• Kalit soʻzlar
  • Vebinar texnologiyasi ta’lim vositasi sifatida




    Download 16.92 Kb.
    Sana06.04.2024
    Hajmi16.92 Kb.
    #189432
    Bog'liq
    texnologiya m
    Ortalıq hám ekologiyalıq faktorla1, 2222222222222222222222222222222222222222, Oliy ta\'lim pedogogikasi, 1MUSTAQIL IW.., mehnat shartnomasini o zgartirish tartibi va usullari, QO\'SHIMCHA MA\'LUMOT, COMPARATIVES AND SUPERLATIVES SO,SUCH,ENOUGH,TOO .., DUNYO VA O\'ZBEKISTON ISLOM DININING MOVQE, kafolat xati, O\'zbekistonda atmosferaning ifloslanishi muammolari, Integral test uzb, 1. Бибиширин МФЙ - бандлик дастури (4), Boshlang’ich sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tas-fayllar.org, kasb tanlashga yollash Referat, SLAYD (3)

    VEBINAR TEXNOLOGIYASI TA’LIM VOSITASI SIFATIDA
    JDPU Boshlang’ich ta‘lim
    yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
    Qo’shboqova Oqila
    ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada masofaviy ta’lim, vebinar texnologiyasi, qoʻllanilishi, vebinar uchun dasturlar va ularning afzalliklari, kamchiliklari va qulay tomonlari, ta’limdagi ahamiyati haqida fikr yuritilgan.
    Kalit soʻzlar: Masofaviy ta’lim,vebinar texnologiyasi,Zoom texnologiyasi,
    LiveWebinar, Adobe Connect texnologiyasi, ClickMeeting, BigMarker kamchiliklar, afzalliklar, tariflar,
    Xozirda jadallik bilan rivojlanib borayotgan davrda dunyoda axborot texnologiya tizimlari xar sohada oʻz oʻrniga ega boʻlib ulgurgdi. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta‘limni axborotlashtirish allaqachon yoʻlga qoʻyilgan. Ayni vaqtda so‗z boyligimizda ham yangi so‗zlarni uchratishimiz tabiiy xolatga aylandi yani inovatsiya,onlayn ta‘lim,masofaviy ta‘lim… Mamlakatimizda ham ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini yanada oshirish, ta’limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilgan boʻlib oʻzgarishlar ham sezilarli darajada.Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish ―Raqamli O‗zbekiston — 2030‖ strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta‘minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda ―Raqamli Oʻzbekiston – 2030‖ strategiyasi boʻyicha keng koʻlamdagi ishlar, ta‘lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta‘lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta‘minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish,ta‘lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta‘lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, ―blended learning‖, ―flipped classroom‖ texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish,zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta‘lim dasturlarini tashkil etish kabi ishlar boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Masofaviy ta‘lim tizimi yevropa, g’arb mamlakatlarida rivojlanganiga ancha yillar boʻlsa ,yurtimizda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib ulgurdi va shiddat bilan rivojlandi, ayniqsa pandemiya rivoji paytida bu yanada jadallashdi.
    Zamonaviy aхborot va kommunikatsiya tехnologiyalari vositalarini ta‘lim jarayoniga kirib kеlishi an‘anaviy oʻqitish usullariga qoʻshimcha ravishda yangi oʻqitish shakli - masofaviy oʻqitish yaratilishiga omil boʻldi. Va ayni vaqtda masofaviy ta‘lim texnologiyalari rivojlanib bormoqda va ular turli xil koʻrinishga ega . Ulardan biri vebinar texnologiyasidir. Vebinar texnologiyasini oliy ta‘lim muassasalarida qoʻllash orqali masofaviy ta‘lim sohasida koʻplab imkoniyatlarga ega boʻlish mumkin. Masofaviy ta‘lim bu- o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta‘lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog‗idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan. Keling avvalo vebinar texnologiyasi haqida tanishsak.
    Vebinar (―webinar‖ inglizcha soʻz boʻlib ―Web-based seminar‖ soʻz birikmasining qisqartirilgan koʻrinishi boʻlib, vebga asoslangan seminar, trening ma'nolarini anglatadi)- onlayn seminar, ma'ruza, taqdimotlarni jonli rejimda veb teхnologiyalar yordamida tashkil etish. Har bir ishtirokchi geografik joylashuvidan qat‘iy nazar oʻzining internet tarmog‘i orqali qatnashadi. Vebinar onlayn rejimda yoki kompaniyaning korporativ tarmog‘ida turli tadbirlar yoki masofaviy tarzda bilim olishni muvofiqlashtirish uchun moʻljallangan vosita hisoblanadi. Veb-seminar, vebinar teхnologiyalari yordamida turli mavzudagi muzokaralar, onlayn uchrashuvlar, taqdimotlar kabi turli tadbirlarni olib borish imkoniyatini beradi.
    Download 16.92 Kb.




    Download 16.92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vebinar texnologiyasi ta’lim vositasi sifatida

    Download 16.92 Kb.