• Amaliy topshiriq - 3. Mavzu: Cisco ASA tarmoqlararo ekran sozlash. Nazariy qism.
  • Amaliy qism.
  • Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti nurafshon




    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana23.05.2024
    Hajmi0,7 Mb.
    #251261
    Bog'liq
    Fayzullayev Sherozbek amaliy topshiriq-3



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI
    VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI NURAFSHON
    FILIALI
    710-21 GURUH TALABASI
    FAYZULLAYEV SHEROZBEKNING
    TARMOQ XAVFSIZLIGI FANIDAN
    AMALIY TOPSHIRIQ - 3
    NURAFSHON - 2024


    Amaliy topshiriq - 3.
    Mavzu: Cisco ASA tarmoqlararo ekran sozlash.
    Nazariy qism.
    Cisco Systems - Frost & Sulivanning 2018 yildagi hisoboti bo’yicha olib
    borilgan tadqiqotlar asosida xavfsizlik devorlari bo'yicha jahon bozorida yetakchi
    hisoblanadi. Kompaniyaning eng mashhur xavfsizlik mahsuloti Cisco ASA
    hisoblanadi.
    Cisco ASA tarmoqlararo ekrani(firewall) PIX seriyasining davomchisi bo'lib,
    ular Cisconing birinchi xavfsizlik devorlari bo'lgan va kompaniyaning tarmoq
    qurilmalarining ushbu segmentida ustunligini ta'minlagan. Infografikada muhim
    voqealar xronologiyasi keltirilgan.
    Muhim voqealardan biri Cisco kompaniyasi, Snort - hujumlarni oldini olish
    tizimi(IPS) va AMP antivirusini ishlab chiquvchi SourceFire tashkilotini sotib
    olishi bo'ldi. Kompaniyaning texnologiyalari 5500-X mahsulot qatoriga kiritilgan
    va FirePower xizmatlari sifatida tanilgan. O'shandan beri qurilmalar himoya
    mexanizmlari ta’minlash va boshqarish bo’yicha qulayligi oshirilib kelinmoqda.
    Kompyuter tarmog'ida Cisco ASA 5500 - bu Cisco-ning 2005 yil may oyida
    taqdim etilgan tarmoq xavfsizligi qurilmasi bo'lib, u mashhur uchta Cisco
    mahsulotlarining jamlanmasi hisoblanadi, ular:

    Firewall va (NAT) funksiyalarini ta'minlovchi Cisco PIX.

    Ruxsatsiz kirishlarni oldini olish tizimlari (IPS) sifatida ishlaydigan Cisco
    IPS 4200 qurilmasi.

    Cisco VPN 3000 seriyali virtual xususiy tarmoqni (VPN) bilan
    ta'minlaydigan kontsentrator.
    Dunyo bo'ylab bir milliondan ortiq Cisco ASA qurilmalari tarqatilganligi
    kiberxavfsizlik sohasida uning yuksak o’rnini isbotlaydi. Ajoyib tarmoq xavfsizligi
    platformasi va “firewall”i yordamida oxirgi foydalanuvchilar har qanday
    qurilmadan, istalgan vaqtda va istalgan joyda maxfiy ma'lumotlar, hujjatlar va
    ma'lumotlarga tezkor, xavfsiz va samarali kirish imkoniyatiga ega bo’lishadi.
    ASA dasturi xavfsizlikni yanada oshirish uchun qo'shimcha xavfsizlik
    dasturlari to'plamiga ulanishi mumkin. Cisco ASA dasturiy ta'minoti bir qator
    funksiyalar va imkoniyatlarga ega.
    Masalan:

    IPS, VPN imkoniyatlarini taklif etadi;

    Yuqori samarali, ko'p saytli va ko'p tugunli klasterlash orqali tashkilotlarga
    imkoniyatlarni oshirishga va ish faoliyatini yaxshilashga yordam beradi;

    Yuqori bardoshli dasturlar uchun yuqori imkoniyatlarni taqdim etadi;

    Jismoniy va virtual qurilmalar o'rtasida hamkorlikni ta'minlaydi;



    Ham tarmoq, ham ma'lumotlar markazining o'ziga xos ehtiyojlarini
    qondiradi;

    Cisco TrustSec xavfsizlik guruhi teglari va identifikatsiyalashga asoslangan
    xavfsizlik devori texnologiyasi bilan kontekstni xabardor qilishni
    ta'minlaydi;

    Har bir kontekst asosida dinamik marshrutni va saytdan saytga VPN
    o’tishni osonlashtiradi.
    Cisco ASA dasturiy ta'minoti, shuningdek, “Suite B” kriptografik
    algoritmlari to'plamini o'z ichiga olgan yangi avlod shifrlash standartlarini qo'llab-
    quvvatlaydi. Shuningdek, u xalqaro darajadagi veb-tahdidlardan himoya qilish
    uchun “Cisco Cloud Web Security” yechimi bilan birlashadi.
    Amaliy qism.
    Amaliy qismda Cisco paket tracer simulyatorida ASA 5505 tarmoqlararo
    ekrani sozlash va uning imkoniyatlarini oʻrganish keltirilgan. ASA 5505
    tarmoqlararo ekrani qanday ishlashini bilish uchun ushbu koʻrsatmalarni bajarish
    kerak.
    1-rasm.
    Komyuterlar bilan routerni bir-biri bilan kabel bilan ulaymiz.


    2-rasm.
    ASA 5505ni sozlash uchun quyidagi buyruqlardan foydalanladi.
    3-rasm.
    PC0 Hostning ASA tarmoqlararo ekrani orqali IP-manzilni olishi


    4-rasm.
    PC1 Hostning ASA tarmoqlararo ekrani orqali IP-manzilni olishi
    5-rasm.
    PC3 Hostning ASA tarmoqlararo ekrani orqali IP-manzilni olishi


    6-rasm.
    Tegishli buyruqlarni yozgandan soʻng, tarmoqqa ulangan kompyuterlar
    manzillarni qabul qilishadi
    7-rasm.
    Testlash natijasidan soʻng SSH protokoli koʻrsatilgan manzilda toʻgʻri
    ishlashini tekshirib koʻrish mumkin

    Document Outline

    • Mavzu: Cisco ASA tarmoqlararo ekran sozlash.

    Download 0,7 Mb.




    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti nurafshon

    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish