• Vitaminlarni o’rganish tarixi.
  • Vitaminologiya fani
  • Vitaminlar ishlab chiqarish texnologiyasi




    Download 174,85 Kb.
    bet1/3
    Sana29.11.2023
    Hajmi174,85 Kb.
    #107638
      1   2   3
    Bog'liq
    Vitaminlar ishlab chiqarish texnologiyasi-fayllar.org


    Vitaminlar ishlab chiqarish texnologiyasi

    VITAMINLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

    Reja:


    • Vitaminlarni o’rganish tarixi

    • Vitaminlarning tabiatda tarqalishi, ahamiyati.

    • Vitaminlarning aniqlash uslublari.

    • Vitaminlarga xos bo’lgan xususiyat.

    Vitaminlarni o’rganish tarixi.


    • Vitaminlar oziq-ovqat tarkibida uchraydigan oziqa omillari jumlasiga kirib, organizmda sodir bo’ladigan moddalar almashinuvini boshqarilishida ishtirok etish orqali biokimyoviy va fiziologik jarayonlarni me’yoriy chegarada kechishini ta’minlaydigan moddalardir. Bu moddalar organizm uchun juda ham oz miqdorda talab qilinishi bilan birga, organizmning ular bilan ta’minlanishiga bevosita bog’liq bo’lgan avitaminoz, gipovitaminoz va gipervitaminoz xolatlari ham uchrab turadi.

    • Vitaminologiya-vitaminlar va ularning tirik organizmlar hayotidagi ahamiyatini o’rganish to’g’risidagi fan hisoblanadi. Hozirgi kunda bu fan alohida fan sifatida shakllangan umumiy biokimyoning bo’limlaridan biri bo’lib, muayyan fanning boshqa bo’limlarini o’rganishda ham muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa vitaminlar ko’p fermentlarning kofermenti yoki kofaktorlari sifatida xizmat qilib, biokimyoning yana bir boshqa bo’limi bo’lgan enzimologiya fani bilan bevosita bog’liqdir. Vitaminlarni chuqur o’rganish fermentativ jarayonlarni to’liq tushunishga va u bilan bog’liq xolda moddalar almashinuviga oid biokimyoviy jarayonlar majmuasi bo’yicha umumiy tasavvurlarga ega bo’lishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.

    Vitaminologiya fani


    • Bo’lajak magistr akademik darajasiga ega bo’lgan biokimyogar mutaxassis bu moddalarning tuzilishi, xossalari, moddalar almashinuvidagi ishtiroki, biologik va tibbiy ahamiyati, odam va hayvon organizmlarining ularga bo’lgan ehtiyoji, hamda a-, gipo- va gipervitaminoz holatlar, ularni davolash va oldini olishga oid ma’lumotlar bilan tanish bo’lishlari lozim.

    • Vitaminologiya fani vitaminlarni ochilishi va bu fanni rivojlanish tarixi, ularni aniqlash uslublari, tasniflanishi, yog’da va suvda eruvchi vitaminlar, vitaminsimon moddalar, avitaminoz, gipo- va gipervitaminoz xolatlari, vitaminlarning vakillari, organizmda bajaradigan funksiyalari, organizmning ularga bo’lgan ehtiyoji masalalariga oid ma’lumotlarni qamrab olgan.

    Download 174,85 Kb.
      1   2   3




    Download 174,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vitaminlar ishlab chiqarish texnologiyasi

    Download 174,85 Kb.