|
Vitaminlarga xos bo’lgan bu xususiyat
|
bet | 3/3 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 174,85 Kb. | | #107638 |
Bog'liq Vitaminlar ishlab chiqarish texnologiyasi-fayllar.orgVitaminlarga xos bo’lgan bu xususiyat
Vitaminlarga xos bo’lgan bu xususiyat tabiatda ularning gomologik qatorini tashkil qiluvchi va ta’siri bo’yicha o’zaro o’xshash, lekin to’qima metabolizmiga har xil ta’sir etishi bilan farqlanuvchi gomovitaminlarning mavjudligi bilan bog’liq.
Vitaminlar tirik hujayralarda har xil kimyoviy tuzilishga ega bo’lgan xolatlarda uchraydi. Bu biofaol moddalr erkin, fosforli efir va oqsillar bilan birikkan (proteinlangan) xolatlarda uchrashi mumkin. Ko’p vitaminlar kofermentlar va kofaktorlarning sintezlanishi uchun plastik material sifatida xizmat qiladi.
Shuningdek, ular metabolitik jarayonlarning boshqarilishida ishtirok etuvchi gormonlarning sintezlanishi uchun dastlabki kimyoviy modda sifatidagi vazifani bajarishi mumkin. Vitaminlarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri ularning biologik nuqtai nazardan o’ta faolligi hisoblanadi. Shu sababli ko’p vitaminlar organizmga juda kam miqdorda kirib kelganda ham ularga bo’lgan ehtiyoj to’liq qoplanadi. Shu narsani alohida qayd etish lozimki, o’simlik va hayvon to’qimalaridagi vitaminlarning miqdoriy ko’rsatkichi juda past bo’ladi. Shu bilan bir qatorda ba’zi vitaminlar borki, ularning miqdori o’simlik maxsulotlarida ancha ko’p bo’lib, foiz miqdordagi yetib boradi (vitamin C). Hayvon organizmining vitaminlarga bo’lgan ehtiyojini doimo qondirilishi shart ekanligi shundaki, ular hayvonlar to’qimasi va hujayralarda sintezlanmaydi.
оксидоредуктаз (дегидрогеназ).
|
| |