Variant. Tarix topshiriq -variant. Tarix topshiriq




Download 11,8 Kb.
Sana02.12.2023
Hajmi11,8 Kb.
#109713
Bog'liq
variant. Tarix topshiriq-fayllar.org


variant. Tarix topshiriq

1-variant. Tarix


1 - topshiriq.
O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning "O'zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida " asarining qisqacha mazmunini yoriting.
"O'zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida"deb nomlangan kitobdan Yurtboshimiz Islom Karimovning mamlakatimiz mustaqilligi arafasida va mustaqillik arafasida va mustaqillikning daslabki davrlarida (1989-1991 yillarda) olib borgan ijtimoiy- siyosiy faoliyatini aks ettirgan nutq va suhbatlar ,maruzalar,maqola va intervyular o'rin olgan . Bu kitob yaqin o'tmishimishimizning murakkab tarixiy - siyosiy bosqichlarini , jumladan, tasavvur qilish ham qiyin bo'lgan g'oyat og'ir va tahlikali bir vaziyatda O'zbekiston rahbari sifatida ish boshlagan Islom Karimovning o'lkamizni chuqur inqirozdan qutqarish , uni qat'iyat va matonat bilan istiqlol sari boshladi.
Umumxalq saylovlarida g'olib chiqib Prezidentlik qasamyodini qabul qilishgacha bo'lgan tinimsiz kurashlar , keskin sinov va mashaqqatlar bilan o'tgan faoliyat davrini o'z ichiga oladi
Kitobga kiritilgan nutq va maruzalarda o'sha davrdagi o'ta dramatic voqealar ,tarixiy o'zgarishlar qanday murakkab vaziyatlarda yuz bergani va ularning tafsiloti,sabab oqibatlari atroflicha yoritib beriladi.
Shunday og'ir vaziyatda Yurtboshimiz tomonidan xalqimiz qalbidagi asriy orzu va istiqlol g'oyasi ulkan jasorat bilan ilgari surilib ,uni amalga oshirish uchun tarixiy qadamlar qo'yilgani kitobning asosiy mazusini tashkil etadi. Agar kitobning ma'no - mazmunini bir so'z bilan ifoda etsak Vatanimiz mustaqilligi, yangi hayot , yangi jamiyat binosi uchun zamin bo'lgan hal qiluvchi dasturiy maqsadlar va g'oyalarni Islom Karimov o'sha yillardayoq , uzoqni ko'rgan holda o'ziga nechog'lik aniq va ravshan tasavvur etgani to'plamning har sahifasidan bamisoli "qizil ip "bo'lib o'tishini ta'kidlash o'rinlidir.
Shu ma'noda , Prezident Islom Karimovning "O'zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida " kitobi xalqimizning siyosiy tafakkur xazinasiga qo'shilgan bebaho xazina bo'lib , mamakatimizning tarixini o'rganish va anglashda beqiyos tarixiy ahamiyat kasb etadi.
2 - topshiriq .
O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati mavzusiga doir test savollari.
1. Mustaqillik qachon qabul qilingan ?
A. 1990- yil 25- avgust B.1991-yil 21- iyul
C.1999- yil 24- mart D. 1990-yil 20- iyul
2. O'zbekiston Mustaqilligi asoslari to'g'risidagi qonun nechta moddadan iborat ?
A.24 B.128 C.11 D.17
3. O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi nechanchi chaqriq, nechanchi sessiyada qabul qilingan?
A.V- chaqriq 11- sessiya B.Vl- chaqriq 12- sessiya
C.Xl- chaqriq 5 sessiya D.Xll- chaqriq 6 - sessiya
4. Mudofaa Vazirligi qachon tuzilgan?
A. 1991-yil 25- avgust B.1991-yil 5 - sentabr
C.1991- yil 21- avgust D.1991- yil 6- sentabr
5. O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi asosi Konstitutsiya tuzish uchun kengashga nechta a'zo kiritilgan ?
A.32 B.24 C.36 D.64
6.O'zbekiston Respublikasida ''Prezident Saylovlari" to'g'risidagi qonun qachon qabul qilingan ?
A. 1991- yil 24- mart B.1991- yil 29- dekabr
C. 1990 - yil 1- noyabr D.1991- yil 18- noyabr
7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentlik saylovlarida Islom Karimov nechta ovoz bilan g'olib bo'lgan ?
A.88.1% B.86.7 %
C.87.3% D.86 %
8. O'zbekiston Respublikasi davlat bayorg'i nechanchi sessiyada qabul qilingan ?
A.6 B.10 C.12. D.8
9. O'zbekiston Respublikasi davlat gerbi qachon qabul qilingan ?
A.1991- yil 18- noyabr B.1992 - yil 2- iyun
C.1991- yil 10- dekabr D.1992 - yil 2-iyul
10.O'zbekiton Respublikasida birinchi Vitse Prezident ( hozirgi bosh vazir) kim ?
A. Abduhoshim Mutalov B.O'tkir Sultonov
