|
Viii-semestr Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar. 1-Mavzu: karmat –ek dasturini ishga tushurish. Reja: karmat –ek dasturi
|
Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 28,23 Kb. | | #251781 |
Bog'liq 1-mavzu
VIII-semestr Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar.
1-Mavzu: KARMAT –EK dasturini ishga tushurish.
Reja:
1. KARMAT –EK dasturi
2. KARMAT –EK dasturini ishga tushurish.
3.IRBIS dastiri haqida ma’lumot.
Tayanch so’zlar:KADATA,KARMAT, IRBIS, dastur.
Korporativ axborot-resurslar markazining avtomatlashtirilgan tizimi (KARMAT), Integrallashgan kutubxona-axborot tizimi (IRBIS) “Axborot, kutubxonachilik va nashriyot ishi” (SIBID,
Axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlari va kutubxonalar uchun dasturiy ta’minot: muammolar, yechimlar.
Ma’lumki, zamonaviy talablarga javob beradigan kutubxonada avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimini (AKAT) yaratmasdan turib, qarorda ko’zda tutilgan vazifalarni to’liq bajarish mumkin emas. AKATning ta’minotlari (dasturiy, texnik, axborot, lingvistik, tashkiliy-texnologik va kadrlar) orasidan bugungi kunda ko’pchilikning e’tiborida turgani bu dasturiy ta’minotdir.
O’zbekiston kutubxonalarida AKAT dasturiy ta’minoti sifatida Rossiyada ishlab chiqilgan IRBIS tizimining qo’llanilayotganligi diqqatga sazovordir. Integrallashgan kutubxona-axborot tizimi (IRBIS) o’tgan asr 90-yillarining oxirlaridan boshlab O’zbekiston kutubxonalarida tatbiq qilina boshlagan bo’lsada, u bugungi kunda mamlakatimizning ko’pchilik AKM, ARM va kutubxonalarida o’z o’rnini topmadi. Buning birinchi sababi tizimning bahosi mamlakatimiz kutubxonalarining moliyaviy imkoniyatlariga mos emasligida bo’lgan bo’lsa, ikkinchi sababi tizimning O’zbekiston kutubxonalariga to’liq moslashtirilmaganligi bo’ldi. Tizim o’zbek tiliga tarjima qilinmadi, buning sababi “Axborot, kutubxonachilik va nashriyot ishi” (SIBID) turkumiga kiruvchi kutubxona standartlari o’zbek tilida mavjud emas edi. Kataloglashtirish qoidalari ham O’zbekiston kutubxonachilik ishi uchun “ochilmagan qo’riq” edi [9].
2007-yili O’zbekiston Milliy kutubxonasining tashabbusini “Aloqa va axborotlashtirish agentligi” qo’llab-quvvatladi va Respublika axborot-kutubxona markazining sa’y harakati bilan kutubxonachilik sohasiga oid standartlar tizimining birinchi varianti ishlab chiqildi. Demak, nazariy jihatdan kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi dasturiy vositalar yaratishga imkoniyat yaratildi.
Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining mutaxassislari va Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat Madaniyat instituti o’qituvchilari t.f.d., professorlar M. A. Rahmatullayev rahbarligida kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirishga mo’ljallangan dasturiy vosita yaratishga kirishdilar .
Kutubxonalar tipologiyasi va avtomatlashtirilgan tizimlar
Kutubxonalar uchun dasturiy vosita yaratuvchilarning ba’zi birlari “Biz shunday tizim yaratdikki, uni ixtiyoriy tipdagi kutubxonaga tatbiq qilish mumkin” deya da’vo qilmoqdalar. Ular kutubxonalardagi tipologiyalarni bilmasliklari tufayli turli tipdagi kutubxona oldiga o’ziga hos vazifalar qo’yilganligini va bu vazifalar turlicha ekanligini tushunmaydilar. Bu birinchidan, ikkinchidan esa ARM, AKM va kutubxonalarning moliyaviy imkoniyatlari ham turlicha demak, dasturiy vositalarni sotib olish imkoniyatlari ham turlicha. Bunday holatda “universal dasturiy vosita” yaratish maqsadga muvofiq emas. Shunday dasturiy vositalar kompleksini yaratishimiz lozimki, u turli tipdagi AKM, ARM va kutubxonalarning bajaradigan vazifalariga, funksional talablariga va moliyaviy imkoniyatlariga mos kelsin. Shunday qilib, barcha ARM, AKM va kutubxonalarga tatbiq qilinadigan yagona tizimni emas, balki turli vazifalarni bajaruvchi turli tipdagi AKM, ARM va kutubxonalar uchun dasturiy vositalar kompleksini taklif qilamizki, AKM, ARM va kutubxonalar o’z imkoniyatlaridan (funksional va moliyaviy) kelib chiqqan holda o’zlariga kerakli dasturni tanlab olsinlar. Dasturiy kompleks modul prinsipiga asoslanib yaratilganligi tufayli kerakli tizimni yaratish unchalik mushkul ish bo’lmaydi. Shunday qilib, kutubxona jarayonlarini kompleks avtomatlashtirishga mo’ljallangan tizim bilan tanishishga o’tamiz [8].
