2023. volume 2, issue 1
IQRO JURNALI / 2023
VOL–2 ISSUE–1
GUVOHNOMA № 060680
https://wordlyknowledge.uz/
E-ISSN : 2181-4341
IMPACT FACTOR(SJIF) : 3,934
Avtomobil yo`llarini loyihalashda geodezik ishlarda Credo_DAT dasturining
ahamiyati
Xalilov Doniyor Baxtiyor o`g`li
Toshkent arxitektura qurilish universiteti assistanti
Annotatsiya:
Avtomobil yo`llarini qurish, rekonstruksiya qilishda geodezik ishlarning ahamiyati
juda katta. Har bir qilingan ish hajmi geodezistlar tomonidan hisob kitoblar natijasida aniqlik
kiritiladi. Hozirgi kunda zamonaviy kompyuter dasturlari yordamida geodezik masalalarni
yechish ancha qulay va sifati ortib bormoqda. Biz ushbu maqolada kompyuter dasturlaridan biri
bo`lgan Credo_DAT dasturini ishlash prinsiplarini o`rganib chiqamiz.
Аннотатция:
Геодезические работы очень важны при строительстве и реконструкции
дорог. Объем каждой выполненной работы уточняется геодезистами по результатам
вычисление. В настоящее время решение геодезических задач с помощью современных
компьютерных программ становится более удобным и повышается качество. В этой
статье мы изучим принципы работы Credo_DAT, одной из компьютерных программ.
Annotation:
Geodetic works are very important in the construction and reconstruction of roads.
The scope of each work is determined by geodesists as a result of calculations. Nowadays,
solving geodetic problems with the help of modern computer programs is more convenient and
the quality is increasing. In this article, we will study the working principles of Credo_DAT, one
of the computer programs
Kalit so`zlar:
Avtomobil yo`llari, taxeometrik yo`l, Creodo_DAT dasturi, taxeometr.
Avtomobil yo'li - bu transport
vositalarining
harakatlanishi
uchun
mo'ljallangan transport infratuzilmasi ob'ekti
bo'lib, u avtomobil yo'lining harakatlanish
huquqi chegaralaridagi er uchastkalarini va
ularda yoki ularning ostida joylashgan
konstruksiya elementlarini (yo'l to'shagi, yo'l
qoplamasi va shunga o'xshash elementlar)
va yo'lni o'z ichiga oladi. uning texnologik
qismi bo'lgan inshootlar - himoya yo'l
inshootlari, sun'iy yo'l inshootlari, ishlab
chiqarish
ob'ektlari,
yo'llarni
obodonlashtirish elementlari.[13]
O'zbekistondagi jami avtomobil yo'llar
tarmog'i 209,5 ming kmdan ziyod uzunlikda
bo'lib, undan 42.869 kilometri–umumiy
foydalanishdagi avtomobil yo'llari, 141.883
kilometr-ichki xo'jaliklararo, qishloq, shahar
va ovullarning avtomobil yo'llari, 24.745 km
esa - idoraviy inspektorlik yo'llari tarmog'i
hisoblanadi.[14]
Avtomobil yo`llarini sifatini nazorat
qilish, yaroqsiz bo`lgan yo`llarni qayta
ta’mirlash ishlari uzluksiz har yili bajarilib
kelmoqda. Yaroqsiz avtomobil yo`llari
jahon standartlariga mos kelishi uchun avval
loyiha ishlari bajariladi. Loyiha ishlarini
bajarishda geodezik ishlarning ahamiyati
juda katta.
Geodezik
ishlar
avvalambor
rekognotsirovka ishlari bilan boshlanadi va
taxeometrik yo`li loyihalanadi. Shuni
takidlash kerakki “Maxsus elektron tizim
orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim
hujjatlarni
berish
tartib-taomillari
to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash
haqida”gi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
22-fevraldagi 86-son qaroriga asosan
geodeziya va kartografiya ishlarini ro`yxatga
olish uchun O‘zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr
agentligi ish dasturini tuzgan holda
yuboriladi.
Shu
nizomda
keltirilgan
geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga
olish to‘g‘risida qaror quyidagi ish turlariga
talab etilmaydi:
1:500
masshtabli
(zichlashtirish
tarmoqlari
rivojlantirilmagan
taqdirda)
topografiya-geodeziya ishlari, maydoni 25
gektar bo‘lgan 1:1 000 masshtabli, maydoni
100 gektar bo‘lgan 1:2 000 masshtabli ishlar
hamda 10 kilometrgacha uzunlikdagi va
kengligi 300 metrgacha bo‘lgan turli
masshtabdagi chiziqli qidiruv ishlari[15].
Geodezik
ishlar
loyihalanib
bo`lgandan so`ng, dala-qidiruv ishlari
bajariladi. Unga ko`ra eng avval trassa
bo`ylab taxeometrik yo`l yotqiziladi. Bu
2023. volume 2, issue 1
|