Международный научный журнал № 8(100), часть 1
«Научный импульс» Март , 2023
427
Tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil qilishimiz, farzand tarbiyasini doimiy nazorat qilib
turishimiz juda ham muhim. Farzandga internetni butunlay cheklash mumkinmi?. Afsuski
bunaqa ish qilishimiz xato chunki ta’qiqlangan narsaga nisbatan bolada qiziqishning
kuchayishi tabiiy. Turli xil kompyuter o‘yini, ya’ni «aksion», «strategiya» yoki «shuter» kabi
bir qator o‘yinlarning qay biri bo‘lishidan qat’iy nazar bolani jazavaga tushish, tajovuzkorlik,
ruhiy buzilishlardan asrash uchun internetdan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish muhim.
Boshqacha aytganda, internet global tarmog‘i insoniyat hayotiga qandaydir o‘yinlarni
o‘ynab huzurlanish uchun emas, balki ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan ilmiy
ma’lumot va axborotlarni olish imkonini yaratish maqsadida kirib kelgan. Farzand
tarbiyasida muhim o‘rin egallaydi, uning dunyoqarashi shakllanishiga xizmat qiladigan,
faoliyat mezonini ezgulikka yo‘naltiradigan milliy o‘yinchoqlar o‘rnini qandaydir odam
o‘ldirib huzurlanishga yo‘naltirilgan internet o‘yinlari egallab olishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Ma’lumki, o‘sib kelayotgan bola beg‘ubor bo‘lgani bois ro‘parasidagi odamdan
yomonlikdan kutmaydi. Xuddi shu tariqa bola uchun qiziqarli bo‘lgan o‘yinlarning salbiy
oqibatlarga olib kelishi uning xayoliga ham kelmaydi. Ularni hushyorlikka o‘rgatish,
tushuntirish, eng asosiysi, ko‘ziga chiroyli ko‘ringan narsalarga mahliyo bo‘lib ketadigan
darajada nodonlik botqog‘iga botmasligining oldini olish ota-ona va pedagoglarning jamiyat
oldidagi ajralmas burchidir. Barkamol avlod tarbiyasida oila ilk maktab vazifasini o‘taydi.
Bolani yoshligidan yolg‘on gapirmaslikka, to‘g‘ri fikrlashga, har bir narsadan to‘g‘ri
foydalanishga o‘rgatish, Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish dastlab oilada
amalga oshiriladi.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, farzandlarimizni internet boshqarishiga yo‘l
qo‘ymaslik lozim. Shunday ekan, farzandlarimizni ko‘zlariga chiroyli ko‘ringan narsaning
tashqi tomoniga emas, balki mohiyatiga e’tibor berishga o‘rgatish, “o‘yinbozlik” kasaliga
duchor bo‘lishdan asrash uchun barchamiz birdek mas’ulmiz.