|
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA EKOLOGIYA
|
bet | 15/19 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 7,45 Mb. | | #102863 |
Bog'liq dp4. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA EKOLOGIYA
4.1. Ishlab сhiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigienasi
Mehnat gigiyenasi – ishlab chiqarish muhitini va mehnat jarayonini kishi organizmiga ta’sirini o‘rganadi va ularning sanitariya-gigiyena holatlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyanomalarni ishlab chiqadi, bularning hammasi ishchilarning sog‘lig‘ini va ish qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi – ishlab chiqarish korxonalari hududlarining tozalik holatini yaxshi saqlash, obodonlashtirish, ishlab chiqarish binolarini va xonalarini, sanitariya-texnik qurilmalari (ventilyatsiya, isitish, yoritish), sanitariya-maishiy xonalar qurilmalari, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi zaharlanishlarni hamda kasb kasalliklarini oldini olish, xizmatchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, shuningdek mehnatni ilmiy tashkil qilish va ishlab chiqarish estetikasi bilan bog‘liq bo‘lgan gigiyena chora-tadbirlarini ishlab chiqish masalalarini hal qiladi.
Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni oldini olish va ulardan himoyalashda avvalambor ish joyidagi shaxsiy gigiyena masalalari asosiy rol o‘ynaydi. Shaxsiy gigiyena tushunchasiga kiradigan masalalar doirasi juda keng. Bu badanni toza tutish, ishlaganda, ovqatlanganda shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, ya’ni yashaydigan joyni ozoda tutish va boshqalar. Shaxsiy gigiyena qoidalarini bajarish faqat individual emas, balki ijtimoiy ahamiyatga ham molik bo‘ladi. Agar bir kishi shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilmasa, u o‘z oilasida va ishlaydigan jamoada yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Sog‘lom ish sharoitlarini yaratilishining negizida sanitariya me’yorlari va qoidalari yotadi, ya’ni kishilar organizmini turli sharoit va muhitlarda qobiliyati va chidamlilik chegarasi aniqlanilib ishlab chiqrish joylarida muhitning MRK (me’yoriy ruxsat etilgan kontsentratsiya), MRM (me’yoriy ruxsat etilgan miqdor), MRD (me’yoriy ruxsat etilgan daraja)lari ishlab chiqilgan va joriy qilingan.
Bularning me’yoriy darajasini ta’minlab turish sog‘lom mehnat sharoitlariga kafolat beradi. Amaldagi sanitariya me’yorlaridan SM 245-71 korxonalarni joylashishiga hamda ularning hududini rejalashtirish, ishlab chiqarish maqsadida qurilgan binolarga umumiy talablarni belgilaydi.
Korxonada sanitariya qoidalari. Har qanday jismoniy mehnat jarayonida ishlab chiqarish muhitining odam vujudida salbiy ta’siri bo‘ladi, chunki mushaklarning kuch ta’sirida uzayib, qisqarishi ko‘p marotaba takrorlanishi evaziga markaziy nerv tolalarida zo‘riqish paydo bo‘ladi. Shu sababli, mehnatkashning xavfsizligini ta’minlanmagan sharoitda ishlashi markaziy nerv tizimini tezda toliqishiga va butun vujudini charchashiga olib keladi. Buning natijasida odamning sezuvchanligi va ishlash qobiliyati keskin pasayib boradi. Zararli mehnat sharoitining surunkali ta’siridan odamni salomatligi sekin-asta yomonlashib, ko‘rish va eshitish qobiliyatini pasayishi, titroq kasali, ruhiy toliqishlar kabi kasbiy xastaliklarni alomatlari paydo bo‘la boshlaydi. Buning natijasida odamning ijobiy mehnat qilish qobiliyati qisman yoki butkul pasayib boradi. Bu hol kasbiy kasallik deb ataladi.
Ishchilarning sog‘ligiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar qatoriga mehnat va iqlim sharoiti, ish joyidagi zararli shovqin va tebranishlar, yorug‘likni yetishmasligi, zararli chang va gazlarning sanitariya me’yoridan oshib ketganligi va boshqalar kiradi. Bularning inson salomatligiga salbiy ta’sirini oldini oluvchi tadbirlarni belgilash va yaratish bilan mehnat sanitariyasi va gigienasi shug‘ullanadi. Uning asosiy vazifalari yuqorida sanab o‘tilgan omillarning kishi organizmiga qanday ta’sir ko‘rsatishi va uning oqibatini o‘rganish bilan bir qatorda, unga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va zararli omillarni ruxsat etilgan zararsiz me’yorini belgilab berish bilan shug‘ullanadi. Shunday qilib, temir yo’lda ishlab chiqarish sanitariyasining vazifasi, tozalik va ozodalik bo‘yicha tadbirlar majmuasini tuzishdan iborat bo‘lib, maqsadli ishlab chiqarish korxonalarida sog‘lom mehnat sharoitini yaratishdir.