“KARMAT” oilasiga kiruvchi dasturiy vositalar
Korporativ axborot-resurslar markazining avtomatlashtirilgan tizimi (KARMAT) besh variantda taklif qilinmoqda.
1. KARMAT-M: Maktab ARM faoliyatini avtomatlashtirishga mo’ljallangan
2. KARMAT-ITA; Ilmiy-texnika adabiyotlari elektron kutubxonasi
3. KARMAT-AK; OUYu/Akadem litsey/kollej ARM lari uchun
4. KARMAT-U; ARM, AKM va kutubxonalar.
KARMAT-K; Korporativ kataloglashtirish, yig’ma EK
1. Bugungi kunda tizimning asosiy (bazaviy) modullari ishlab chiqildi. Modullar kutubxonadagi asosiy axborot jarayonlarini (axborotlarni yig’ish, ishlov berish, saqlash, qidirish va uzatish) avtomatlashtirish imkoniyatini beradi.
2. “Kataloglashtiruvchining” avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ).
3. “Kitobxonning shaxsiy elektron kabineti” Kitobxon uchun AIJ.
4. “Kitob berish va qaytarib olish” bilan shug’ullanuvchi xodimning AIJ.
5. “Fondni butlash” bilan shug’ullanuvchi xodimning AIJ.
6. “Tizimni boshqarish/yuritish” bilan shug’ullanuvchi xodimning AIJ.
Kataloglashtiruvchining AIJ asosan tizimning elektron katalogi (EK) bazasini shakllantirishga mo’ljallangan bo’lib, bu yerda kutubxona fondiga kelib tushayotgan adabiyotlarga bibliografik ishlov berish va kitobxonlarning elektron formulyari yaratiladi.
INFOCOM.UZ
UZ Search Axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlari va kutubxonalar uchun dasturiy ta’minot: muammolar, yechimlar.Ma’lumki, zamonaviy talablarga javob beradigan kutubxonada avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimini (AKAT) yaratmasdan turib, qarorda ko’zda tutilgan vazifalarni to’liq bajarish mumkin emas. AKATning ta’minotlari (dasturiy, texnik, axborot, lingvistik, tashkiliy-texnologik va kadrlar) orasidan bugungi kunda ko’pchilikning e’tiborida turgani bu dasturiy ta’minotdir.
O’zbekiston kutubxonalarida AKAT dasturiy ta’minoti sifatida Rossiyada ishlab chiqilgan IRBIS tizimining qo’llanilayotganligi diqqatga sazovordir. Integrallashgan kutubxona-axborot tizimi (IRBIS) o’tgan asr 90-yillarining oxirlaridan boshlab O’zbekiston kutubxonalarida tatbiq qilina boshlagan bo’lsada, u bugungi kunda mamlakatimizning ko’pchilik AKM, ARM va kutubxonalarida o’z o’rnini topmadi. Buning birinchi sababi tizimning bahosi mamlakatimiz kutubxonalarining moliyaviy imkoniyatlariga mos emasligida bo’lgan bo’lsa, ikkinchi sababi tizimning O’zbekiston kutubxonalariga to’liq moslashtirilmaganligi bo’ldi. Tizim o’zbek tiliga tarjima qilinmadi, buning sababi “Axborot, kutubxonachilik va nashriyot ishi” (SIBID) turkumiga kiruvchi kutubxona standartlari o’zbek tilida mavjud emas edi. Kataloglashtirish qoidalari ham O’zbekiston kutubxonachilik ishi uchun “ochilmagan qo’riq” edi [9].
2007-yili O’zbekiston Milliy kutubxonasining tashabbusini “Aloqa va axborotlashtirish agentligi” qo’llab-quvvatladi va Respublika axborot-kutubxona markazining sa’y harakati bilan kutubxonachilik sohasiga oid standartlar tizimining birinchi varianti ishlab chiqildi. Demak, nazariy jihatdan kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi dasturiy vositalar yaratishga imkoniyat yaratildi.
Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining mutaxassislari va Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat Madaniyat instituti o’qituvchilari t.f.d., professorlar M. A. Rahmatullayev rahbarligida kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirishga mo’ljallangan dasturiy vosita yaratishga kirishdilar [5,6,7].
