4.3. Elektrxavfsizlik: elektr toki ta’siridan himoyalovchi vositalar
Elektr toki ta’sirida shikastlanish holatlari. Elektr uskunalarida ishlaydigan kishilar uchun elektr toki katta xavf tug‘diradi, chunki kishi tanasi tok manbalarining borligini, issiqlik, yorug‘lik, hid bilish, harakatlanuvchi qismlar va shunga o‘xshagan havfli va zararli ishlab chiqarish omillarini sezganidek seza olish qobiliyatiga ega emas. Shu sababli kishining elektr tokidan muhofazalanish reaksiyasi kuchlanish ostida bo‘lgan elektr jixozlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegib ketilgandagina namoyon bo‘ladi. Temir yo’l va sanoat korxonalarida ro‘y byergan ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlarni tahlil qilishda elektr tokidan og‘ir jarohatlanishlar, umumiy jarohatlanishlarning 30-40 % ini tashkil qilishini ko‘rsatadi. Bunga sabab temir yo’l va sanoat korxonalarida qo‘llaniladigan uskunalar va temir yo’l vositalarining ko‘pchiligi elektr toki yordamida harakatga keltirilishi va bu ishni bajarish uchun qo‘yiladigan kishilarning elektr xavfsizligi bo‘yicha bilimi va ish faoliyatini pastligidandir. Kishi tanasiga elektr toki biologik, issiqlik, mexanik va kimyoviy ta’sir etishi mumkin. Biologik ta’sir kishi a’zolarida biologik jarayonlarning, asab tizimlarini buzilishiga, kuyish, hatto kishi a’zolarining butunlay faoliyatini to‘xtashiga olib kelishi mumkin. Issiqlik ta’siri to‘qimalarning qon tomirlarini, asab, yurak va shunga o‘xshash a’zolarini qizishiga olib keladi. Mexanik ta’sir to‘qima, asab tizimi, qon tomirlarini elektrodinamik effekt ta’sirida uzilishiga olib keladi.
Kuchlanishi 100 Voltgacha bo‘lgan o‘zgarmas tok, chastotasi 50 Gs bo‘lgan o‘zgaruvchan tokka nisbatan 3-4 marotaba xavfsizroqdir, kuchlanish 400-500 V ga etganda o‘zgaruvchan va o‘zgarmas toklarning xavflilik darajasi o‘zaro tenglashadi, kuchlanish bundan ortganda o‘zgarmas tokning xavfllilik darajasi ortadi. Hozirgi paytda tok kuchi 50 mA bo‘lgan o‘zgaruvchan tok kishi sog‘lig‘i uchun havfli hisoblanadi. Elektr tokining kishi a’zolariga ta’sir qilish kuchi, tok kuchlanishiga ham bog‘liq, bo‘ladi. Elektr tokining kuchlanishi qanchalik yuqori bo‘lsa, u kishi hayoti uchun shunchalik havflidir, chunki bu holda tok miqdori ortadi. Elektr tokining kuchi tok o‘tish vaqtiga ham bog‘liq bo‘ladi. Elektr toki kishi a’zolariga 30 sekund davomida ta’sir etsa, kishi a’zolarining qarshiligi 25 %, 90 sekund ta’sir etsa-70 % kamayadi.
Kishidan o‘tadigan tokning ta’siri, kishi tanasidan o‘tadigan tok yo‘liga hamda tokning kirish va chiqish joylariga bog‘liq bo‘ladi. Elektr toki o‘ng qo‘ldan yurak orqali oyoqqa o‘tganida, chap qo‘ldagiga nisbatan tok ta’siri ikki marotaba ko‘proq bo‘ladi. Agar tok odam tanasidagi asosiy nuqtalardan, masalan barmoqdan o‘tganda ham og‘ir oqibatlarga xatto o‘limga olib kelishi mumkin. Kishi tanasi ham har qanday o‘tkazgich singari tokka qarshilik ko‘rsatadi. Qarshilik qancha katta bo‘lsa, tok kishi a’zolariga shunchalik kam ta’sir ko‘rsadi. Lekin kishi tanasi ko‘rsatayotgan qarshilik boshqa o‘tkazgichlar qarshiligidan farqli o‘larok, bir xilda bo‘lmay 400 dan 100000 Om chegarasigacha o‘zgarib turadi. Kishi tanasining elektr tokiga ko‘rsatadigan qarshiligi har xil kishidagina emas, balki turli omillar tufayli (terining quruq, namligiga, kishining terlash darajasiga, charchaganligiga, mastligiga va hokazo) bir kishining o‘zida ham har xil bo‘lishi mumkin.
