• MUSTAQIL ISH ANGREN UNIVERSITETI Fan: ______________________________________.
  • Virtual o'yinlarning asoratlari




    Download 290,13 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana28.11.2023
    Hajmi290,13 Kb.
    #106918
    Bog'liq
    Virtual o\'yinlarning asoratlari



    M
    AVZU
    : V
    IRTUAL
     
    O
    '
    YINLARNING
     
    ASORATLARI
     
    Guruh:
    ____________________ 
    Bajardi :
     _____________________ 
    Tekshirdi:
     ____________________
     
    MUSTAQIL ISH 
    ANGREN UNIVERSITETI 
    Fan: ______________________________________. 


    R
    EJA

    O‘yinlarining yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri 

    Vertual o‘yinlarning 
    salbiy oqibatlari
     

    Internet o‘yinlarining ta’siri 


    XXI asrda dunyoning mafkuraviy manzarasi tubdan 
    o‘zgarib, global integratsiya jarayonlarining 
    jadallashuvi yangicha tafakkur uslubini taqozo 
    qilmoqda. Yoshlar, o‘smirlar ongida Vatanga muhabbat 
    tuyg‘ularini shakllantirish, mustaqillikning oliy ne’mat 
    ekanligini tushuntirish, millat va xalq manfaati yo‘lida 
    kerak bo‘lsa fidoyilik ko‘rsata oladigan, 
    mustaqilligimizning mohiyatini va qadrini anglaydigan, 
    uni har qanday xavf-xatardan asrashni o‘zining 
    muqaddas burchi deb biladigan, muayyan 
    mutaxassislikni, kasb-hunarni chuqur 
    egallagan, 
    mustaqil
    , erkin fikrlaydigan, ma’naviy va 
    jismonan barkamol insonni tarbiyalash dolzarb 
    vazifalardan biriga aylanib qolmoqda. Bu esa yoshlarda 
    tarixiy voqelikka ob’ektiv baho berish va to‘g‘ri xulosa 
    chiqarish malakalarini shaklantirishni talab qiladi. 


    Ayni davrda yoshlarning qalbi va ongini egallashga 
    qaratilgan turli xil vayronkor g‘oyalarning kirib 
    kelishi ayniqsa, internet tarmog‘i orqali ko‘proq 
    ko‘zga tashlanyapti. Bu jarayon farzandlarimizning 
    kompyuter texnologiyalari, turli kompyuter 
    o‘yinlariga qiziqishining ortishi bilan ham bog‘liq. 
    Ularning bu qiziqishlaridan buzg‘unchi g‘oya 
    targ‘ibotchilari o‘z maqsadlari yo‘lida samarali 
    foydalanishga harakat qilmoqda. Boshqacha 
    aytganda, «o‘yinbozlik» jamiyatning ma’lum bir 
    qismiga tahdid ekanligini yaxshi biladigan 
    ekstremistlar o‘smirlar, yoshlar ongini shu yo‘l 
    bilan egallashga harakat qilmoqda. 
    «Olimlar I. P. Korolenko va T. A. Donskix 
    o‘yinbozlik alomatlarini shunday tasniflashgan 



    O‘smirning o‘yinda o‘tkazayotgan vaqti miqdorining oshib 
    borishi 

    Oldingi odatlar, qiziqishlar doirasi torayib, o‘yin haqida 
    ko‘proq o‘ylashi; 

    Yutsa ham, yutqizsa ham o‘yindan chiqa olmasligi; 

    O‘yin 
    boshlanishini orziqib kutish
    , o‘yinsiz qolganda 
    bezovta bo‘lib, asabiylashish; 

    Tobora ko‘proq o‘ynash istagi, o‘yinga tobora ko‘proq narsa 
    tika borish 

    O‘yindan o‘zini to‘xtata olmay qolishi. «Bo‘ldi, o‘yinni 
    tashladim», – deydi, biroq oldin birga o‘ynagan sheriklarini 
    ko‘rsa, o‘yin haqida gap ochilsa, o‘yingohning yonidan 
    o‘tayotganda qaroridan tez aynib qoladi; 

    Ota-onasidan o‘yinga pul olish uchun yolg‘on gapirishi, 
    o‘g‘irlik qilishi; 

    Oila a’zolaridan, shifokorlardan va boshqalardan o‘zining 
    o‘ta o‘yinparastligini yashirib, yolg‘on gapirishi kabilar 
    o‘smirning o‘yinparastligidan dalolat beradi». 




