|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSNBog'liq 104-107“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-25, Issue-2, January - 2023
106
2. «Ilk qadam- dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda
umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o’rniga alohida e’tibor
qaratildi. Ta’lim tashkilotining ishchi o’quv dasturi tashkilot
pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi
qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida bolalar «Ilk qadam- davlat o’quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat
yuritadilar. Bular quyidagilardir:
1. Til va nutq markazi. (Nutq o’stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot
bilan bog’liq mashg’ulotlar)
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi. (Qurish
yasash va matematika mashg’ulotlari)
3. San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg’ulotlari va
origami)
4. Syujetli-rolli o’yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos
bo’lgan syujetli qoidali o’yinlar)
5. Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish
mashg’ulotlari)
Markazlardagi faoliyatlar tahliliga to’xtaladigan bo’lsak, til va nutq markazida
bolalarning do’stlari orasida o’z fikrlarini bera olishlari, mavzu asosida hikoyalar
tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyati mavjud
bo’ladi. Bola markazda o’zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi ham mumkin.
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida bolalarda sensor
tarbiya, ijodkorlik rivojlanadi. Bola bir vazifani bajarishi orqali ham qurish yasash
ham matematika bilan shug’ullanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bolalarni o’yin
jarayonida tinglansa «Menga yashil rang kerak-, «Men yasagan uycha ikki qavatli-,
«Seniki kichkina, meniki esa kattakon-, «Meni mashinamga 10 ta odam sig’adi- degan
jumlalarni eshitasiz. Demak bolalarning muloqatida qo’shish, ayirish, taqqoslash,
kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi.
San’at markazida bolalarni kayfiyatini ko’tarish imkoni mavjud. Bolalarning
ijodiy qobiliyatlari qo’llab-quvvatlanadi. San’atning rassomlik, haykaltaroshlik,
turlariga hammaga ham bir xil iqtidor berilmagan. Shu sababli bunda faqat iqtidorli
bolalar ishtirok etadi. Markaz kerakli jihozlar bilan to’liq ta’minlansa, yasash, chizish
texnologiyalari ertalabki, kechki soatlarda o’rgatilsa, markaz ishi rivojlanadi. Oilada
bolaga bunday sharoit har doim ham yaratib berilmaydi. Markazda ishlasa bolaning
mayda motorikasi rivojlanadi. Mayda motorikaning rivojlanishi esa, bola nutqining
rivojlanishiga sabab bo’ladi.
Syujetli-rolli o’yinlar va dramalashtirilgan markaz bolalar iqtidorini namoyon
bo’lishi, o’z mahoratini ko’rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni bolaning
«Men-ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar
|
| |