|
Vinchestir
|
Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #267855 |
Bog'liq Vinchestir Vinchestir Vinchester (ing. Hard Disk — qattiq disk) — kompyuterdagi barcha dastur va maʼlumotlar saqlanadigan xotira qurilmasi. Qattiq magnit disklardagi yigʻuvchilar Vinchester nomi ostidagi qattiq magnit disklardagi yigʻuvchilar (QMDY) SHKlarda keng tarqalgan. Vinchester atamasi sigʻimi 16 Mbayt (IBM, 1973-yil) boʻlgan qattiq disk birinchi modelining jargoni nomidan kelib chiqqan boʻlib, u har biri 30 ta sektordan iborat 30 ta yoʻlkaga egadir. Bu maʼlum boʻlgan “Vinchester” ov miltigʻini “30/30” kalibri bilan aynan mos keladi. Bu yigʻuvchilarda bitta yoki bir nechta qattiq disklar boʻlib, ular alyuminiy yoki kremniy qorishmasidan tayyorlangan va ferrilok bilan qoplangan, germetik yopiq korpusga oʻqish-yozish magnit kallagi bloki joylashtirilgandir.
Past darajali formatlash diskni ishlatish jarayonida buzuq sektorlarga murojaat qilishni inkor qilish uchun ularni markirovka qilib ham chiqadi. Maksimal sigʻim va qiymatlarni uzatish tezligi yigʻuvchi ishlaydigan interfeysga bogʻliqdir (diskli interfeyslar oldingi paragrafda koʻrib chiqilgan). Standart aylanish tezligi, masalan, EIDE interfeysi uchun — 3600, 4500 va 5400 ayl/min. Protsessorning disklar bilan maʼlumotlar almashish tezligini oshirish uchun QMDY ni keshlash kerak, disklar uchun kesh xotira asosiy xotira uchun keshning funktsional vazifasi kabi vazifaga egadir, yaʼni diskka yozilayotgan yoki undan oʻqilayotgan maʼlumotlarni qisqa vaqt saqlash uchun tez harakatlanadigan xotira buferi boʻlib xizmat qiladi. Kesh-xotira diskovodga nisbatan sozlangan boʻlishi mumkin, tezkor xotirada dasturi yoʻl bilan yaratilishi ham mumkin (masalan, Microsoft Samartdrive drayveri bilan).
|
| |