Mehnat jarayonida turli vaziyatda odamga har xil salbiy omillar ta’sir qiladi. Bularni ishlab chiqarishdagi zararli omillar deb yuritiladi va ularning insonga uzoq muddat ta’sir etishi natijasida ishchining kasbi bilan bog‘liq bo‘lgan xastaliklarni paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Mehnat sharoitining nobobligi tufayli yuzaga keladigan xastaliklarni tibbiyotda quyidagi 4.2-jadvalda 10-ta asosiy guruhlarga bo‘lish tavsiya etilgan. Bundan tashqari barcha zararli omillarni odamga ta’sir etish xususiyatlariga qarab 4-ta yiriklashgan guruhlarga bo‘linadi, ya’ni jismoniy, kimyoviy, biologik va psixofiziologik.
4.2-jadval
Mehnat sharoitining nobobligi tufayli yuzaga keladigan xastaliklar
№
|
Zararli omillar
|
Ta’sir oqibati
|
Mehnat jarayoni
|
1
|
Haroratni pasayishi va ko‘tarilishi
|
Haroratni ta’sirida, anginonevroz, artrit
|
Sovuqu va issiq havoda ishlash
|
2
|
Shovqinning zo’rayishi
|
Eshitishing pasayishi, loringit, nevralgiya
|
Shovqinning manbai ta’sirida ishlash
|
3
|
Tebranishning ta’siri
|
Qaltiroq xastaligi, asablarni buzilishi
|
tabranma manbada ishlash
|
4
|
Havodagi changning ko’payishi
|
Silikoz,astma ya’ni pnevmakonioz, plivrit
|
Changli muhitda ishlash
|
5
|
Zaharli gazlar va bug’ning ko’payishi
|
Zaharlanish va jarohatlanishi
|
Zaharli gazlar bor muhitda ishlash
|
6
|
Havo bosiminin o’zgarishi
|
Kesson kasali va qon ketish xastaligi
|
havoda kislaroq kam joyda ishlash
|
7
|
Yorug’likni yetishmasligi
|
Ko’z toliqishi, baxtsiz hodisni sodir bo’lishi
|
Yoritilganlik kam sharoitda ishlash
|
8
|
Mushaklarning zo’riqishi
|
Qon tomirlari kengayishi, ortrit, churra
|
Og’ir qo’l mehnatini bajarish
|
9
|
Yuqori tok kuchlanish ta’siri
|
Ko’z kasalligi - katarakt, konyuktivit, nevrit
|
Elektr payvandlash/lazerda ishlash
|
10
|
Ionlantiruvchi nurlar ta’siri
|
Nurlanish kasalligi, to’qimalarni buzilishi
|
Gamma defektoskop asbobida ishlash
|
Jismoniy zararli omillarga zararli gaz va chang moddalari, shovqin na tebranishlar hamda qoniqarsiz iqlim va yoritilganlik sharoitlari kiradi. Kimyoviy zararli omillariga esa zaxarlanish xollarini chaqiruvchi zaharli va xavfli bo‘lgan kimyoviy moddalar kiradi.
Biologik zararli omillarga inson tanasiga zaharli gaz va bug‘larni nafas yo‘li orqali ta’sir qiluvchi mikroblar kiradi.
Psixofiziologik zararli omillarga esa, ishchining ruhiyati va shaxsoniyatiga, izzat nafsiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi jismoniy va ma’naviy zo‘riqishlar kiradi.
Ishlab chiqarish ob’ektlari loyihalarida sanitariya talablari. Ishlab chiqarida sanitariya va mehnat gigienasi masalalari bir qator me’yoriy hujjatlar asosida rejalashtiriladi. Bu hujjatlarga sanoat korxonalarini loyihalashtirishda mavjud sanitariya me’yorlari, “Sanoat korxonalari bosh rejasini”, loyihalash me’yorlari va boshqalar kiradi. Bu hujjatlarning asosiy vazifasi sog‘lom mehnat sharoitini yaratish orqali jarohatlanish va kasbiy kasalliklarni oldini olishdan iborat.
Bularda sanoat korxonalarining loyihalash, qurish va foydalanish davrida sanitariya talablarini rejalashtirish chora-tadbirlari berilgan. Sanoat korxonalarida ajralib chiqadigan va ishchi muhitga tarqaladigan har xil zararli chang va zaharli gaz moddalarini odam uchun zararsiz ruxsat etilgan miqdori - (REM) ni belgilab beradi. Ishchi havo muhiti deb pol yoki yer sathidan to novcha odamning nafas olish a’zosini balandligiga teng 2,0 m bo‘lgan ish joylaridagi bo‘shlik – havo muhiti tushuniladi.
|
| |