Elektr toki kishi a’zolariga ta’sir etganda ikki xil shikastlanishga olib keladi: Elektrik shikastlanish kishi a’zolarining biror joyi kuyishi, elektr belgilar shaklida kuyish, tok ta’siridan terining metallizatsiyalanishi va hokazolardan iborat. Elektr tokidan kuyish hollari har xil qisqa tutashishlar paytida elektr yoy hosil bo‘lishi natijasida ro‘y beradi. Uch xil kuyish darajasi mavjud; birinchi darajali kuyishda badanning terisi qizaradi, ikkinchi darajali kuyishda pufakchalar hosil bo‘ladi, uchinchi darajali kuyishda to‘qimalar ko‘mirdek qorayadi, jonsizlanadi.
Elektr belgilar shaklida kuyish badan terisining o‘ziga xos shikastlanishidir. Kishining badani tok o‘tib turgan metall qismlarga qattiq tekkanida, 1200C dan oshmaydigan nisbatan past harorat ta’sir etishi natijasida badanda shunday belgilar qoladi. Elektr belgilari diametrik 1 sm 2 dan oshmaydigan ellips yumaloq shaklda bo‘ladi. Terining metallizatsiyalanishi badanning terisiga mayda metall zarralarining singib ketishidir. Masalan, elektr toki yordamida payvandlash ishlari olib borilayotganda, metall teri ichiga o‘tib, uni ishdan chiqaradi.
Elektr tok urishi elektrdan shikastlanishning eng xavfli turi: bunda kishi a’zolaridagi fiziologik jarayonlar buziladi va butun a’zolar zararlanadi. Tok urishi natijasida yurak va o‘pkalarning falaj bo‘lishi eng xavfli hisoblanadi. Tok urganda odatda kishi xushidan ketadi, tomir tortishadi, nafas olish qisman yoki butunlay to‘xtaydi, yurak urmay qo’yadi. Shikastlangan kishi 4-6 minut ichida tok ta’siridan xalos qilinmasa va zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, u holda halok bo‘lishi mumkin.
Elektr toki ta’siridan himoyalovchi vositalar. Saqlagichlar. Elektr yurituvchi qurilmalarni uzatish va boshqarish zanjirlarini qisqa tutashuv tokidan himoyalovchi eruvchan simli eng oddiy tuzilmalar saqlagichlar deyiladi. Bosh yoki boshqarish saqlagichlarida qisqa tutashuv ro‘y berishi bilanoq saqlagichning eruvchan simi katta tok ta’sirida erib ketib, zanjirni elektr tarmoridan ajratadi. Saqlagichdagi simning erib, uzilish 154 harorati uning diametri, ulanish kontakti, muhit harorati va sovush haroratiga bog‘liq. Shu sababli saqlagichning himoyalash ishonchligi juda past bo‘ladi.
Nol kuchlanish himoyasi. Rubilnik singari dastaki boshqarish apparati hilan ishga tushirilgan elektr yuritgichda biror sabab bilan kuchlanish nolga tushib, yana tiklansa, elektr yuritgich to‘xtab qolishi, so‘ngra yana o‘z-o‘zidan aylanib ketish xavfi tug‘iladi. Magnitli ishga tushirgich bilan boshqariladigan elektr yuritgichlardan kuchlanish nol yoki me’yoridan ancha past bo‘lsa, elektr yuritgich avtomatik ravishda to‘xtaydi. Lekin kuchlanish qayta tiklangandan so‘ng elektr yuritgichning bosh zanjiri magnitli ishga tushirgichning bosh kontaktlari orqali ajralganligi sababli o‘z-o‘zidan ishga tusha olmaydi. Demak, magnitli ishga tushirgich bilan ham nol kuchlanish xavfidan saqlanishga erishish mumkinAgar biz ulovchi qurilmani almashtirishni istasak, unda buni ajralmaydigan optik ulagichlarga qaraganda ajraladigan optik ulagichlar orqali amalga oshirish qulay.
Avtomatik uzgich. Elektr yuritgich va boshqa istemolchilarni qisqa tutashuv va o‘ta yuklanish toklaridan, kuchlanishning yo‘l ruxsat etilgan me’yoriy qiymatidan ham pasayib ketishidan avtomatik ravishda himoyalovchi moslama avtomatik o‘chirgich deyiladi. Istemolchilar elektr tarmog‘iga avtomatik o‘chirgichning kontaktlar tuzilmasi dastaki usulda tutashtirib ulanadi.