C.Salay Madaminov D.Shukrulla Mirsaidov
11.O'zbekiton Respublikasi Konstitutsiyasi qaysi sessiyada qabul qilingan ?
A. 6 B.8 C.8 D.11
12. Konstitutsiya 1992- yil bahorida umumxalq muhokamasiga qo'yilganda nechta moddadan iborat edi ?
A.128 B.139 C.158 D.149
13. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi necha yil davomida yaratilgan ?
A.1y B. 1.5y. C.2 y D.2.5y
14. Qachondan boshlab Oliy kengashga Oliy Majlis nomi berildi ?
A. 1995 y B.1999y C. 2002y D.2005y
15.O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik Deklaratsiyasi nechta moddadan iborat bo'lgan ?
A.17 B.24 C.128 D.12
16. Konstitutsiyaning qaysi moddasida " Xalq hokimyatning birdan bir manbayi " deb tan olingan ?
A. 3 B.14 C.21 D.7
17. "El yurt hurmati" ordeni qachon ta'sis etilgan ?
A.1995- yil 30- avgust B.1994- yil 5- may
C.2000- yil 30- avgust D.1998- yil 28- avgust
18. O'zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog'iston avtanom respublikasi suveren deb e'lon qiligan ?
A. 1990- yil 24- mart B.1990- yil 18- noyabr
C.1990- yil 6- sentabr D.1990- yil 14- dekabr
19.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qaysi viloyatda tug'ilgan ?
A.Jizzax B.Toshkent
C.Qashqadaryo D.Samarqand
20 .Islom Karimovning "O'zbekiston -bozor iqtisodiyotiga o'tishining o'ziga xos yo'li" asari qachon nashr etilgan ?
A.1991y B. 1995yy
C.1997y C.1993y
3- topshiriq.
Mustaqillik yillarida O'zbekiston sanoatining rivojlanishini o'zingiz yashab turgan hudud ( shahar , tuman yoku viloyat )misolida yoriting.
Sanoatining ijtimoiy ishlang chiqarishning mustaqil tarmog'i sifatida vujudga kelishi hunarmandchilikning qishloq xo'jaligidan ajralib chiqishi - ikkinchi eng yirik mehnat taqsimoti bilan bog'liq . O'zbekiston hududida Sanoat taraqqiyoti ildizi uzoq tarixga ega bo'lgan Samarqand ,Buxoro,Urganch Toshkent ,Qo'qon,Marg'ilon ,Namangan ,Andijon kabi shaharlarda hunarmandchilik ,sanoat rivoj topdi.
O'zbekistonda haqiqiy ma'nodagi sanoatining paydo bo'lishi 19- asrning 2- yarmiga to'g'ri keladi. O'rta Osiyo choir Rossiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida Rus sanoatchilari va Rossiya kapitali kirib keldi va xom ashyoga birlamchi ishlov beradigan sanoat tarmoqlari ( paxta tozalash , vino ,konserva , paxta moyi zavodlari ) paydo bo'ldi va O'zbekistonda sanoat Rossiya sanoati va iqtisodiyoti bilan bog'liq holds rivojlandi. 20-asrning 20- yillaridan boshlab O'zbekistonda sanoat jahon urushi va fuqarolar urushi natijasida inqirozga uchramasdan mayda,kustar korxonalarni tiklash asosida rivojlana boshladi . Paxta tozalash zavodlari ,tikivchilik ,poyabzal fabrikalari qurila boshlandi.
Jumladan,o'zimizning Xorazm viloyatida 32 ta xorijiy investitsiyali qo"shm korxonalar ish yuritadi. Viloyatning iqtisodiyoti paxtani qayta ishlash va oziq - ovqat sanoatiga asoslangan . Ko'p sonli paxta tozalash zavodlari ,neft qazib olinadigan va ip yigiradigan fabrikalar ,to'qimachilik va vinochilik korxonalari va hokazolar mavjud.
Shuningdek qurilish materiallari ishlab chiqarish taraqqiy etgan .Xiva gilam fabrikasida tayyorlanadigan gilamlar esa dunyoga mashhur .Mashinasozlik va to'qimachilik tarmoqlari rivojlanib bormoqda .Mahalliy qishloq xo'jaligining asosiy yo'nalishi - albatta, paxta . Shuningdek, ko'plab bog' va uzumzorlar ,qovun va qovoq plantatsiyalari mavjud. Kartoshka dalalari butun viloyatni qarmrab olgan. Boshoqlilar, ayniqsa guruch yetishtirish so'nggi bir necha yillikda juda ortdi. Shakar tozalash zavodi qurilishi ham rejalashtirilmoqda .
Xorazm viloyati temir yo'llari umumiy uzunligi 130 km dan ortiq. Viloyat Rossiyaning Yevropa qismi va Kavkaz bilan temir yo'l orqali bog'langan . Yo'llarning umumiy uzunligi 2300 km , shoh ko'chalar 2000 km masofaga yasalgan . Viloyat aviareyslari Xorazmni butun Markaziy Osiyo shuningdek, Rossiya mintaqalarining katta qismi va MDH bilan birlashtradi . Xiva -- xalqaro sayyohlikning katta markazidir .