Kutubxonalar tipologiyasi va avtomatlashtirilgan tizimlar
Kutubxonalar uchun dasturiy vosita yaratuvchilarning ba’zi birlari “Biz shunday tizim yaratdikki, uni ixtiyoriy tipdagi kutubxonaga tatbiq qilish mumkin” deya da’vo qilmoqdalar. Ular kutubxonalardagi tipologiyalarni bilmasliklari tufayli turli tipdagi kutubxona oldiga o’ziga hos vazifalar qo’yilganligini va bu vazifalar turlicha ekanligini tushunmaydilar. Bu birinchidan, ikkinchidan esa ARM, AKM va kutubxonalarning moliyaviy imkoniyatlari ham turlicha demak, dasturiy vositalarni sotib olish imkoniyatlari ham turlicha. Bunday holatda “universal dasturiy vosita” yaratish maqsadga muvofiq emas. Shunday dasturiy vositalar kompleksini yaratishimiz lozimki, u turli tipdagi AKM, ARM va kutubxonalarning bajaradigan vazifalariga, funksional talablariga va moliyaviy imkoniyatlariga mos kelsin. Shunday qilib, barcha ARM, AKM va kutubxonalarga tatbiq qilinadigan yagona tizimni emas, balki turli vazifalarni bajaruvchi turli tipdagi AKM, ARM va kutubxonalar uchun dasturiy vositalar kompleksini taklif qilamizki, AKM, ARM va kutubxonalar o’z imkoniyatlaridan (funksional va moliyaviy) kelib chiqqan holda o’zlariga kerakli dasturni tanlab olsinlar. Dasturiy kompleks modul prinsipiga asoslanib yaratilganligi tufayli kerakli tizimni yaratish unchalik mushkul ish bo’lmaydi. Shunday qilib, kutubxona jarayonlarini kompleks avtomatlashtirishga mo’ljallangan tizim bilan tanishishga o’tamiz [8].
“KARMAT” oilasiga kiruvchi dasturiy vositalar
Korporativ axborot-resurslar markazining avtomatlashtirilgan tizimi (KARMAT) besh variantda taklif qilinmoqda.
1. KARMAT-M: Maktab ARM faoliyatini avtomatlashtirishga mo’ljallangan
Hozirgi kunda internet tizimi foydalanuvchilar hayotiga shunchalik chuqur kirib borganki, natijada kutubxonachi va foydalanuvchining yuzma-yuz muloqoti kamayib ketmoqda. Foydalanuvchilar kutubxonalardagi bosma nashrga oid ma'lumotlardan ko'ra, Internetdan olingan ma'lumotlardan foydalanishni maqul ko'rmoqdalar. Shuning uchun hozirgi kunda xorijiy mamlakatlarda foydalanuvchilarni kutubxona bilan bevosita aloqani o'rnatish, qatnovni yo'lga qo'yish uchun ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda internetga ulangan maxsus kompyuterli xonalar ochib, ko'pgina kutubxonalar foydalanuvchilarga o'zlari murojaat qilish tartibini yo'lga qo'ydilar. Ular orqali mutaxassislarga kutubxona manbalaridan foydalanish imkoniyatini bermoqda. Bu orqali kutubxona - axborot xizmati sifatini yanada oshirib, foydalanuvchilar sonini ko'paytirib bormoqdalar.
So'ngi paytlarda yurtimizda ham foydalanuvchilarning kutubxonalardan foydalanish darajasining pasayishi kuzatilayotgan edi, lekin horijiy mamlakatlar bilan o'rnatilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma'rifiy aloqalar natijasida bugungi kunda zamonaviy, yangi innavatsion va samarali texnologiyalar kirib keldi, horijiy mamlakatlarning ilg'or tajribalar asosida mamlakatimizdagi barcha axborot-kutubxona muassasalarida foydalanuvchilarga zamon talablari asosidagi interfaol xizmat turlaridan foydalanish sharoitlari yaratildi. Barcha turdagi Ilmiy-texnik, badiiy adabiyotlarning elektron shakllari yaratilib, respublikadagi axborot-kutubxona markazlarining axborot resurslari jamlab, internet tarmog'ida korporativ tarmoq yaratilgan. Bu tarmoq orqali respublikamizning barcha axborot-kutubxona markazlari bitta markaziy tarmoqqa bog'lanib kutubxonalardagi barcha adabiyotlar haqidagi ma'lumotlar jamlanib, elektron kataloglar ma'lumotlar bazasi shakllantirildi. Bu loyiha yurtimiz kitobxonlariga axborot-kutubxona markazlari xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatini bermoqda. Shu tarzda kutubxonalardan foydalanuvchilarning soni ortmoqda.
Nazorat savollari
1. KARMAT –EK dasturi to’g’risida
2. KARMAT –EK dasturini ishga tushurish.
3.IRBIS dastiri haqida ma’lumot bering
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Садурская. В.В.Библиографичиское описание документа. учеб.пособие .1987.
2.О.А.Лавренова .Создание електронних каталог. учеб.пособие. 1996.
3.Рожинская Ф.Н. Систематизация произведения печати.. учеб.пособие.1989.
4. Yo‘ldoshev E. Kutubxona fondlarini tashkil etish.O’quv qo’llanma.2002.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Viii-semestr Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar. 1-Mavzu: karmat –ek dasturini ishga tushurish. Reja: karmat –ek dasturi
|