Agar iste’molchida qisqa tutashuv, o‘ta yuklanish kabi hodisalar yuz bersa yoki kuchlanish ruxsat etilgan qiymatdan pasayib ketsa, elektr magnit yoki issiqlik elementidan o‘tadigan tok hamda elektromagnitdagi pasayib qolgan kuchlanish ta’sirida avtomatik uzgichning kontaktlari tuzilma o‘z-o‘zidan harakatga kelib, iste’molchini elektr tarmog‘idan ajratadi. Shu bilan uskunalarni buzilishi bartaraf qilinadi. Tok manbaining yerga ulangan nuqtasidan tortilgan simga ya’ni nol simga, elektr iste’molchilarning metall (qobig‘ini) ulash, nolinchi simga ulash deyiladi. Nol simga ulangan elektr iste’molchilari generator yoki transformatorlarning neytrali yerga ulash qurilmasiga bevosita ulanganligi sababli qisqa tutashuv sodir bo‘lgan taqdirda avtomatik usulda darhol tok zanjirdan ajratiladi. Bu bilan shikastlangan bo‘lim xodimlari baxtsiz hodisadan, qurilmalar esa buzilishdan saqlanib qolinadi. Kuch transformatori neytral simi ajratilgan uch simli elektr uskunalarining tok bermaydigan metall qismlarini ulovchi qurilma yordamida yerga ulab himoyalanadi. Nol sim uzilib, elektr uskuna muhofazasiz qolmasligi uchun, nol simni ko‘p joydan va albatta tarmoqning oxiridan ham yerga ulab qo‘yish zarur.
Shu tarzda himoyalash ishlari tugagandan keyin, ishlarning qanchalik to‘g‘ri bajarilganligi tekshiriladi. Buning uchun qurilma avvalo tashqi tomondan yaxshilab ko‘zdan kechiriladi, so‘ngra qarshiligi o‘lchanib ko‘riladi. O‘lchangan qarshilik ruxsat etilgan qarshiligidan (4-10 Om) dan ortiq bo‘lsa, qo‘shimcha yerga ulagichlar o‘rnatiladi. Yerga ulagichlarning qarshiligi tuproqning qarshiligiga, ya’ni uning tarkibiga, namlik darajasiga haroratiga bog‘liq bo‘lib, katta miqdorlarga o‘zgarib turadi. Shuning uchun yerga ulovchi qurilmaning qarshiligini kamida uch-to‘rt oyda o‘lchab ko‘rish va qanday ishlayotganini tekshirish kerak. Himoyalab avtomatik o‘chirish kuchlanish ostida bo‘lmagan elektr uskunalarining metall qismlarida odam hayoti uchun xavfli bo‘lgan kuchlanish paydo bo‘lganda hamda kuchlanish ostida bo‘lgan elektr uskunalarining metall qismlariga xizmat ko‘rsatuvchi kishilar tegib ketganda, tok o‘tkazuvchi qurilmalarni avtomatik o‘chirib qo‘yishga asoslangan. Shuni ham aytib o‘tish lozimki, odam hayoti uchun xavfli hisoblangan tokning qo‘l orqali oyoqqa o‘tishidagi elektr tokiga ulanishi tok kuchi 250 mA, kuchlanish 250V va o‘tish davri 0,2 sekundgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida kishi tanasida o‘tgan tok kishi sog‘ligi uchun unchalik xavfli bo‘lmaydi, chunki odam tanasidan o‘tadigan tokning o‘tish vaqti chegaralangandir. Avtomatik himoyalab o‘chirish - tok o‘tuvchi tarmoqlarni doimiy nazorat qiladi. Agar elektr qurilmalarining biror tarmog‘ida kishining elektr tokiga ulanish bilan bog‘liq. bo‘lgan biror o‘zgarish ro‘y byerganda avtomatik holda uskunaning elektromagnit katushka yordamida shu qismni tok manbaidan o‘chiradi.