1997- yilda Xiva o'zining 2500 yilligini nishonladi.
4- topshiriq.
O'zbekistonda Ijro etuvchi hokimyat tizimidagi islohotlar haqida ma'lumotlar
O'zRes hukumat - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat hokimyatning oliy ijrochi va boshqaruvchi organi hisoblanadi . Ijro etuvchi hokimyat - davlat hokimyatning qonun chiqaruvchi hokimyat va sud hokimyati kabi mustaqil tarmoqlaridan biridir. Joriy qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlarga asoslanib boshqaruv vazifalarini bajaradi ( davlat boshlig'i, hukumat). Qonun chiqaruvchi hokimyat hujjatlarni Ijro etish maqsadida o'z qatori va farmoyishlarini qabul qiladi ,odatda davlat boshlig'i (prezident ) ning bevosita rahbarligi va nazorat ostida ish ko'radi .
Ijro etuvchi hokimyat - mintaqaviy va mahalliy darajada mahalliy o'zini - o'zi boshqarish organlari ( hokim , oqsoqol , gubernator , mer , prefer ) tomonidan amalga oshiriladi . Iqtisodiyotning , ijtimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyat ko'rsatishiga, Oliy Majlisning qarorlari , O'zbekiston Respublikasi Prezidentining famonlari , qarorlari va farmoyishlarining bajarilishiga rahbarlikni ta'minlaydi.
Mahalliy Ijro etuvchi hokimyat organlari O'zbekiston Respublikasi qonunlarini , Prezidenti farmonlarini , davlat hokimyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradi . Ijro etuvchi hokimyatni hokim boshchiligidagi viloyat, tuman va shahar hokimlari boshqaradi.
5- topshiriq.
Ma'naviyat va ma'rifat deganda six nimani tushunasiz .Bu borada O'zbekistonda qanday ishlar amalga oshiriladi . O'z hududingiz ( tuman ,shahar yoki viloyat ) misolida yoriting.
Ma'naviyat - inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha . U kishilarning falsafiy, huquqiy , ilmiy , badiiy , axloqiy , diniy , tasavvurlarini o'z ichiga oladi . Ma'naviyat atamasining asosida ma'no so'zi yotadi . Ma'naviyatli inson yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi ,umrini mazmunli o'tkazish yo'lini izlab topadi , muomala qilish madanyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtayi nazardan yondoshadi . Ma'naviyatda inson hayotining mazmuni aka etadi .
Ma'rifat - kishilarning ongini ,bilimini , madanyatini, oshirishga qaratilgan . U tabiat , jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli bilimlar , ma'lumotlar majmuasini ham bildiradi. Ma'rifat ma'naviy qaramlikni bartaraf etadi , insonga kuch qudrat ato etadi. Ma'rifatli kishilardan tashkil topgan jamiyat ravnaq topadi , yuksaladi , kelajagi porloq bo'ladi .
Bugungi tezkor chinakkam ma'naviyatli va ma'rifatli odamgina o'z milliy qadriyatlarni yuksaltirish orqali o'zligini teran anglashi erkin va ozod O'zbekistoning jahon hamjamiyatuda munosib o'rin egallashi uchun fidoiylik ko'rsata olishi mumkin. Mamlakatimiz halol va pok yashashni o'zi uchun e'tiqod , oliy maqsad deb biladigan yurtdoshlarimiz ko'pchilikni tashkil etadi . Aynan shunday insonlar va ularning ezgu ishlari tufayli bu yorug' olamda ma'naviyat , ma'rifat barqaror bo'lib kelmoqda .Insoniyat tarixi ma'naviyatsiz,marifatsiz kishida hech qachon odamiylik ,mehr - oqibat singari fazilarlar bo'lmasligini tasdiqlaydi .
Shu sababli O'zbekistonda ma 'naviyatni yuksaltirish , xalqni ma'naviyatli qilish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan . Mustaqillik tufayli o'zbek xalqining ko'p asrlik boy tarixiy,ilmiy ,madaniy va diniy merosini o'rganish ,undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo'l ochadi . Shunday ekan , Ma'naviyat -- insonni ruhan poklanish , qalban ulg'ayishga chorlaydigan , odamning ichki dunyosi , iymon e'tiqodini butun qiladigan , vijdonini uygotadigan beqiyos kuchdir.

http://fayllar.org
Download 11,8 Kb.




Download 11,8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Variant. Tarix topshiriq -variant. Tarix topshiriq

Download 11,8 Kb.