida bir qancha ma’lumotlar mavjud. Fizik doimiyliklarning o‘zgarmaslik darajasi haqida olimlarning bir qancha farazlari mavjud. Masalan, 1937 Yilda Koinotning rivojlanishi va kengayishi tufayli gravitatsion doimiy G ning qiymati kamayishi haqidagi gipotezani ilgari surdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra gravitatsion doimiy G ning qiymati kamayishi yiliga 10-10 ga teng ekan. Dirakning ushbu gipotezasini amalda o‘lchashlar orqali tekshirib ko‘rish imkoni mavjud emas. Massasi fundamental fizik doimiylik sifatida qabul qilingan protonning turg‘unligini o‘rganish bo`yicha ko‘plab eksperimental tadqiqotlar o‘tkazilgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, uning yarim yemirilish davri 1031 yilga teng


    Download 1,27 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59




    Download 1,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    o’lchash vositalari,ularning elementlari va parametrlari

    Download 1,27 Mb.