Kichik kuchlanishlar elektr asboblar va ko‘lda olib yuriladigan ko‘chma chiroqlar qo‘llanilganda kichik kuchlanishlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Ko‘chma elektr asboblar va chiroqlardan foydalanilganda ularning xavfliylik darajasini ortishiga ishlovchilarning ko‘proq elektr uskunalarining qismlariga tegib ketishi ehtimolining yuqoriligi, ajratuvchi qoplamaning (izolyasiya) tez eyilishi va buzilishi sabab bo‘ladi. Temir yo’l va sanoati korxonalarida ishlatiladigan ko‘chma elektr chiroqlarning kuchlanishi 36 V dan ortiq bo‘lmasligi, nihoyat darajada xavfli metall idishlar, qozonlar ichida ishlaganda 12 V dan oshmasligi kerak. Qo‘lda olib yuriladigan ko‘chma chiroqning himoyalovchi metall turi va kuchlanishi 36 V dan ziyod tarmoqdagi shtepsel rozetkasiga ulashga yo‘l qo‘ymaydigan vilka biriktirilgan shlangli simi bo‘lishi zarur. 12 va 36 V kuchlanishga mo‘ljallangan shtepsel rozetkalari, vilkalari 127 va 220 V kuchlanishga mo‘ljallangan odatdagi shtepsel rozetkalari hamda vilkalaridan rangi bilan farq qilishi lozim, aks holda xato ulab qo‘yilishi mumkin. 36 V va bundan past kuchlanishga mo‘ljallangan chiroqlar hamda elektr asboblar pasaytiruvchi ko‘chma transformatorlardan yoki pasaytirilgan kuchlanishli elektr tarmoqning o‘zidan tok oladi. Bu xil elektr tarmog‘iga tok shlangli sim orqali statsionar transformatorlardan keladi.
Ajratuvchi himoya vositalari-kishilarni tok o‘tkazuvchi yoki yerga ulangan qismlaridan elektrik himoya qilishni ta’minlaydi. Ajratuvchi himoya vositalariga: ajratuvchi (изолирующие) shtanga, ombir, tok kuchlanishini ko‘rsatgichlari, dielektrik qo‘lqoplar rezinadan tayyorlangan kalish va etiklar, dielektrik gilamchalar, dastasi himoyalangan asboblar, himoya kamarlari, himoyalangan norvonlar, tok ko‘rsatgichlar va boshqalar. O‘z navbatida ajratuvchi himoya vositalari asosiy va yordamchi himoya vositalariga bo‘linadi. Asosiy himoya vositalari deyilishiga sabab elektr qurilmalarini ajratuvchi qismlari (izolyasiya) ishchi kuchlanishlarni ishonchli ushlab turadi, hamda kuchlanish ostida bo‘lgan uskunalarning ma’lum qismlariga xavfsiz tegish va kichik xajmdagi ta’mirlash ishlarini bajarish imkoniyatini beradi.
Asosiy muhofaza asboblariga quyidagilar kiradi:
Ajratadigan (izolyasiyalaydigan) shtangalar; bir kutbdan ajratgichlarni ko’chish yoki ajratish, ko’chma yerga ulagichlar qo‘yish vaqtida qo‘llaniladi. SHtangalar bilan ishlashda dielektrik qo’lqop kiyilishi shart. Ajratuvchi shtangalar har yili elektr toki bilan sinab kuriladi.
Elektr qurilmalarining tok keladigan qismlarida kuchlanish bor yo‘qligini aniqlash uchun maxsus asbob kuchlanish ko‘rsatgichlar ya’ni nazorat chiroqlari, chiroqli batareykalar, tok o‘lchaydigan ombirlar qo’llaniladi.
Dielektrik qo‘lqoplar ikki xil turda chiqariladi: Birinchi 380 V gacha, ikkinchisi 380 V dan ortiq kuchlanishga mo‘ljallangan. Shuning uchun foydalanishdan avval tamg‘asidagi yozuvga qarab, uning qanday kuchlanishga mo‘ljallanganligini bilib olish kerak. Qo‘lqoplar har olti oyda maxsus tajriba xonalarida elektr toki bilan sinab ko‘riladi. Qo‘lqoplar boshqa himoya vositalariga qaraganda tezroq shikastlanadi: teshiladi, yirtiladi, kesiladi va hokazo. Shuning uchun ishchilar foydalanishidan oldin qo‘lqopning ikkalasini ham sinchiklab tekshirish lozim. Buning uchun har qaysi qo‘lqop barmoqlariga tomon burab borilib, biror joyidan havo o‘tish - o‘tmasligi tekshiriladi.
Xulosa
Optik kirish tarmoqlari bilan bog'liq ishlab chiqarish jarayonlarida ekologiya va hayot xavfsizligiga oid optik komponentlar va jihozlarning tozaligi va to'g'ri ishlashini ta'minlashga qaratilgan amallar quyida keltirilgan:
Toza muhit: toza va changsiz ishlab chiqarish muhitini saqlash optik kirish tarmog'ini ishlab chiqarish uchun juda muhimdir. Chang zarralari va ifloslantiruvchi moddalar optik komponentlarning ishlashiga salbiy ta'sir ko'rsatishi va signal sifatini yomonlashtirishi mumkin. Kontaminatsiya xavfini minimallashtirish uchun ish joylarini, jihozlarni va sirtlarni muntazam tozalash kerak.