    Ko‘rinib turibdiki, o‘smirlik davrida 
    tarbiyaga 
    jiddiy yondashmaslik
    , farzandning xatti-
    haraktlariga nisbatan befarqlik natijasida 
    ko‘pchilik hollarda farzandni qo‘ldan chiqarish 
    mumkin. Zero, «o‘yinbozlik»ning oqibati yoki turli 
    informatsion o‘yinlarga mukkasidan ketish 
    natijasida nafaqat mutaassiblik, balki turli xil 
    kasalliklarning kelib chiqishi ham kuzatilyapti. 
    Ya’ni internet o‘yinlariga ishqibozlik oqibatida 
    miya faoliyati bilan bog‘liq insult, ludomaniya, 
    ruhiy kasalliklar, aksariyat hollarda yuragi yorilib 
    o‘lish kabi salbiy oqibatlar ko‘zga tashlanyapti. Bu 
    esa rivojlanib borayotgan davlatimiz uchun eng 
    katta tahdidlardan biri hisoblanadi. 


    Demak, tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish, 
    farzand tarbiyasini doimiy nazorat qilish g‘oyat 
    muhim. Farzandga internetni butunlay cheklash 
    mumkin emas. 
    Ta’qiqlangan narsaga nisbatan bolada qiziqishning 
    kuchayishi tabiiy. Turli xil kompyuter o‘yini, ya’ni 
    «aksion», «strategiya» yoki «shuter» kabi bir qator 
    o‘yinlarning qay biri bo‘lishidan qat’iy nazar bolani 
    jazavaga tushish, tajovuzkorlik, ruhiy 
    buzilishlardan asrash uchun internetdan to‘g‘ri 
    foydalanishni o‘rgatish muhim. Boshqacha 
    aytganda, internet global tarmog‘i insoniyat 
    hayotiga qandaydir o‘yinlarni o‘ynab 
    huzurlanish 
    uchun emas
    , balki ilm-fan taraqqiyotiga xizmat 
    qiladigan ilmiy ma’lumot va axborotlarni olish 
    imkonini yaratish maqsadida kirib kelgan. 


    Darhaqiqat, bolaning fiziologik va aqliy rivojlanishi 
    bevosita tarbiya jarayoniga bog‘liq. Bu jarayonni ota-
    onalar mas’uliyat bilan sidqidildan amalga oshirishga 
    majburdirlar. Azaldan farzand tarbiyasida muhim o‘rin 
    egallab kelgan, uning dunyoqarashi shakllanishiga 
    xizmat qiladigan, faoliyat mezonini ezgulikka 
    yo‘naltiradigan milliy o‘yinchoqlar o‘rnini qandaydir 
    odam o‘ldirib huzurlanishga yo‘naltirilgan internet 
    o‘yinlari egallab olishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
    Ma’lumki, o‘sib kelayotgan bola beg‘ubor bo‘lgani bois 
    ro‘parasidagi odamdan yomonlikdan kutmaydi. Xuddi 
    shu tariqa bola uchun qiziqarli bo‘lgan o‘yinlarning 
    salbiy oqibatlarga olib kelishi uning xayoliga ham 
    kelmaydi. Ularni hushyorlikka o‘rgatish, tushuntirish 
    ishlarini olib borish, eng asosiysi, ko‘ziga chiroyli 
    ko‘ringan narsalarga mahliyo bo‘lib ketadigan darajada 
    nodonlik botqog‘iga botmasligining oldini olish ota-ona 
    va pedagoglarning jamiyat oldidagi ajralmas burchidir. 


    E’
    TIBORINGIZ
    UCHUN
    RAHMAT

    Download 290,13 Kb.




    Download 290,13 Kb.
    Pdf ko'rish