Har xil qo`llanishga mo`ljallangan intellektual robotlarni yaratish borasida 50 dan
ortiq mamlakatlarda, jumladan, O`zbekistonda ham tadqiqotlar olib
borilmoqda. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining mexatronika
markazi a’zolari Moskva shahridagi «Rossiya ko`rgazmalar markazi»da 2014 yil
25-26 yanvar kunlari o`tkazilgan ACP Geek Picnic ko`rgazmasida ishtirok etdi.
Ko`rgazma hozirgi kundagi erishilgan yutuqlarni namoyish etish hamda yoshlar
orasida zamonaviy texnologiyalarga bo`lgan qiziqishni orttirish maqsadida tashkil
etilgan.
Ushbu ko`rgazmada kichik robotlar, uchuvchi moslamalar, gumanoid
robotlar, mega robotlar, 3D-printerlarda robot qismlarini yasash va boshqa shu
kabi yo`nalishlar bo`yicha stendlar namoyish etildi. Shuningdek, ko`rgazma
davomida mega-sumo, mini-sumo, mikro-sumo, nano-sumo, Lego-sumo va
gumanoid-sumo bahslari o`tkazilgan. Unda O`zbekiston jamoasi mini-sumo va
mikro-sumo turlarida Robotjon hamda Mikro Robotjonlar bilan qatnashdi (1.6-
rasm).
O`zbekistonliklar ushbu bahslarda birinchi marotaba qatnashganliklariga
qaramasdan umumjamoa hisobida 4-o`rinni egalladi. Robo-sumoning har bir
yo`nalishida ishtirok etayotgan robotlar uchun alohida o`lcham, og`irlik shartlari
mavjud. Ammo barcha yo`nalishlarning bir qoidasi bor: 3 daqiqa ichida raqib
robotini aylana maydondan surib chiqarish zarur. Ikki kun davom etgan
musoboqada O`zbekiston, Rossiya, Ukraina, Belarus, Frantsiya va boshqa
davlatlardan 60ga yaqin jamoalar ishtirok etdi. Vatanimizda ishlab chiqarilgan
Mikro
Robotjon
musobaqada
«Eng
texnologik
robot»
deb
topildi.