Toza xona jihozlari: Optik kirish tarmog'ini ishlab chiqarish ko'pincha toza xona jihozlaridan foydalanishni talab qiladi. Bu boshqariladigan muhitlar chang zarralari, mikroblar va boshqa ifloslantiruvchi moddalarning sezgir optik komponentlar bilan aloqa qilishini oldini olishga yordam beradi. Toza xona protokollari, jumladan, to'g'ri kiyim kiyish, havo filtrlash va texnik xizmat ko'rsatish toza va steril ishlab chiqarish muhitini saqlash uchun zarurdir.
Xodimlar gigienasi: ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan xodimlar gigiena qoidalariga qat'iy rioya qilishlari kerak. Bunga optik qismlarga to'g'ridan-to'g'ri tegmaslik uchun qo'lqop, niqob va toza xona kiyimi kabi tegishli himoya kiyimlarini kiyish kiradi. Xodimlar, shuningdek, qo'l yuvish protokollariga rioya qilishlari va zarrachalar yoki ifloslantiruvchi moddalarni keltirib chiqaradigan harakatlardan qochishlari kerak.
Uskunalar bilan ishlash: Optik komponentlar, masalan, tolalar, ulagichlar, qabul qiluvchilar va optik kalitlarga ifloslanish va shikastlanishning oldini olish uchun ehtiyotkorlik bilan ishlov berish kerak. Ushbu komponentlarning tozaligi va yaxlitligini saqlash uchun to'g'ri saqlash, qadoqlash va ishlov berish tartib-qoidalariga rioya qilish kerak. Optik yuzalarga tegmaslik yoki shikastlamaslik uchun alohida e'tibor berilishi kerak.
Tozalash va tekshirish: Optimal ishlashni ta'minlash uchun optik komponentlar va jihozlarni muntazam tozalash va tekshirish zarur. Zarar etkazmasdan ifloslantiruvchi moddalarni olib tashlash uchun maxsus tozalash usullari va tasdiqlangan tozalash vositalaridan foydalanish kerak. Har qanday nuqson yoki anormalliklarni aniqlash uchun vizual tekshirish yoki avtomatlashtirilgan sinov kabi tekshirish jarayonlari o'tkazilishi kerak.
Kontaminatsiyani nazorat qilish: Optik ishlashga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan zarralar, yog'lar yoki boshqa moddalarning kiritilishini oldini olish uchun samarali ifloslanishni nazorat qilish choralarini ko'rish kerak. Bunga ishchi yuzalarni toza saqlash, tuklarsiz salfetkalar yoki asboblardan foydalanish va turli komponentlar yoki ishlab chiqarish bosqichlari o'rtasida o'zaro kontaminatsiyani oldini olish uchun protseduralarni amalga oshirish kiradi.
Sifatni ta'minlash: Optik kirish tarmog'ini ishlab chiqarish jarayonlari mahsulotlarning talab qilinadigan spetsifikatsiyalar va ishlash standartlariga javob berishini ta'minlash uchun sifatni ta'minlash choralarini o'z ichiga olishi kerak. Bu ishlab chiqarilgan komponentlar yoki qurilmalarning sifati va ishonchliligini ta'minlash uchun optik parametrlarni sinovdan o'tkazish, signalning yaxlitligini tekshirish va ishonchlilikni baholashni o'z ichiga olishi mumkin.
Ta'lim va ta'lim: Optik kirish tarmog'ini ishlab chiqarishga xos bo'lgan tegishli sanitariya va gigiena amaliyotlari bo'yicha xodimlarni o'qitish va o'qitish juda muhimdir. Bu tozalik, ifloslanishni nazorat qilish va nozik optik qismlarga to'g'ri ishlov berish muhimligi haqida xabardorlikni oshirishni o'z ichiga oladi.
Standartlarga muvofiqligi: Optik kirish tarmog'ini ishlab chiqarish jarayonlari tegishli sanoat standartlari va qoidalariga mos kelishi kerak. Ushbu standartlar tozalik, ifloslanish nazorati va optik ishlab chiqarishga xos sifat kafolati bo'yicha ko'rsatmalarni o'z ichiga olishi mumkin.
Optik kirish tarmog'ini ishlab chiqarish jarayonlarida sanitariya va gigiena qoidalariga rioya qilish orqali kompaniyalar optik komponentlari yoki qurilmalarining sifati, ishlashi va ishonchliligini ta'minlashi mumkin. Optimal optik ishlashga erishish uchun atrof-muhitni toza saqlash, ifloslanishni nazorat qilish choralarini ko'rish va to'g'ri ishlov berish va tozalash tartib-qoidalariga rioya qilish juda muhimdir.
|