Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish




Download 349.57 Kb.
bet1/6
Sana03.07.2023
Hajmi349.57 Kb.
#76129
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
319 20.05.2021
71e1a705-c722-4583-abae-f8d5a4042a7c, Kirish, 1. Tasviriy san\'at to\'garak rejasi va jurnali, - Mirzanabiyeva Sevinch PM-U1-23 - ORALIQ NAZORAT, - adahamova mavluda pm u1-23 - ORALIQ NAZORAT, 14, 16, Ma\'lumotlar bazasi (Sh.Nazirov, A.Ne\'matov, R.Qobulov, N.Mardonova), yangi ish reja, 16-maktab OTM 2022-2023., 1685449028 (3), Fanning nomi Akademik yozuv mustaqil ish mavzu taqriz, annotat-fayllar.org, 1xf, Reja. Iqlim ko`rsatkichlari va uning inson salomatligiga ta`siri



[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Maktabgacha ta’lim;

3.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 69-modda) ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilsin:
mazkur reglament talablari tatbiq etiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — tashkilot) doirasiga aniqlik kiritish;
tashkilotlarga qabul qilishda maktabgacha ta’lim bo‘limlarining ishtirokini qisqartirib, ushbu jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining nazoratini yanada kuchaytirish;
tashkilotlardagi bo‘sh joylar hisobini yuritish, elektron navbatni shakllantirish hamda tashkilotga yo‘llanma berishning Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimi tomonidan amalga oshirilishini belgilash;
ariza beruvchilarga elektron navbatni onlayn kuzatish, navbat kelganligi yoki navbatdagi holat o‘zgarganligi haqida sms-xabar olish imkoniyatini yaratish;
tashkilotlarga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bo‘lgan bolalar toifalarini maqbullashtirish.
2. Belgilansinki, bolalarning quyidagi kontingenti tashkilotlarga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bolalar ro‘yxatiga (imtiyozli ro‘yxat) kiritiladi:
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;
ko‘p bolali oilalarning bolalari;
yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning farzandlari;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
talabalar va pedagoglarning bolalari;
akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;
ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.
Ushbu qaror kuchga kirgunga qadar tashkilotga qabul qilish uchun so‘rovnomasi imtiyozli ro‘yxatga kiritilgan bolalarning imtiyozlari ularga yo‘llanma berilgunga qadar saqlanib qoladi.
3. “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi uch oy muddatda Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimining belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi hamda “UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ bilan birgalikda ikki oy muddatda Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Davlat statistika qo‘mitasining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2021-yil davomida har chorakda bir marta davlat xizmatlari markazlari, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari hamda tashkilotlar xodimlari uchun Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini qo‘llash yuzasidan bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari tashkil etsin.
6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov hamda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.

Download 349.57 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 349.57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish

Download 349.57 Kb.