Inson faoliyati xavfsizligi




Download 2,03 Mb.
bet14/111
Sana20.05.2024
Hajmi2,03 Mb.
#246571
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   111

Inson faoliyati xavfsizligi


Ijtimoiy (sotsial) injineriya - turli psixologik usullar va firibgarlik amaliyotining to‘plami, uning maqsadi firibgarlik yo‘li bilan shaxs to‘g‘risida maxfiy ma’lumotlarni olish. Maxfiy ma’lumotlar - foydalanuvchi ismi/ parollari, shaxsiy ma’lumotlari, ayblov dalillari, bank karta raqamlari va moliyaviy yoki obro‘sini yo‘qotadigan har qanday ma’lumot.
Mazkur atama xakerlik sohasidan kirib kelgan, xaker - kompyuter tizimidagi zaifliklarni qidiradigan odam, boshqacha aytganda “buzg‘unchi”. Hozirgi vaqtda xakerlar har qanday tizimdagi asosiy zaiflik

  • mashina emas, balki shaxs ekanligini yaxshi tushunishadi. Inson, xuddi kompyuter singari, muayyan qonunlarga muvofiq ishlaydi. Psixologiya, hiyla-nayranglar va ta’sir mexanizmlari doirasida insoniyat tomonidan to‘plangan tajribadan foydalangan holda, xakerlar “odamlarga hujum qilishni” boshlaydilar. Gohida ularni “aql xakerlari” deb ham atashadi.

Masalan, xaker sizdan pul olmoqchi deb faraz qilaylik. Aytaylik, u sizning telefon raqamingiz va ijtimoiy tarmoqdagi akkauntingiz haqida ma’lumotga ega. Bundan tashqari, u izlanish natijasida sizning akangiz borligini ham aniqladi va akangiz haqida ham yetarlicha ma’lumot to‘pladi. U shuningdek, akangizning telefon raqamini ham biladi. Shundan so‘ng, ushbu ma’lumotlar asosida o‘z rejasini tuza boshladi.
Reja: Xaker sizga kechki vaqtda telefon qilib, sizga (sizni ismingiz o‘rniga faqat akangiz ataydigan biror “laqab” ham bo‘lishi mumkin) men akangman deb tanishtiradi va o‘zini ko‘chada bezorilarga duch kelganini, ular barcha narsalarini (telefon, pul, plastik kartochka va h.) olib qo‘yganini aytadi. Bundan tashqari, u o‘ziga bir qiz yordam berganini, biroq, uning yonida puli yo‘qligini aytadi. Shu bilan birga, ushbu qizni yonida plastik kartasi borligini va sizdan ushbu plastik kartaga kasalxonaga yetib borish uchun zarur bo‘lgan 20 000 so‘m pulni ko‘chirib berishni talab qiladi. Mazkur holatlarning 80% da xakerlar muvaffaqqiyatga erishganlar va bu ishlarni amalga oshirish malakali xaker uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Mazkur holda akangizni ovozini ajratish imkoniyati haqida gap borishi mumkin. Biroq, inson turli hayojon va shovqin bo‘lgan muhitda bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, agar siz uxlab yotgan vaqtingizda telefon bo‘lsa, ovozni aniqlashingiz yanada qiyinlashadi.
Ushbu holatda xaker tomonidan foydalanilgan fikrlarni ko‘rib chiqaylik:

  1. Shaxsini yaxshi yashirgan va real misollarga asoslangan (masalan, sizning rasmlaringiz, faqat sizning yaqinlaringiz biladigan joylar va h.) va yaxshi afsona o‘ylab topdi.

  2. Bularning barchasi yetarlicha tez va ishonchli tarzda aytilgan.

  3. Ta’sirning juda ishonarli mexanizmidan foydalanilgan – achinishga majbur qilingan (hissiyotlarga murojaat qilish).

Sotsial injineriya bilan bog‘liq tahdidlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
Telefon bilan bog‘liq tahdidlar. Telefon hanuzgacha tashkilotlar ichida va ular o‘rtasidagi aloqaning eng keng tarqalgan usullaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun, u sotsial injineriya uchun samarali vosita bo‘lib qolmoqda. Telefonda gaplashayotganda, suhbatdoshining shaxsini tasdiqlashning imkoni yo‘q. Bu hujumchilarga xodimning, xo‘jayinning maxfiy yoki muhim tuyuladigan ma’lumotlarga ishonishi mumkin bo‘lgan har qanday shaxsning o‘rnida bo‘lish imkonini beradi. Bunda, zo‘ravonlik qurbonining “yordam berishdan” boshqa imkoni qolmaydi. Hattoki, uyushtiriladigan suhbat ahamiyatsiz bo‘lib ko‘ringan taqdirda ham.
Uyali telefondan foydalanuvchilarni pul o‘g‘irlashga qaratilgan firibgarlikning turli usullari mavjud. Bunga qo‘ng‘iroqlar yoki lotereyalardagi yutuqlar, SMS-xabarlar, xatoliklar orqali pulni qaytarish to‘g‘risidagi so‘rovlar yoki jabrlanuvchining yaqin qarindoshlari muammoga duch kelganligi hamda ma’lum miqdordagi pulni zudlik bilan o‘tkazish kerakligi haqidagi xabarlarni keltirish mumkin.
Mazkur hollarda quyidagi xavfsizlik choralarini amalga oshirish talab etiladi:


Download 2,03 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   111




Download 2,03 Mb.